5-Laboratoriya mashg’uloti mavzusi: Uglevodlar uchun sifat reaksiyalar o‘tkazish


Download 25.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi25.85 Kb.
#1130206
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya №5

2-Tajriba.
Aldegid smolalarining hosil bo‘lishiga proba. 5 ml glyukoza (laktoza,fruktoza,
mannoza) 1-2% eritmasiga 2 ml 10% natriy gidroksid eritmasidan qo‘shib spirt lampasi
yordamida qaynating.
Analitik effekti: probirka ichidagi aralashma avval sariq rangga, so‘ngra to‘q qo‘ng‘ir
rangga bo‘yaladi. Karamel hidini eslatuvchi hid hosil bo‘ladi.Bu reaksiya, aldozalarning
ishqoriy sharoitda kondensatsiyalanib aldegid smolalarini hosil bo‘lishiga asoslangan.
3-Tajriba.
Voznesenskiy usuli (uglevodlarni miqdoriy aniqlash). 3 ml glyukoza (laktoza, fruktoza,
mannoza) eritmasiga 1 ml Feling reagentidan qo‘shib suv hammomi yordamida 5-10 minut
davomida qizdiring.
Analitik effekti: qizil rangli Cu
2
O cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Feling suyuqligi mis
kuporosi, segnet tuzi va natriy gidroksididan tayyorlanadi.
4-Tajriba. Barfed probasi. Barfed reagenti bu, mis atsetat va natriy atsetatlarning
suyultirilgan sirka kislotadagi eritmasidir. 2 sm
3
glyukoza (mannoza, laktoza, fruktoza)
eritmasiga 2 sm3 Barfed reagentidan qo‘shib qaynaguncha qizdiring. Analitik effekti: qizil
rangli
Cu
2
O
cho‘kmasi
hosil
bo‘ladi.
CH
2
OH-(CHOH)
4
-CHO + 2Cu(CH
3
COO)
2
+ 2H
2
O = CH
2
OH-(CHOH)-COOH + Cu
2
O
+ 4CH
3
COOH
Barfed probasining boshqa usullaridan eng asosiy farqi mazkur reaksiyaning neytral
muxitga yaqin bo‘lgan sharoitda olib borilishi hisoblanadi. Bunday sharoitda qaytariladigan
disaxaridlar oksidlanmaydi, shuning uchun bu reaksiya monosaxaridlarni disaxaridlardan
ajratishda qo‘llanilishi mumkin.
5-Tajriba.
Selivanov reaksiyasi. 2 ml monoza eritmasiga 2 ml xlorid kislota eritmasi va bir nechta
rezorsin
kristallaridan
qo‘shing.
Aralashmani
qizdiring.


Analitik effekti: to‘q qizil rangning hosil bo‘lishi. Selivanov reaksiyasi ketozalarni aldozalardan
farq qilishda yordam beradi. Monozalar konsentrlangan mineral kislota eritmalari bilan
qizdirilganda degidratlanish reaksiyasiga kirishib geterosiklik tabiatli aldegid furfural hosil
bo‘ladi: bunda ketozalar - furfural, geksozalar
– oksimetilfurfural hosil qiladi. Hosil bo‘lgan modda rezorsin bilan kondensatsiyalanib
rangli mahsulot hosil qiladi. Ketozalarga qaraganda bunday sharoitda aldozalar nisbatan kam
faollikka ega bo‘lib, ularning bunday reaksiyalari ko‘proq vaqt davomida kislotalar bilan
qizdirilganda amalga oshadi.

Download 25.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling