1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari
Download 0.78 Mb.
|
Аналитик кимё тажриба 2022.
Kompleksonometrik metod
Kompleksonometrik metod metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruvchan ichki kompleks birikmalar (kompleksonatlar) hosil bo`ladi. Metod tezligi va yuqori aniqligi bilan ajralib turadi. Kompleksonlar aminopolikarbon kislotalarning xosilalaridir. Praktikada, odatda, etilendiamintetrasirka kislotaning suvda yaxshi eruvchan ikki natriyli tuzi (di-gidrat) ishlatiladi, uni kompleksen III yoki trilon B deb ataladi. Komplekson III boshqa kompleksonlar kabi ko`pgina metallar bilan barqaror, eruvchan ichki kompleks tuzlar hosil qiladi. Kompleksonometrik titrlashda quyidagi asosiy shartga rioya qilish kerak: ekvivalent nuqtada aniqlanayotgan kationlar amalda kompleksga bog`langan bo`lishi kerak. Asosiy shartlardan biri titrlanayotgan eritma pH ning juda aniq qiymatidir. Komplekson III bilan ta'sirlashganda metall ionlari, masalan, magniy ioni, vodorod ionlarini siqib chiqaradi, shuning uchun vodorod ionlarining konsentrasiyasi keskin oshadi va reaksiya muvozanati chapga siljiydi. Hosil bo`ladigan vodorod ionlarini bog`lash uchun bufer aralashma qo`shiladi. Ko`pchilik kationlarni titrlashni pH=5-6 (bufer aralashma CH3COOH + CH3COONH4) yoki pH=8-10 (bufer aralashma NH4OH+HCI) da o`tkaziladi. Lekin pH ni juda oshirib yuborish kerak emas, chunki bunda metall gidroksid cho`kmaga tushib ketadi. Kompleksonometrik metodda ishlatiladigan indikatorlar aniqlanayotgan metall ionlarining konsentrasiyasi o`zgarishiga sezgir bo`ladi. Odatda kompleksonometriyadagi indikatorlar bu turli metallar ionlari bilan indikatorning o`z rangidan boshqa rang xosil qiluvchi rangli organik birikmalardir. Ko`pincha erioxrom qora T (yana xromogen qora maxsus El-OO deb ataluvchi) indikatori ammiakli bufer aralashmasi bilan ishlatiladi. Indikator eritmasining rangi ko`k, ko`p metallar bilan esa u qizil vino rangli kompleks xosil qiladi. Trilon B eritmasi bilan aniqlanayotgan kationlar titrlanganda ekvivalent nuqtada kationning indikator bilan birikmasi to`liq parchalanadi, chunki kationning hammasi trilon B bilan birikadi va rang qizil vino rangidan yashil tusli ko`k rangga o`tadi. Erioxrom qora T dan tashqari kislotali xrom to`q ko`k indikatori katta ahamiyatga ega. Bu indikator metall ionlari ishtirokida pushti-qizil rang, ularsiz esa siriq tusli ko`k rang beradi. Trilonometrik metod turli metallarni aniqlashda keng qo`llaniladi. Bundan aniqlashlarnyng muhim misollaridan biri suvning umumiy qattiqligini, ya'ni undagi kalsiy va magniyning umumiy miqdorini aniqlashdir. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling