To`liq cho`kkanligini tekshirish.
Cho`kma ustidagi eritma juda tiniq bo`lgandan keyin cho`kmani loyqalatmay, stakan devori bo`ylab, asta-sekin bir necha tomchi cho`ktiruvchi eritma qo`yiladi. Tomchi tushayotgan joyda eritma loyqalanmasa, moddaning to`liq cho`kkanligidan dalolat beradi. Aks holda analiz qilinayotgan eritmaga yana bir necha millilitr cho`ktiruvchi qo`shiladi, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi, yana qizdiriladi va cho`kmani «yetiltirish» uchun qoldiriladi. Natijada cho`kmaning mayda zarrachalari eriydi va ularning hisobiga yirik krisstallar ko`payadi. To`liq cho`ktirilganligi fil’trlashdan oldin ham tekshirib ko`rish tavsiya etiladi.
Amorf cho`kmalar yetiltirish uchun qoldirilmaydi, chunki ular zichlashib qoladi va ulardan begona aralashmalarni yuvib tashlash qiyinlashadi. Shuning uchun ular, cho`ktirilgandan so’ng darxol filtrlanadi va yuviladi.
Cho`kmalarni filtrlash
Cho`kmalarni filtrlash va yuvish eng ahamiyatli va mas`uliyatli bosqichlardan bo`lib analiz natijalari bu bosqichni qanday diqqat bilan bajarishga bog`liq bo`ladi. Tortma analizda asosan kulsiz filtrlar ishlatiladi, ya`ni xlorid va ftorid kislotalar bilan yuvib, tarkibidagi mineral moddalar yo`qotilgan bo`ladi. Bu filtrlar yondirilganda juda oz miqdorda kul qoladi va uning og`irligi kulsiz filtr qutichasining muqovasiga yozib quyilgan bo`ladi. Ba`zi hollarda uning massasi shunchalik kamki, hatto etiborga olmaslik ham mumkin. Agar uning og`irligi 0,0002 g dan ogir bo`lsa, cho`kmaning og`irligidan uning og`irligini ayirib tashlash kerak. Cho`kmaga tushgan modda zarrachalari o`lchamining katta-kichikligiga qarab, ularni ajratishda zichligi har xil bo`lgan filtrlar ishlatiladi.
Agar qiyin filtrlanadigan iviqsimon cho`kmalar bo`lsa, ular zichligi eng kam bo`lgan va oson filtrlaydigan filtrlar ishlatiladi. Ularning qutichasiga qizil yoki qora lenta belbog`ga o`xshab bog`lab qo`yiladi.
Cho`kmalarni yuvish.
Ma`lumki cho`kmalarni yuvishdan maqsad, uning sirtiga adsorblangan begona qo`shimchalarni va cho`kmaga shimilgan eritmani yo`qotishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |