1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari
TORTMA ANALIZDA NATIJALARNI HISOBLASH
Download 0.78 Mb.
|
Аналитик кимё тажриба 2022.
TORTMA ANALIZDA NATIJALARNI HISOBLASH
Ma`lumki, analiz cho`ktirish usuli bilan olib borilganda odatda, miqdori aniqlanishi kerak bo`lgan moddaning o`zini emas, balki unga ekvivalent bo`lgan ikkinchi moddani- tortiladi. Masalan bariy xlorid tarkibidagi bariyning miqdorini aniqlashda, elementar bariyni emas, balki analizda olingan uning birikmasi BaSO4 ni tortiladi. Xuddi shuningdek kalsiyni aniqlashda CaO yoki CaC2O4*H2O magniyni aniqlashda Mg2B2O7 tortiladi va hakozo. Demak aniqlash oxirida, tortiladigan formaning topilgan miqdori aniqlanayotgan moddaning qancha miqdoriga to`gri kelishini hisoblash kerak. Buning kabi barcha hisoblashlarda quyidagicha proportsiya tuziladi. Mtort-----------------Maniq A ------------------- X Bu yerda Maniq - aniqlanayotgan moddaning (yoki elementning) molekulyar (yoki atom) og`irligi g. X=A Aniqlanayotgan moddaning hisoblab chiqariladigan miqdori X ikki ko`paytuvchining ko`paytmasidan iborat. Ulardan biri–cho`kmaning analizda topilgan og`irligi (A), moddaning analiz uchun tortib olingan qismiga bog`liq bo`lgan o`zgaruvchi qiymatdir. Ikkinchi ko`paytuvchi aniqlanayotgan moddaning molekulyar og`irligini cho`kmaning molekulyar og`irligiga nisbati o`zgarmas son bo`lib, analiz uchun qancha modda tortib olinganligiga bog`liq emas. Bu nisbatning qiymatini bir marta hisoblab olib, shu turdagi analizlar uchun doimo ishlatish mumkin. Uni analitik ko`paytuvchi yoki qayta hisoblash faktori deb ataladi va F harfi orqali belgilanadi. Demak. Qayta hisoblash faktorining fizik ma`nosi shundan iboratki, u tortiladigan formaning 1 grammi aniqlanayotgan moddaning necha grammiga to`g`ri kelishini ko`rsatadi. Amaliy ahamiyatga ega bo`lgan analizlarda esa, odatda aniqlanayotgan elementning absolyut miqdorini emas, balki uning analiz qilinayotgan modda tarkibidagi protsent miqdorini topish kerak bo`ladi. Shuning uchun elementning topilishi kerak bo`lgan protsent miqdorini R bilan, moddaning analiz uchun tortib olingan qismini V bilan belgilasak, shunday yozish mumkin. g tekshirilayotgan moddada g aniqlanayotgan modda bor. 100g tekshirilayotgan R aniqlanayotgan modda bor. Eslatmasifatidashuniuqtiribo`tamizki, cho`kmaningog`irligito`rtxonaliraqamlarbilantopilishikerakbo`lganiuchunqaytahisoblashfaktorivaanalizninghammanatijalarihamto`rtxonaliraqamlardaniboratbo`lishikerak. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling