Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlar reja
Download 22.79 Kb.
|
Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3. Oqova suvni sun’iy tozalash inshootida tozalash Oqova suvni sun’iy sharoitda tozalash aerotenk yoki biofiltrlarda olib boriladi. Aerotenklarda tozalash.
- .Aerotenk
Biologik havzalar 3—5 bosqichdan iborat bo‘lib, undan biologik tozalangan yoki tiniqlashgan suv sekinlik bilan o‘tadi. Havzalar biologik tozalash va oqova suvni boshqa tozalash inshootlari
bilan birga oxirigacha tozalashga mo‘ljallangan. Bunda’n tashqari, tabiiy yoki sun’iy aeratsiyali havzalar ham bor. Tabiiy aeratsiyali havza 0,5—1 m chuqurlikka ega, quyoshda yaxshi qiziydi va unda suv organizmlari mavjud. Bakteriyalar fotosintez jarayonida suv o‘tlari tomonidan ajralgan kislorodni, shuningdek, havodagi kislorodni iflosliklami oksidlash uchun sarflaydi. Suv o‘tlari, o‘z navbatida, organik moddalarni biokimyoviy p£(rchalashda hosil bo‘ladigan karbonat angidridi, fosfatlar va amoniyli azotni iste’mol qiladi. Qish vaqtida havzalar ishlamaydi. 6.3. Oqova suvni sun’iy tozalash inshootida tozalash Oqova suvni sun’iy sharoitda tozalash aerotenk yoki biofiltrlarda olib boriladi. Aerotenklarda tozalash. Temir-betonli aeratsiyalanadigan rezervuar aerotenk deyiladi. Aerotenkda tozalash jarayoni oqova suv va faol loyqaning aeratsiyalangan aralashmasining o'tishi bilan boradi. Aeratsiya suvning kislorod bilan to‘yinishi va faol loyqani muallaq holatda ushlab turish uchun kerak. Oqova suv tindirgichga yo‘naltiriladi, u yerda muallaq zarrachalaming cho‘kishini yaxshilash uchun faol loyqa qo‘shiladi. So‘ngra tiniqlashtrilgan suv me’yorlagichga keladi. Bu yerga ikkilamchi tindirgichdan o‘tgan bir qism faol loyqa ham tushadi. Bu yerda oqova suv havo yordamida qisman (15—20 daqiqa) aeratsiyalanadi. Zarurat bo‘lsa me’yorlagichga neytrallovchi oziqlantiruvchi qo‘shimcha moddalar kiritiladi. Me’yorlagichdan o‘tgan oqova suv aerotenkka beriladi. Aerotenkdagi biokimyoviy jarayonlarni 2 bosqichga bo‘lish mumkin: 1 ) organik moddalarning faol loyqaning yuzasiga adsorbsiyasi va kislorod ishtirokida yengil oksidlanuvchi moddalarning minerallanishi; 2 ) sekin oksidlanuvchi organik moddalar oksidlanishining oxiriga yetishi va faol loyqaning regeneratsiyasi. Bubosqichda kislorod kamroq sarfbo‘ladi. Aerotenk 2 qismga: regenerator (umumiy hajmning 25% ini tashkil etadi) va tozalash jarayoni boradigan asosiy aerotenkka bo‘linadi. .Aerotenk bu ochiq havza bo‘lib, u aeratsiya uchun qurilmalar bilan jihozlangan. Ular 2, 3 va 4 koridorli bo‘ladi. Aerotenkning chuqurligi 2—5 m gacha yetadi. Aeratsiya. Kislorodning suvda eruvchanligi kam (harorat va bosimga bog‘liq) bo‘lganligi uchun uni kislorod bilan to‘yintirishga ko‘p miqdorda havo beriladi. Aeratsiyada havo, oqova suv va faol loyqa orasida yuqori ta’sirlashish yuzasi ta’minlanishi kerak. Bu esa oqova suvni samarali tozalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Amaliyotda oqova suvlarni aerotenklarda aeratsiyalashning pnevmatik, mexanik va pnevmomexanik usullari qo‘llaniladi. Aeratsiya usulini tanlash aerotenk turi va aeratsiya tezligiga bog'liq. Pnevmatik aeratsiyada siqilgan havo havopurkagich yordamida g‘ovakIi keramik plitalar orqali beriladi. Mexanik aeratsiyada suyuqliklar turli moslamalar yordamida aralashtiriladi. Bu qurilmalar yaqinida gaz pufakchalari hosil boiadi, ular yordamida kislorod oqova suvga o‘tadi. Aeratorlar vertikal va gorizontal aylanish o‘qiga ega bo‘lishi mumkin. Vertikal aylanish o‘qli aeratorlar yuzali va chuqurli turlarga bo‘linadi. Aeratsiya mexanizmi bo‘yicha turbinali, impellerli va purkaydigan turlarga bo‘linadi. Gorizontal aylanma o‘qli aeratorlar yuzali (rotorli) va aralashishli turlarga bo‘linadi. Mexanik aeratorlarning sinflanishi ko‘rsatilgan. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling