Oqova suvlarni tozalash turlari. Reja


Oqova suvlarni kerakli bo‘lgan tozalash darajasini aniqlash


Download 52.1 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi52.1 Kb.
#1209747
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 14 (1)

Oqova suvlarni kerakli bo‘lgan tozalash darajasini aniqlash.
Reja:
1. Sanoatdan chiqayotgan oqova suvlarni fizik – kimyoviy usulda tozalash.
2. Sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqova suvlar sarfining xisobi.
3. Sanoatda maishiy oqova suvlar sarfi.

Tayanch so‘z va iboralar:Sug‘orish tarmoqlari, ko‘ndalang kesim, suv isrofi, sug‘orish, , ish rejimi, kanal, poligonal, grunt, berma, qazma chuqurlik, to‘kma balandlik.


Sanoatdan chiqayotgan oqova suvlarni fizik – kimyoviy usulda tozalash.
Oqova suvlarni fizik-kimyoviy usulda tozalash o‘zi mustakil yoki mexanik, kimyoviy va biologik tozalash usullari bilan birga qo‘llash mumkin. Fizik-kimyoviy tozalash usuliga koagulyasiya, flotatsiya, sorbsiya, ion almashtirish, ekstraksiya va elektrodializlar kiradi.
Koagulyasiya. Mexanik tozalash jarayonida sanoatdan chiqayotgan oqova suvlardan kattaligi 10 mkm va undan yirik zarrachalar kerakli miqdorda oson ajratilib olinadi. Lekin 10 mkm dan kichik mayda yoyilgan va kolloid zarrachalarni amalda mexanik usul bilan tozalab bo‘lmaydi. SHuning uchun bu moddalarni, oqova suvlar tarkibidan chikarib olish uchun koagulyasiya usuli qo‘llaniladi.
Koagulyasiya – oqova suvlar tarkibidagi suzib yuruvchi kolloid moddalarni chiqarib olish, ularni tindirish, rangsizlantirish jarayonini tezlatishda ishlatiladigan reagent koagulyantlar va flokulyantlar ishlatish usuliga aytiladi.Bunda agregativ chidamlik buziladi va katta agregativ zarrachalar hosil bo‘ladi.
Koagulyant sifatida serokisliy sulfat (nordon), alyuminiy Al(SO4)2, temir xlori FeCl3, temir ko‘porosi FeSO4 va boshqalar qabul kilinadi. Bu usulda oqova suvlar tarkibidagi ifloslik konsentratsiya va KBBT (BPK) qiymati kamayadi va kimyoviy, neftokimyoviy, neftni qayta ishlash, tekstil, SBK va boshqa sanoatlardan chiqayotgan oqova suvlarni tozalashda keng qo‘llaniladi.(44-rasm).
Flotatsiya – gaz yoki havo puffakchalariga bo‘lingan, qisman erigan va erimagan aralashmalar bo‘lakchalarini molekulyar yopishish jarayoniga aytiladi (keyin yopishgan bo‘lakchalar olib tashlanadi).
Oqova suvlar tarkibidagi iflosliklar turiga qarab flotatsiya har xil bo‘ladi, ya’ni bosimli va bosimsiz. 45-rasm. Bu usul oqova suvlar tarkibidagi neft va neft mahsulotlaridan, yog‘lardan, qog‘oz va sellyuloza tolalaridan va boshqalardan tozalashda ishlatiladi.

Download 52.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling