Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlar reja
Download 22.79 Kb.
|
Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlar
Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlar REJA: Biokimyoviy tozalash usulining mohiyati va faol loyqa tarkibi Oqova suvni tabiiy sharoitda tozalash Oqova suvni sun’iy tozalash inshootida tozalash Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashning anaerob usuli Biokimyoviy tozalash usullari maishiy-xo‘jalik va sanoat oqova suvlarini erigan organik va anorganik moddalar (vodorod sulfid, sulfidlar, ammiak, nitritlar) dan tozalashda qoilaniladi. Tozalash jarayoni mikroorganizmlarning ushbu moddalarni o‘z hayoti faoliyatida ozuqa sifatida foydalanishiga asoslangan, chunki organik moddalar mikroorganizmlar uchun uglerod manbayi hisoblanadi. Mikroorganizmlar organik moddalar bilan ta’sirlashib, ularni qisman parchalaydi, suv, uglerod dioksidi, nitrit, sulfat ionlari va boshqa moddalarga aylantiradi. Organik moddalarning qolgan qismi biomassa hosil qilishga sarflanadi. Organik moddalarning parchalanishi biokimyoviy oksidlanish deb ataladi. Biokimyoviy ko‘rsatkichlar. Biokimyoviy tozalashga berilayotgan oqova suvlar KBBE va KBKE kattaliklari bilan tavsiflanadi. KBBE — kislorodga boigan biokimyoviy ehtiyoj, ya’ni m aium vaqt (2, 5, 8 , 10, 20 sutka) davomida organik moddalarni biokimyoviy oksidlanishi uchun sarflangan kislorod miqdori. Masalan, KBBE5 — 5 sutka davomida kislorodga boigan kimyoviy ehtiyoj, KBBEto<)iq — nitrolash jarayoni boshlangunga qadar kislorodga boigan toiiq biokimyoviy ehtiyoj. KBKE — kislorodga boigan kimyoviy ehtiyoj, ya’ni suv tarkibidagi barcha qaytaruvchilarning oksidlanishi uchun zarur boigan oksidlovchining miqdoriga ekvivalent boigan kislorod miqdori. Ushbu ko‘rsatkichlar 1 mg modda uchun 0 2 ning mg miqdorlarida ifodalanadi. Mikroorganizmlarning faolligi deganda oqova suv tarkibidagi organik moddalarni parchalash bilan bogiiq boigan biokimyoviy faoliyat tushuniladi. Biokimyoviy oksidlanish KBBEto miqdori turli gruppadagi oqova suvlar uchun ma’lum oraliqda o‘zgarib turadi: sanoat oqova suvlari quyi 0,05...0,3, maishiy oqova suvlar esa 0,5 dan yuqori biokimyoviy ko‘rsatkichga ega. Iflosliklar konsentratsiyasi va zaharliligi bo‘yicha sanoat oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi to‘rt gruppaga bo‘linadi. I gruppa oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi 0,2 dan yuqori. Bu gruppaga oziq-ovqat sanoati oqova suvlari kiradi. Bu gruppa oqova suvlarining organik ifloslantiruvchilari mikroblar uchun zaharsizdir. II gruppa oqova suvlari 0,10—0,02 oralig'idagi biokimyoviy ko‘rsatkichga ega. Bu gruppaga kokslash, koks-kimyo, soda korxonalari oqova suvlari kiradi. Ushbu gruppa oqova suvlari mexanik tozalashdan so‘ng biokimyoviy tozalashga beriladi. III gruppa oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi 0,01— 0,001. Gruppaga sulfidlash, xlorlash, yog‘ va sirt faol moddalar, sulfat kislota ishlab chiqarish, qora metallurgiya, og‘ir mashinasozlik korxonalari oqova suvlari kiradi. Ular mexanik va fizik-kimyoviy tozalashdan so‘ng biokimyoviy tozalashga beriladi. IV gruppa oqova suvlari 0,001 dan kichik biokimyoviy ko‘rsatkichga ega. Bu gruppa oqova suvlari asosan muallaq zarrachalar bilan ifloslanadi. Ularga ko‘mir va rudalarni boyitish fabrikalari oqova suvlari kiradi. Bunday suvni tozalash uchun mexanik usuldan foydalaniladi. I va II gruppa oqova suvlarini tozalab, suv ta’minotining aylanma tizimida qayta ishlatish mumkin. Ill gruppa oqova suvlari davriy hosil bo‘ladi va undagi iflosliklarning konsentratsiyasi o‘zgarib turadi. U suvda eruvchan moddalar bilan ifloslanadi. Bu gruppa suvlarini suv ta’minotining aylanma harakatida qayta ishlatib bo‘lmaydi. KBBE/KBKE • 100% = 50% nisbatda moddalar biokimyoviy oksidlanishga beriladi. Bunday holatda oqova suv tarkibida zaharli moddalar va og‘ir metall tuzlarining aralashmalari bolmasligi lozim. Biokimyoviy ko‘rsatkich oqova suvlarni tozalash uchun sanoat inshootlarini hisoblash va ekspulatatsiya qilish uchun zarur. Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashning aerob va anaerob Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling