1-laboratoriya ishi: Pichan tayoqchasi bakteriyasi va ko‘k-yashil suvo‘tlarini mikroskopda ko‘rish


Download 78 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi78 Kb.
#1517150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9 биология

Sana:_________________


1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.
Mavzu: Pichan tayoqchasi bakteriyasi va ko‘k-yashil
suvo‘tlarini mikroskopda ko‘rish.


Maqsad:Prokariot organizmlarning vakillari va ularning tuzilishi bilan tanishish, pichan bakteriyalaridan vaqtincha mikropreparat tayyorlash va ularning tashqi tuzilishi bilan tanishish, ko‘k-yashil suv o‘tlari tuzilishi bilan tanishish.
Jihozlar:CCD kamerali mikroskop, biologiya xonalari uchun laboratoriya asbob-anjomlari to‘plami (Petri kosachasi, filtr qog‘ozi, buyum va qoplagich oynachalar, tomizg‘ich, kolba, voronka), preparoval to‘plam (preparoval nina), mikropeparatlar to‘plami (ipsimon yashil suv o‘ti, bakteriya hujayrasi) nostok koloniyasi yoki ossilatoriya iplari, pichan ivitmasi.
Ishni bajarish tartibi:
1-topshiriq:Pichan bakteriyalaridan vaqtinchalik preparat tayyorlash:
1. Kolbadagi suvga bir necha pichan bo‘laklari solmadi va bu aralashma 15 daqiqa qaynatiladi;
2. Qaynatilgan aralashmani filtriab, 20-25 haroratda bir necha kun saqlanadi;
3. Aralashmaning yuzasidagi pardadan preparoval nina yordamida bir qism olinib,uni buyum oynasiga qo‘yiladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi, so‘ng mikroskop ostida ko‘riladi;
4. Mikroskop ostida harakatchan bakteriyalar va yaltiroq tuxumsimon sporalar ko‘rinadi;
5. Mikroskopda bakteriya ho‘jayrasidan tayyorlangan doimiy mikropriporat ko‘riladi
6. Mikroskop ostida ko‘rilgan bakteriya va ularning sporalari chizib olinadi.
2-topshiriq:Yuvilmagan qo‘ldagi bakteriyalarni ko‘rish:
1. Qo‘llar suvda (sovunsiz) yuviladi va idishga yig‘ilgan shu suvdan bir tomchi buyum oynasiga tomiziladi.
2. Igna yordamida 1-2 sm diametrda yoyiladi va havoda quritiladi – fiksatsiya qilinadi.
3. Fiksatsiya qilingan mikropreparatni ag‘darib (qattiq tomoni pastda bo‘lishi lozim) uch marta olovdan o‘tkaziladi.
4. Binafsha rangga bo‘yalgan tayyor filtr qog‘ozi mikropreparat ustiga quyiladi va bir tomchi suv tomiziladi va ikki daqiqa ushlab turiladi.
5. So‘ngra mikropreparatni ustidan suv oqiziladi va toza filtr qog‘ozi bilan ortiqcha suv shimdiriladi.
3-topshiriq: Ko‘k-yashil suv o‘tlar tuzilishi bilan tanishish:
1. Ko‘k-yashil suv o‘tlar uchraydigan ko‘lmak suvdan bir tomchi olinib, buyum oynasiga tomiziladi, ustini qoplovchi oyna bilan yopiladi, ortiqcha suv filtr qog‘ozi yordamida shimdirib olinadi.
2. Tayyorlangan mikropreparat mikroskopda avval kichik, keyin katta obyektivda ko‘riladi.
3. Kichik obyektivda ularning koloniyalari, iplari ko‘riladi va ularning rasmi chizib olinadi.
4. Katta obyektivda hujayra tuzilishi kuzatilib, ularning rasmi chizib olinadi.
5. Mikropeparatlar to‘plamidan ipsimon yashil suv o‘tidan tayyorlangan doimiy mikropreparat ko‘riladi va chizib olinadi.
Rasm.
Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosalar. ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling