1-Laboratoriya ishi: Moddalarning molekulyar tuzilishini. Refraktometrik usul bilan o’rganish


Download 141.4 Kb.
bet2/9
Sana26.10.2023
Hajmi141.4 Kb.
#1725619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi Moddalarning molekulyar tuzilishini. Refrak

Elektron qutblanish. Bunda atomning yadrosi may-donning manfiy qutbi tomon, elektron esa maydonning musbat qutbi tomon siljiydi, ya‘ni qutblanish natijasida yadro va elektron bir-biriga nisbatan siljiydi, atomga musbat va manfiy atomlarning markazlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Bu o‘zgarish sxematik ravishda vodorod atomi misolida ko‘rsatilgan.



Elektronlar siljishi faqat vodorod singari sodda atomlardagina emas, har qanday moddada, murakkab moddalarda ham sodir bo‘ladi. Lekin molekulalardagi elektronlar turlicha siljishi mumkin, elektron qanchalik bo‘sh bog‘langan bo‘lsa, u shunchalik ko‘p siljiydi, ya‘ni ko‘p qutblanadi.

Rasm 2


Atom qutblanishfaqat molekula va murakkab ionlardagina sodir bo‘ladi. Molekulalarda zaryadlangan atomlar yoki yadrolar qarama-qarshi tomonga siljiydi.
Rasm-2 da molekulada atom qutblanish sxematik ravishda ko‘rsatilgan. Rasmda ko‘rsatilgandek, molekulaning qarama-qarsha zaryadlangan atomlari bir-biriga nisbatan siljib ular orasidagi masofa ortadi va natijada, molekulaning qutbliligi oshadi. Lekin murakkab moddalarda maydon ta‘siridan molekulaning qutbliligi kamayishi yoki qutblanmagan mole-kula qutblangan molekulaga aylanishi mumkin.
Elektron va atom qutblanish deformatsiya bilan sodir bo‘lganligidan, bu qutblanishlarning yig‘indisi deformatsion (yoki induksion) qutblanish deb ham ataladi:



Yadro elektrondan og‘ir bo‘lganligi uchun, atom qutblanish elektron qutblanishdan ko‘p marta kam bo‘ladi.


2-Labaratoriya ishi: INDIVIDUAL SUYUQLIKNING MOLYAR BUG‘LANISh ISSIQLIGINI ANIQLASH
Ishni bajarishdan maqsad: Suyuq moddalarning yashirin molyar bug‘lanish issiqligini aniqlash.
Suyuqlikning bug‘ bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda qaynash jarayoni boshlanadi. Suyuqlik isitilganda uning bug‘ bosimi oshadi va ma’lum haroratda bug‘ bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi, demak suyuqlikning qaynash haroratida bu ikkala bosim tenglashadi. Agar tashqi bosim o‘zgarsa, qaynash harorati ham o‘zgarishi kerak, chunki turli tashqi atmosfera bosimiga suyuqlikning bug‘ bosimi tenglashishi uchun, u turli dara-jada istilishi kerak. Masalan, tashqi atmosfera bosimi bir atmosferaga teng bo‘lsa, suv 100°C da qaynaydi. Tog‘larda tashqi bosim bir atmosferadan kam, shunga ko‘ra u yerlarda suv 100°C dan pastroqda (89o C) qaynaydi.
Mavzuga oid qisqacha nazariy tushunchalar:
Fazoviy muvozanat.



Download 141.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling