1-Laboratoriya ishi Mavzu: Web-sahifalarni o'qish vositalari. Brauzerlar, internetdan ma'lumot qidirsh


Download 0.98 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1375338
Bog'liq
1-Laboratoriya



1-Laboratoriya ishi

Mavzu: Web-sahifalarni o'qish vositalari. Brauzerlar, internetdan ma'lumot qidirsh

Veb-sahifa (yoki web-sahifa) World Wide Webdagi hipermatnli hujjatdir. Veb-sahifalar foydalanuvchiga veb-server tomonidan joʻnatiladi hamda ularni veb-brauzer yordamida koʻrish mumkin. Veb-sayt bir domen nomidan foydalangan bir-biriga bogʻlangan koʻplab veb-sahifalardan iborat boʻladi.Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmogidir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi.
Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin.

Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahonbo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
Texnik
Programmaviy
Informatsion
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi vip tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. Veb yorituvchi yoki bráuzer inglizcha: Web browserdan— qidirish, veb-saytlarni koʻrib chiqish asosan WWWdan ular bilan ishlash, kiritish va bir sahifadan ikkinchisiga oʻtish uchun moʻlgalllangam programma taʼminoti.Mashhur brauzerlar:
Mozilla Firefox,Opera Flock Internet Explorer Maxthon — Internet Explorer asosida yaratilgan Safari — Konqueror kodiga asoslangan Google Chrome - Google shirkatining brauzeri Microsoft Edge – MICROSOFT kompaniyasining yangi brauzeri
Unchalik mashhur boʻlmagan brauzerlar:
Tahrirlash Netscape Navigator Konqueror Galeon Epiphany Kazehakase Charon Arachne K-Meleon slimbrowser Tekstli brauzerlar Tahrirlash Lynx Links W3M Netrik Elinks Internet Browser Oflayn brauzerlar Tahrirlash HTTrack Offline Explorer Teleport Pro WebZip Mobil telefonlar uchun Tahrirlash Opera Mini - oʻzining safida absolyut lider.
Qidiruv tizimlari
Internet — bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.Qidiruv tizimida ishlash Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili – www.uz/uz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun www.uz/ru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz. Brauzer ma’lumotlar maydonida WWW.UZ qidiruv tizimining Bosh sahifasi aks etadi:
Masalan, informatikadan referatlarni izlash kerak bo‘lsa, u holda qidiruv satriga «informatikadan referatlar» kalit so‘zi kiritiladi. Kalit so‘zni kiritish jarayonida qidiruv tizimi tomonidan turlicha kalit so‘zlar taklif etilishi mumkin. Mazkur kalit so‘zga mos izlash natijasida, odatda, qidiruv tizimi sahifasida izlash natijasida aniqlangan manbalar soni, saytlar manzili va nomlari aks etadi. Ba’zi qidiruv tizimlari izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo‘yicha izlash imkoniyatini beradi. Mavzular nomi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Ramblerning mavzular ro‘yxatiga «Sport», «Kino va musiqa», «Texnologiyalar», «O‘yinlar» kabilar kiritilgan. Tavsiya etilgan mazvu tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo‘limga tegishli õujjatlari ichidan izlanadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling