Ozon—2,67; xlor-0,94; H2O2-0,68; KMnO4-0,59
Xlor bilan oksidlash. Xlor va xlorli birikmalar keng tarqalgan oksidlovchilar qatoriga kiradi. Ular oqova suvda H2S, gidrosulfid, metil-oltingugurt birikmalari, fenol, sian birikmalari uchraganda yaxshi natija beradi. Xlor suvga solinganda erib, aktiv formadagi xlor hosil bo’ladi va u oqova suvdagi birikmalarni oksidlaydi. Xlor suvga solinganda vodorod oksoxlorat va HCl kislotasi hosil bo’ladi:
CI2+H2O→HOCI+HCI
Keyinchalik HOSl kislotasining dissotsiatsiyasi sodir bo’ladi:
HOCl↔H++OCl-
Bunda Cl2+HOCl+OCl- yig’ndisini erkin «aktiv xlor» deb ataladi. Bunda yig‘indisini erkin ≪aktiv xlor≫ deb ataladi.
Cl-+2HOCl+OCl-
Oqova suvlarni xlorlash usulida tozalash:
1-o‘rtalagich; 2,5-nasos; 3—ijektor; 4—sig‘im.
Xlorlash jarayoni sig‘imda olib boriladi. Ijektorda gazsimon xlor oqova suv bilan aralashib sirkulatsion sistemaga qo‘shiladi. Suv to'liq tozalangandan keyin sistemadan chiqarilib, keyingi bosqichga yuboriladi.
2CNO+4OH- +3C12→CO2+6C1- +N2+2H2O
Ozonlash
Oqova suvni ozonlash (O3 gazini o'tkazish) katta ahamiyatga ega. Bunda ozon gazini suvdan o'tkazish orqali oqova suvni tiniqlantirish, mazasini yaxshilash, hidini yo‘qotish va zararsizlantirish mumkin. Ozonlash jarayonida oqova suvdagi fenollar, neft mahsulotlari, H2S, mishyak birikmalari, PAV (sirt aktiv modda)lar, sianlar, bo'yoqlar, kanserogen aromatik uglevodorodlar, pestitsidlardan tozalash mumkin.
Ozon - nim pushti rangli gaz, atmosferaning yuqori stratosfera qavatida joylashgan, molekulyar og'irligi - 48, zichligi - 2,154 g/1. Toza ozon portlash xususiyatiga ega (sanoatda kisloroddan - O2 dan olinadi), o‘ta toksik birikma. Ishchi zona havosidagi maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,0001 mg/m3 ni tashkil etadi. Ozon gazining zararsizlantirish ta’siri uning yuqori oksidlash xususiyatiga bog‘liqdir, ya’ni osonlik bilan atomar aktiv kislorodni berish qobiliyatiga egadir(O3=O2+0.5O2). Ozon oltindan tashqari barcha qolgan metallarni oksidlab, ularni oksid ko‘rinishiga o'tkazadi.
Oqova suv ozon gazi bilan ishlov berilganda undagi organik birikmalar parchalanadi, bakteriyalar o‘ladi (xlorga qaraganda 1000 marta tezroq). Ozonning suvda erishi eritmaning pHi ga va unda erigan moddalarga bog'liq. Agar suvda erigan kislota va neytral tuzlar uchrasa, ozon yaxshi eriydi. Suvda ishqor uchrasa, ozonning erishi qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |