1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet61/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
o\'mcht lab

Asbob, reaktiv va materiallar: 4-sinf laboratoriya tarozisi, suv hammomi, 250 sm3 hajmli konussimon kolba; 0,1 sm3 bo'linishli 25 va 50 sm3 hajmli byuretkalar; 0,01 va 0,02 sm3 bo'linishli 2 va 5 sm3 hajmli byuretkalar (2mg KOH
dan kichik kislota sonini aniqlash uchun); kaliy gidroksidni 0,l N suvli yoki spirtli eritmasi, etil spirti, xloroform, dietil efiri, fenolftalein.


26.2.2.Och rangli moylarni kislota sonini aniqlash
Konussimon kolbaga 0,0001gr aniqlikda 3-5gr moy tarozida tortib olinadi,
96%li etil spirti va dietil efirini neytrallangan 1:2 nisbatdagi aralashmasidan 50 sm3quyiladi, aralashtiriladi va 3-5 tomchi fenolftaleinning 1%li eritmasidan qo'shiladi.
Olingan eritma doimiy aralashtirilib 0,1N kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan 30 sek davomida yo'qolmaydigan och pushti rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Kislota soni mg KOH da quyidagi formula bilan topiladi:


K.C. = 5,611*a*k/m,
bu yerda: 5,611-0,1N kaliy gidroksid eritmasining titri, mg/ml;
a-titrlashga sarf bo'lgan 0,1N kaliy gidroksid eritmasining miqdori, ml;
k-titrga tuzatma;
m - analizga olingan yog'ning massasi, gr.
Rafinatsiyalanmagan yog'larning analizida parallel aniqlashlar orasida ruxsat etiladigan farq 0,10 mg KOHni tashkil etadi. Rafinasiyalangan yog'larning analizida parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,06 mg dan oshmasligi kerak. Analiz vaqtida ruxsat etiladigan xatolik + nisbiy 10 % bo'lishi mumkin.


26.2.3.To'q rangli moylarni kislota sonini aniqlash
Titrlash vaqtida indikator rangini o'zgarishini aniqlash qiyin bo'lgani uchun, yuqorida bayon qilinganlardan tashqari, bu usulda 250 sm3 hajmli shoxobcha naychali konussimon kolba ishlatiladi va indikator sifatida timolftaleinni 1%li spirtli eritmasidan foydalaniladi.
Tortmaning miqdorini aniqlash uchun, VNIIJ-16 rang o'lchagich asbobida doimiy 35 sariq birlikda 1 sm qalinlikdagi kyuvetada yoki boshqa asbob yordamida moyni rangi aniqlanadi.
Shoxobcha naychali konussimon kolbaga moyni rangiga qarab (ilova) 1gr dan 50gr gacha tarozida 0,01 gr aniqlikda tortib namuna olinadi. Unga 50 ml neytrallangan aralashma quyib, moy eriguncha aralashtiriladi. Darhol, kaliy gidroksidning 0,1N eritmasi bilan timolftalein ishtirokida aralashtirib turib titrlanadi. Aralashtirish shunday olib borilishi lozimki, kolbani shoxobcha naychasidagi moy ham aralashishi kerak.
Titrlash, eritmaning rangi sariq yoki qizg'ish rangdan yashilsimon-qo'ng'ir ranggacha yoki och ko'k ranggacha o'zgarguncha olib boriladi.
Hisoblash (8) formula bo'yicha amalga oshiriladi.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq nisbiy 15%dan oshmasligi kerak.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling