BIOLOGIYA
(SITOLOGIYA VA GENETIKA ASOSLARI)
9
UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI
“__” SINF O`QUVCHISI _________________________NING BIOLOGIYA FANIDAN LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI DAFTARI
M.Allamuratov,Z.Zaripov,Z.Usmanova,
RMaqsudova,LS.Saparboev
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida
BIOLOGIYA
fanidan laboratoriya mashgulotlari o’tkazish bo’yicha uslubiy qollanma asosida tuzildi
TUZUVCHILAR: Samarqand VXTXQTMOI
Tabiiy va aniq fanlar ta’limi
kafedrasi katta o`qituvchisi
BATIROVA.F.A
Samarqand shahar 66.-umumiy
o`rta ta’lim maktab
biologiya fan o`qituvchisi
SHUKUROVA S.K
HAVFSIZLIK QOIDASI
Ish bajarish tartibini puxta o’zlashtinnasdan va tajriba o’tkazish uchun asboblarning to’g’ri yig’ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.
Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta'mini totish mutlaqo mumkin emas.
Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig’ishtirib olish va simob to’kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.
Yonuvchan va uchuvchan moddalami tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.
Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim.
Yong’in chiqqan taqdirda avvalo, o’t chiqishiga sabab bo’lgan manba o’chiriladi, so’ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanganing yoyilish xavfi bo’lsa o’t o’chirgichdan foydalanish kerak.
Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og’zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo’lishi kerak.
Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko’zoynak taqib olish zarur.
Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas.
Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo’ylab suvga quyish kerak.
Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o’lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o’lchab olish lozim.
Kislotalar saqlanadigan idishlarni to’kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak.
Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohi-da ehtiyot choralarini ko’rish lozim.
Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko’zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo’ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim.
Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish, asboblarni o’chirish kerak.
Ish joyining doimo toza va ozoda saqlanishini ta'minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |