1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet31/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

Apparat, reaktiv va materiallar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; 2-sinf laboratoriya tarozisi, laboratoriya sentrafugasi; 50 va 250 sm3 sig'imli shisha kolbalar, 25 sm sig'imli o'lchov silindri, sovutgich; filtrlovchi tigel; texnologik rektifikasiya spirti, dietil efiri, aseton; suv hammomi; Sokslet apparati.
Ishning bajarilishi. Kungaboqar po'chog'ini o'rtacha namunasidan 100gr atrofida tortma ajratib olinadi (tortish 4-sinf tarozisida amalga oshiriladi) va 0,5mm li elakdan o'tguncha maydalanadi. Maydalangan namunadan 20gr atrofida 2-sinf tarozisida tortib olinadi (tortish natijalarini 0,00001gr aniqlikda yoziladi) va Sokslet apparatiga joylashtiriladi ekstraksiya soatiga 7-8 sifonlanganda 6 soat olib boriladi. Qabul qilish kolbasidan erituvchini suv hammomida 10-15 sm hajmda qolguncha haydaladi. Qoldiqni 50 sm sig'imli, doimiy og'irlikkacha quritilgan, tortilgan, sayqallangan tiqinli kolbaga o'tkaziladi. Namunani suv hammomida bug'lantiriladi va qoldiq erituvchini esa vacuum ostida haydaladi. Jarayon doimiy og'irlikka yetganda to'xtatiladi.
Efirda eruvchi moddalarning massa ulushi X1 (% da) quyidagi formula boyicha hisoblanadi.
X1 = (m1-m2)* 100/m
bu yerda: m1- kolbani namuna bilan og'irligi, gr;
m2 - bo'sh kolba og’irligi gr;
m - po'choqni massasi, gr.
Mumsimon moddalarning massa ulushini ikkita usul bilan topiladi.
1-usul
Efirda eruvchi moddalari bor bo'lgan va doimiy og'irlikka keltirilgan 95:5 nisbatda olingan spirt va aseton aralashmasidan o'n barobar miqdorda qo'shiladi. Kolbaga sovutgich ulanadi va cho'kma to'liq eriguncha qizdiriladi kolbani sovutgichdan ajratib olib, tiqin bilan berkitib, 0-5°C da 10 soatga sovutgichga qo'yiladi. Cho'kmaga tushgan mumsimon moddalarni doimiy og'irlikkacha
quritilgan va tortilgan g'ovakli shisha filtr orqali filtrlab, ajratib olinadi. Kolba va filtrni shu haroratgacha sovutilgan erituvchi (geksan) bilan 3-4 marta har safar filtr to’latilib yuviladi. Filtrni cho'kmasi bilan xona haroratida vakuum ostida doimiy
og’irlikkacha quritiladi. Birinchi tortishni 1 soatdan so'ng, keyingilarini yarim soatdan so'ng amalga oshiriladi.
Po'choqdagi mumsimon moddalarning massa ulushi X2(% da) quyidagi formuladan topiladi:
X2= (m3 -m4) 100/m
bu yerda: m3 - filtrni cho'kma bilan og'irligi, gr
m4 - toza filtri og'irligi, gr.
m - po'choqni massasi, gr.
2-usul
Sentrifuga probirkasiga, 2-sinf tarozisida, doimiy og'irlikkacha quritilgan po'choqdagi, efirda eruvchi moddalardan 0,0001gr aniqlikda 0,1-0,2gr tortib olinadi. Efirda eruvchi moddalari bo'lgan probirkaga 95:5 nisbatdagi spirt aseton aralashmasidan lipidlar konsentrasiyasi 10% bo'lishi uchun yetarli miqdorda quyiladi va ehtiyotkorlik bilan efirda eruvchi moddalar eriguncha qizdiriladi. So'ng, probirkani 0-5°C haroratli sovutgichga 16 soatga mumsimon moddalarni cho'kmaga tushishi uchun qo'yiladi. Tushgan cho'kmani sentrifugalash bilan zichlashtiriladi va ajralgan eritmani quyib olinadi. Cho'kmani 3 marta sovutilgan (0-5°C gacha) erituvchi (geksan) bilan yaxshilab aralashtirilib, so'ng yana sentrifugalanadi. Yuvilgan cho'kmani vakuum ostida xona haroratida doimiy og'irlikkacha quritiladi. Birinchi tortishni 1 soatdan so'ng, keyingilarini yarim soatdan so'ng amalga oshiriladi.
Po'choqdan olingan ekstraktdagi mumsimon moddalarning massa ulushi X2 (% da) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi.
X2 = (m5 – m6)*100/m7
bu yerda: m5 - cho'kmali probirkani og'irligi, gr;
m6- bo'sh probirkani og'irligi, gr,
m7 - efirda eruvchi moddalarni massasi, gr
Po'choqdagi xom yog'ning massa ulushini X (% da) quyidagi formula bo'yicha topiladi:

Parallel aniqlashlar orasidagi farq mumsimon moddalar aniqlanganda 0,2%, efirda eruvchi moddalar aniqlanganda 0,3%dan oshmasligi kerak.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling