Mavzu. Oqova suvlarni kimyoviy tozalash usullari reja: Neytrallash usulida tozalash Oksidlash va qaytarish usulida tozalash


Download 1.04 Mb.
bet1/5
Sana11.09.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1675499
  1   2   3   4   5
Bog'liq
OQOVA SUVLARNI KIMYOVIY TOZALASH USULLARI


Mavzu. OQOVA SUVLARNI KIMYOVIY TOZALASH USULLARI
Reja:
1. Neytrallash usulida tozalash
2. Oksidlash va qaytarish usulida tozalash
3. Ozonlash usulida tozalash
4.Oqova suvlarni biokimyoviy tozalash usullari
Neytrallash
Bu usul aralashtirish, reagentlarni qo‘shish, neytral materialdan o‘tkazish, kislotali gaz bilan neytrallash jarayonlari asosida olib boriladi.
Agar korxonada yoki 2 ta qo‘shni korxonada kislotali va ishqoriy oqova suvlar ajralsa, ular o‘zaro aralashtirilib, bir-birini neytrallaydi. Neytrallash uchun reagentlar sifatida NaOH, Na2CO3, CaCO3, MgCO3, sement birikmalari ishlatiladi. Eng arzon reagent ohakli suv hisoblanadi (Ca(OH)2- 5-10% li). Ba’zan korxonalarning qattiq chiqindilari ham ishlatilishi mumkin (kuyindi shlaklar).
Reagentlar oqova suvdagi kislotaning tarkibi, konsentratsiyasiga qarab tanlanadi. Shunda neytrallash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lish-bo‘lmasligi hisobga olinadi. Kislotali oqova suvlar 3 xil ko‘rinishda bo'ladi:
  • kuchsiz kislotali oqova suvlar (H2CO3, CH3COOH);
  • kuchli kislotali oqova suvlar (HCl, HNO3);
  • H2SO4, H2SO3, kislotali suvlar (CaSO4 cho‘kmasi hosil bo‘lishi mumkin).

  • Ohak oqova suv tarkibidagi kislotalarni neytrallash uchun kalsiy gidrooksid tuzi ko‘rinishida (ohakli suv) yoki quruq kukun ko‘rinishida beriladi.

Oksidlash va qaytarish
Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi oksidlovchilar qo’llaniladi: gazsimon va suyuq xlor, xlor dioksidi, kalsiy xlorit, kalsiy gipoxlorid, kaliy permanganat, kaliy bixromat, vodorod peroksidi, havo kislorodi, ozon va boshqalar.
Oksidlash jarayonida oqova suvdagi zaharli birikmalar zaiarsiz holgacha parchalanadi va ular suvdan ajratiladi. Oksidlash jarayonida katta miqdonda reagentlar sarf bo’ladi. Shuning uchun bu usul qolgan boshqa usullar yordamida oqova suvni zararsizlantirishning iloji bo’lmagandagina qo’llanilanadi. Masalan, oksidlash usuli sian, mishyak birikmali oqova suvlarni zararsizlantirish lozim bo‘lganda qo‘llanilishi mumkin.
Har bir oksidlovchining oksidlash potensiali bo’lib, ularning aktivligi shu ko‘rsatkich orqali belgilanadi. Oksidlovchilarning ichida ftor eng aktivdir, ammo uning toksik xususiyati ftorni suv tozalash jarayonida keng ishlatish imkonini bermaydi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling