Mavzu. Oqova suvlarni kimyoviy tozalash usullari reja: Neytrallash usulida tozalash Oksidlash va qaytarish usulida tozalash


Ozonning ta’siri uch xil yo'nalishda borishi mumkin


Download 1.04 Mb.
bet3/5
Sana11.09.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1675499
1   2   3   4   5
Bog'liq
OQOVA SUVLARNI KIMYOVIY TOZALASH USULLARI

Ozonning ta’siri uch xil yo'nalishda borishi mumkin: ozondagi atomar kislorodning ta’siri orqali, ozonni oksidlanuvchi moddaga butunlay birikishi orqali, hamda ozondagi atomar kislorodning katalitik ta’siri orqali.
Ozon oqova suvga ozon-havo yoki ozon-kislorod aralashmasi ko‘rinishida beriladi. Aralashmada ozon miqdori 3% atrofida bo‘ladi.
Oqova suvni ozonlash usulida zararsizlantirish qurilmasi:
1-aralashtirgich; 2-nasos; 3-reaktor; 4-yig‘gich; 5-ozonator qurilmasi; 6-gazlarni tozalash bloki.
Bu yerda 5 - ozonatorda tayyorlangan ozon gazi ta’sirida oqova suv tarkibidagi moddalar oksidlanadi va zararsiz holga keladi. Tozalangan suv 4 - yig‘gich orqali keyingi bosqichga yuboriladi. Tozalash bosqichida hosil bo'lgan gazlar 6-blokda zararsizlantirilib, atmosfera havosiga chiqarib yuboriladi. Bunda tozalash jarayonida ishlatilgan ozonning qoldiq miqdori ham ushlab qolinishi kerak. Chunki ozon gazi aslida kuchli zaharlovchi gazdir. Shuning uchun reaktordan chiqayotgan bu gaz aktivlangan ko'mir orqali o'tkaziladi.
1 kg ozon uchun 450 g aktivlangan ko‘mir sarf bo‘ladi.
Yuqoridagi rasmda keltirilgan apparatda ozon-havo aralashmasi
apparatning quyi qismidan nasadkalar orqali beriladi. Oqova suv esa apparatning yuqori qismidan beriladi. Nasadkalaming asosiy vazifasi bu gaz va suyuqlik o‘rtasidagi to'qnashish yuzasini oshirib berishdan iboratdir. Tozalangan suv apparatning keyingi bo‘linmasidan chiqarib yuboriladi.
Ushbu sxemada g‘ovak plastinali ozonlash apparatining sxemasi keltirilgan. Bu yerda ozon-havo aralashmasi maxsus plastinali difiiizor orqali beriladi. Shunda yuqoridan berilgan suv pastdan berilayotgan ozon-bavo aralashmasi ta’sirida mavhum qaynash rejimida qaynaydi.
Natijada suv tarkibidagi aralashmalar oksidlanib zararsiz holatga o‘tadi.
OQOVA SUVLARNI BIOKIMYOVIY TOZALASH
USULLARI
Biokimyoviy tozalash usuli oqova suvdagi erigan ko‘plab oiganik va ba’zi nooiganik (sulfidlar, H2S, NH3, nitritlar va boshqalar) birikmalami mikroorganizmlar yordamida o‘zlashtirib zararsizlantirishdir.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling