5-Laboratoriya mashg’uloti mavzusi: Uglevodlar uchun sifat reaksiyalar o‘tkazish


Download 25.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi25.85 Kb.
#1130206
  1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya №5



5-Laboratoriya mashg’uloti mavzusi: Uglevodlar uchun sifat reaksiyalar o‘tkazish
Ishning maqsadi:Talabalarni uglevodlarning sifat reaksiyalari bilan tanishtirish;
talabalarda kimyoviy idishlar va reagentlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;talabalarni,
ishlatilib bo‘lingan reagentlarni yo‘q qilish usullari bilan tanishtirish;
Reaktivlar:α-naftolning spirtli eritmasi; etanol; kraxmalning suvli eritmasi (1-2%);
glyukozaning suvli eritmasi (1-2%); sulfat kislota (kons.); xlorid kislota (25-30%);
CH
3
COOH eritmasi (1%); nitrat kislota (kons.); NaOH eritmasi (10%); mis sulfat eritmasi
(10%); fruktozaning suvli eritmasi (1-2%); yodning KI dagi eritmasi; kumush nitrat eritmasi;
CuSO
4
eritmasi (0,1%); natriy gidroksid eritmasi (kons. Pb(CH
3
COO)
2
eritmasi; NaNO
2
eritmasi; ningidrin eritmasi (0,1%); Feling reagenti; Barfed reagenti; rezorsin; saxaroza
eritmasi (10%); formaldegid eritmasi; lakmus; laktoza; Segnet tuzi; Timol; mannoza; galaktoza;
Idish va uskunalar:Probirka;tomizgich; ushlagich; spirt lampasi; suv hammomi; muzli
kristallizator.
1-Tajriba.
Podobedov-Molish tajribasi (bu reaksiya barcha uglevodlar uchun umumiy
hisoblanadi). 1 sm
3
hajmli glyukoza (laktoza, fruktoza va b.) eritmasiga 1-2 tomchi 10% li -
naftolning spirtli eritmasi va 4-6 tomchi kons. H
2
SO
4
eritmasidan qo‘shing (ehtiyotlik bilan
ishlang).
Analitik effekti: ikkita qavat chegarasida binafsha tusli aylana (agar -naftol o‘rniga
timol eritmasidan foydalanilsa, qizil rangli aylana) hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bu reaksiya
konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida pentozalardan furfurol, geksozalardan esa - 5-
oksimetilfurfu-rol hosil bo‘lishiga, ular esa o‘z navbatida naftol bilan kondensatsiya lanib rangli
mahsulotlar hosil qilishiga asoslangan.

Download 25.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling