Yod anioniga sifat reaksiyalar


Download 17 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi17 Kb.
#1773933
Bog'liq
yod


Yod anioniga sifat reaksiyalar
I- ioni rangsiz bo'ladi. U vodorod yodidning suvdagi eritmasi bo'lgan yodid kislotaning anionidir.
Bu kislota xlorid va bromid kislotalar kabi kuchli kislotadir. Yodid ionining tuzlaridan: AgI, PbI2, Hg2I2, HgI2, CuI2 suvda erimaydi.
1. Kumush nitrat bilan o'tkaziladigan reaksiya. AgNO3 ning yodid ionlari bilan o'zaro ta'sirlanishi natijasida kumush yodidning och sariq cho'kmasi hosil bo'ladi:
KI + AgNO3 = AgI + KNO3
I- + Ag+ = AgI
AgI ammiakda erimaydi (AgCl shu bilan farq qiladi). Kumush yodid natriy tiosulfat Na2S2O3 va kaliy sianid KCN ta'sirida eriydi:
AgI + 2Na2S2O3 = Na3[Ag(S2O3)2] + NaI
Shuningdek, AgI cho'kmasiga rux metalli kukunini (suv ishtirokida) ta'sir ettirilsa, AgI parchalanadi.
Bu reaksiyani tajribada ko'rish uchun 4-5 tomchi natriy yodid eritmasiga 4-5 tomchi AgNO3 eritmasi qo'shiladi. Aralashma sentrifugalanadi, so'ngra ajratilgan cho'kma ustiga 5-6 tomchi suv tomizilib, ozroq rux kukunidan tashlanadi va shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Kumush metalining qoramtir cho'kmasi hosil bo'ladi.
2.Qo'rg'oshin tuzlari bilan o'tkaziladigan reaksiya
Yodidlarga Pb2+ ionlarining suvda eruvchan tuzlari ta'sir ettirilganda qo'rg'oshin yodidning sariq cho'kmasi hosil bo'ladi:
2KI + Pb(NO3)2 =↓PbI2 + 2KNO3
2 I- + Pb2+ =↓PbI2
Cho'kma suvda qizdirilganda erib ketadi, eritma sovitilganda qaytadan cho'kma hosil bo'ladi.
3 Oksidlovchilar bilan o'tkaziladigan reaksiya. Yodid ioni Cl- ionlariga nisbatan oson oksidlanadi. Hatto Fe3+ va Cr2+ singari kuchsiz oksidlovchilar ham yodidlar tarkibidan erkin yodni ajratib chiqaradi:
4NaI + 2CuSO4 = I2 + Cu2I2 + 2Na2SO4
KNO2 yoki NaNO2 kislotali muhitda yodid ionini erkin yodgacha oksidlaydi;
2KI + 2KNO2 +2H2SO4 = 2K2SO4 + I2 + 2NO ↑ + 2H2O yoki
2I- + 2NO2- +4H+ = I2 + H2O + 2NO
NO2- yodid ionini sirka kislota ishtirokida oksidlaydi. Bundan NO2- ni topishda foydalaniladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Tekshirilayotgan eritmaning 3- 4 tomchisiga 2 n H2SO4 eritmasidan 2- 3 tomchi, KNO2 yoki NaNO2 eritmasidan 2- 3 tomchi qo'shiladi. Eritmaning ko'k rangga kirishi I- ionlari borligini ko'rsatadi. Eritma qizdirilganda ko'k rang yo'qoladi, eritma soviganda rang qaytadan paydo bo'ladi.
Bu reaksiya I- ni topish uchun eng qulay hisoblanadi, chunki kislotali muhitda Cl- va Br- ionlari nitrit tuzlari ta'sirida oksidlanmaydi.
4NaI + 2CuSO4 = I2 + Cu2I2 + 2Na2SO4
Xlorli suv erkin yodni yodidlar tarkibidan oson siqib chiqaradi:
2KI + Cl2 = I2 + 2KC1
Aralashma benzol yoki tozalangan benzin (rangsiz) qo'shib chayqatilsa, organik erituvchi qavatidagi erkin yod erib, uni binafsha rangga kiritadi. Agar yodning miqdori juda kam bo'lsa, o'ta sezgir reaktiv kruxmal kleysteri ishlatiladi.
Xlorli suv qo'shishda ehtiyot bo'lish kerak. Xlorning ortiqcha miqdori hosil bo'lgan yodni oksidlab, yodat kislota HIO3 gacha oksidlanishi natijasida rang yo'qoladi:
I2 + 5CI2 + 6H2O = 2NIO3 + 10 HCl
yoki
I2 + 5Cl2 + 6H2O =12H+ + 12IO3- +10Cl-
Agar eritmada I- ionlari bilan birga Br- ionlari ham bo'lsa, avval I- ionlari oksidlanadi, buni benzol qavatida binafsha rangning yo'qolishidan bilish mumkin. Shundan so'ng Br- ionlarining oksidlanishi va erkin Br2 molekulalarining hosil bo'lishi kuzatiladi, bunda benzol qavati qizil-qo'ng'ir rangga bo'yaladi. Xullas, xlorli suv yordamida I- va Br- ionlaridan birini ikkinchisi ishtirokida aniqlash mumkin.
Yodni aniqlash reaksiyasi 2 n H9SO4 eritmasidan tomizib kislotali muhitga keltirilgan eritmalarda o'tkaziladi, chunki ishqoriy muhitda yodga xos rang yo'qoladi:
3I2 + 6NaOH = 5NaI + NaIO3 + 3H2O
Reaksiyani bajarish uchun probirkada KI tuzi eritmasidan bir tomchi olib, 2—3 tomchi 2 n H2SO4 va 3—4 tomchi benzol (yoki tozalangan benzin) qo'shib, tomchilatib xlorli suv qo'shiladi. Har bir tomchi xlorli suv qo'shilgandan so'ng aralashma chayqatiladi va organik erituvchi qavatining rangiga e'tibor beriladi. Yod uchun xos binafsha rang hosil bo'ladi.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling