Ishning bajarilishi. Analiz uchun po’choq namunasi va eritmani 2:1 nisbatda olinadi. Ko’rsatilgan nisbatga qat'iy rioya etish shart. Bu shartni bajarish uchun namuna quyidagi tartibda olinadi: avval massasi ma’lum stakanchaga 2-2,5gr eritma namunasi olinadi,
Rasm. Mitsellani siqish uchun qurilma:
1-material uchun metall idish; 2-shtok
2-sinf laboratoriya tarozisida 0,0001gr aniqlikda tortiladi. Erituvchini chinni hovonchaga quyiladi, bo’sh stakancha yana tortiladi; erituvchi bilan va usiz stakancha massalari farqi bo’yicha erituvchi massasi aniqlanadi.
Diagonal bo’lish usuli bilan erituvchi massasiga nisbatan 2 baravar ko’p qobiq namunasi olinadi,maydalashdan so’ng 4-sinf tarozisida 0,01gr aniqlikda tortiladi va o’sha hovonchaga solinadi. Aralashmani 3-5 daqiqa yaxshilab ishqalanadi. Ishqalash vaqtida eritma yoki po’choqni hovoncha dastasining ichki qismiga tegmasligiga e’tibor berish kerak. Bu ayniqsa ishqalanishni boshlanishida maqsadga muvofiq emas.
Ishqalangan massani siqish qurilmasiga solinadi (rasm) va gidravlik press yordamida presslanadi(rasm). Olingan eritmani filtr qog’oz orqali filtrlanadi. Refraktometr yordamida missella va toza erituvchini nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanadi. Po'choqdagi aralashgan chiqimlar bilan birga xom moyning M amaldagi namlikda foizlarda quyidagi emperik formula bo'yicha topiladi.
M = 183,72Δ h +0,338
bu yerda:Δh – erituvchi va missellani nur sindirish ko'rsatkichlari orasidagi farq;
183,72 va 0,338 – tajriba yo'li bilan topilgan doimiy kattaliklar.
Qobiqdagi xom yog'ning massa ulushini quruq moddaga nisbatan qayta hisoblash (6) formula bo'yicha amalga oshiriladi.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,15% dan oshmasligi kerak.
16.2.3.2. Kungaboqar po'chog'idagi xom yog'ning massa
ulushini ekstraksiya usuli bilan aniqlash
Umumiy tushunchalar. Bu usul bo'yicha ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan kungaboqar po'chog'idagi xom moyning massa ulushi, undagi efirda eruvchi moddalar miqdori bilan mumsimon moddalar miqdori orasidagi farq bo'yicha topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |