1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


To`la cho`kishga vodorod ionlari kontsentratsiyasi - (pH) ning ta`siri


Download 0.78 Mb.
bet38/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

4. To`la cho`kishga vodorod ionlari kontsentratsiyasi - (pH) ning ta`siri
To`la cho`kishda vodorod ionlarning kontsentratsiyasi, yahni pH turli hollarda turlicha ta’sir ko’rsatadi. Buni biz metallarni gidroksidlar holida cho`ktirish misolida ko`raylik.
METALLARNING QIYIN ERIYDIGAN GIDROKSIDLARINI CHO`KTIRISH
Bu xolda OH- ioni cho’ktiradigan ion bo`lib, uning eritmada miqdori H+ ionlari miqdori bilan quyidagicha bog`langan:


  1. tenglamadan ko’rinib turibdiki, eritmada [H+]ning ortishi [OH-] ning kamayishiga olib keladi.

Biror gidroksidning to`la cho`kishi uchun zarur bo`lgan pH qiymatini, gidroksidning EK tenglamasidan foydalanib hisoblab topishimiz mumkin.
Masalan bunday hisoblashni magniy gidroksid Mg(OH)2 misolida ko’rib chiqaylik: Bu holda

Bundan


Analitik tarozida tortish aniqligi 10-4 g bo`lganligi uchun va hosil bo`ladigan cho`kmaning urtacha gramm-molekulyar ogirliklari 100 gga teng deb olish mumkinligidan, biror moddaning eritmadagi molyar kontsentratsiyasi cho`kish oxirida 10-4: 100=10-6 m bo`lganda , u modda amalda to`la cho’kadi va oxirida 10-6 ga teng bo`ladi.
Ana shuni hisobga olib, (2) tenglamadan OH- topamiz.

Bundan



Shunday qilib, pH=11,3 bo`lganda Mg+2 ioni gilroksid ko’rinishida to`la cho`kadi. Agar pH=11,3 bo`lganda cho`kish to`la bo’lmaydi yoki umuman cho`kma tushmaydi.
5. Kompleks hosil bo`lish jarayonlarining to`la cho`kishga ta`siri. Niqoblash
Qiyin eriydigan eletktrolitlarning cho`kishiga eritma pH ining qiymatining ta`sirini ko`rdik. Agar cho`ktiruvchi ionlarining kontsentratsiyasi juda ham kamayib ketsa, ya’ni cho`ktirilayotgan birikmaning eruvchanlik ko`paytmasi ko`zda tutilgan qiymatdan kam bo`lsa, cho`kma tamoman tushmaydi.
Lekin eruvchanlik ko`paytmasi tenglamasiga faqat cho`ktiruvchi ionning emas, shu bilan birga, cho`ktirilayotgan ion kontsentratsiyasining qiymati ham kiradi.
Agar cho`ktirilayotgan ionni biror kam dissotsilanadigan kompleks ion holida bog`lash yo`li uning eritmadagi kontsentratsiyasi kamaytirilsa, uni kamroq cho`kadigan yoki hatto butunlay cho`kmaydigan qilish ham mumkin. Buning uchun eritmadagi tegishli ionlar kontsentratsiyalari ko`paytmasi cho`ktirilayotgan birikmaning EK qiymatidan kichik bo`lishi kerak.
Ba`zi ionlarini kam dissotsilanuvchi kompleks tarzida bog`lash yo`li bilan ularning cho`kishining oldini olish “niqoblash” deb ataladi.
Niqoblash sifat va miqdor analizida keng qo`llaniladi.
Sifat analizida biror ionni reaktsiyasiga halal beruvchi boshqa ionlar ishtirokida topishga to`g`ri kelgan hollarda, ko`pincha niqoblashdan foydalaniladi. Masalan, Co+2 ni rodanidli kompleks birikma holda topishda, eritmada CNS- ionlari bilan to`q qizil rangli birikma hosil qiluvchi Fe+3 ionlari bo`lmasligi kerak. Shuning uchun, agar eritmada Fe+3 ionlari bo`lsa, eritmaga NH4F yoki NaF qo`shish orqali Fe +3 ionlari barqaror kompleks hosil qiluvchi FeF6-3 ,birikmaga aylanadi.
Miqdoriy analizda ham niqoblashdan keng foydalaniladi. Masalan Ni+2 ioni dimetillioksim bilan ishqoriy muhitda cho`ktirilgani uchun, nikelni topishga shu sharoitda Fe(OH)3 cho`kmasini hosil qiluvchi Fe+3 ionlari xalaqit beradi. Buni oldini olish uchun Ni+2 ionini cho`ktirish vino kislota ishtirokida olib boriladi. Xudi shuningdek Ca+2 ni aniqlashda xalaqit beruvchi Fe+3 ionlari vino yoki ortiqcha miqdordagi oksalat kislota bilan niqoblanadi va hokazo.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling