1-Laboratoriya ishi Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari, qo‘llaniladigan asbob va moslamalar bilan tanishish, tarozida tortish qoidalari. Laboratoriyada ishlash tartibi


Download 177.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.12.2020
Hajmi177.57 Kb.
#159106
Bog'liq
2 5337022663766313218


1-Laboratoriya ishi 

Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari, 

qo‘llaniladigan asbob va moslamalar bilan tanishish, tarozida tortish 

qoidalari.  

Laboratoriyada ishlash tartibi 

1. Darslik va leksiyadan tegishli bo’limlarni o’qib chiqish va laboratoriya  ishlarining 

mazmuni bilan tanishish lozim. 

2.  Tajriba  olib  borish  uchun  zarur  narsalar  (idish,  asbob-  uskunalar  reaktiv  va 

boshqalar) mavjudligini aniqlagandan keyingina tajribani boshlash kerak. 

3. Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibiga rioya qiling. 

4. Kerak bo’lgan taqdirda ishni mo’rili shkafda olib boring. 

5.  Tajribaning  borishini  diqqat  bilan  kuzating.  Uning  tavsilotlarini  laboratoriya  ish 

daftariga yozib boring. Kuzatilgan barcha hodisalarni (cho’kma hosil bo’lishi, eritma 

va cho’kma rangining o’zgarishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi, gaz hosil bo’lishi va 

shu  kabilar)  reaksiya  tenglaamasini,  hisob  va  xulosalarini  maxsus  laboratoriya  ish 

daftariga yozib boring. 

6.  Laboratoriya  ish  daftariga  tajriba  bajariladigan  mavzuni  nomi,  ishning  mazmuni, 

lozim bo’lsa foydalanilgan asbob-uskunalarning sxemasi yoki rasmini chizing. 

7.  Laboratoriya  jurnali  muqovasida  talabaning  familiyasi,  ismi  va  gruppasining 

nomeri yozilgan bo’lishi kerak. 

8. Ish tamom bo’lgandan keyin o’z ish joyingizni tartibga keltiring. Tartib va ozodalik 

faqat ish joyingizdagina emas balki butun laboratoriyada ham saqlanishi shart. 



Reaktivlardan foydalanish qoidalari 

1.  Reaktivlarni  ko’rsatilgan  miqdorda  oling.  Reaktivdan  qancha  olinishi  aytilmagan 

bo’lsa,  ularni  mumkin  qadar  oz  miqdorda: eritmalardan  1-2  ml,  quruq  moddalardan 

esa probirkaning tubinigina berkitadigan miqdorda oling. 

2. Olingan reaktivning ortib qolgan qismini reaktiv turgan idishga yana qaytarib 

soling 


3.  Reaktivni  olgach,  reaktiv  olingan  idishning  qopqog’ini  darrov  bekiting  va  o’z 

o’rniga quying. 



4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalar bilan oling. Ular toza va quruq 

bo’lishi lozim 

5.  Shisha  sinig’i,  qog’oz,  gugurt  cho’pi  va  shunga  o’xshash  keraksiz  buyumlarni 

rakovinaga tashlamasdan, rakovina tagiga qo’yilgan maxsus idishga soling. 

6.  Kerakli  reaktiv  suyuq  holatda  bo’lsa,  bu  reaktivni  olishda  foydalanilgan 

pepitkalarni yuvmasdan boshqa reaktiv turgan idishga solish mutloqo yaramaydi. 



Tajriba olib borishda ko`riladigan ehtiyot choralari 

    Kimyoviy  laboratoriyalarda  olib  boriladigan  ishlar  va  qo’llaniladigan  reaktivlar 

kishi  organizmi  uchun  ma’lum  darajada  zararlidir.  Shuning  uchun  laboratoriyada 

ishlaganda quyidagi ehtiyot choralari qoidalariga amal qilish kerak: 

1.  Zararli  va  qo’lansa  hidli  moddalar  bilan  qilinadigan  tajribalarni  mo’rili  shkafda 

bajaring. 

2.  Ajralib  chiqayotgan  gazlarni  yaqindan  turib  hidlamang.  Agar  gazni  hidlash  lozim 

bo’lsa,  ehtiyot  bo’lib,  havoni  qo’lingiz  bilan  idish  og’zidan  o’zingiz  tomon  ohista 

yelpib, hidlang. 

3.  Kuchli  kislotalarni  ayniqsa  konsentrlangan  sulfat  kislotani  suyultirishda  suvni 

kislotaga quymasdan, kislotani suvga idish devori orqali jildiratib ohista quying. 

4. Reaktivlarni quyganda ular yuzingizga yoki qo’lingizga sachramasin. 

5.  Suyuqlik  qizdirilayotganda  uning  holatini  kuzatish  uchun  idish  ustiga  engashib 

qaramang. Chunki suyuqlik birdan sachrab ketishi mumkin. 

6. Probirkaga biror modda, ayniqsa, suyuq holdagi modda solib qizdirayotganingizda 

uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan kishiga qaratmang. 

7. Ko’z va qo’lingizga biror kimyoviy modda sachrasa zararlangan joyni darxol suv 

bilan  yuvib tashlang. 

8.  Yonuvchi  gazlarni  havo  bilan  aralashmasi  portlovchi  bo’ladi.  Shuning  uchun 

vodorod  va  shunga  o’xshash  gazlarni  yoqishdan  oldin  ularning  tozaligini  sinab 

ko’rish kerak. 

9. Simob va uning bug’i o’ta zararlidir. U bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish lozim. 

10.  Simob  va  shunga  o’xshash  zaharli  moddalar  bilan  ishlagandan  so’ng  albatta 

qo’lingizni yuvishni unutmang. 



11.  Suvli  eritmalar  va  umuman  suyuqliklarning  mazasini  tatib  ko’rish  qat’iy  man 

etiladi. 

12.  Oson  o’t  oluvchi  moddalar  bilan  qilinadigan  tajribalarni  o’tdan  uzoqroqda  yoki 

maxsus mo’rili shkafda olib borish lozim. 

13.  Benzin,  spirt,  efirlar  bilan  ihlayotganda  o’t  chiqib  qolsa  hech  vaqt  suv  bilan 

o’chirishga urinmang. Bunday alangani qum sepib yoki maxsus vositalar yordamida 

o’chirish lozim. Ularni o’tga yaqin keltirish yoki ochiq alangada isitish mumkin emas. 

14.  Terining  biror  joyi  kuyib  qolsa,  u  yerni  kaliy  permanganatning  kuchsiz  eritmasi 

bilan ho’llang va tegishli surkama moydan surkang. So’ng albatta vrachga murojaat 

qiling. 


15. Laboratoriya mashg’uloti tugagach, ish stolini tartibga solish, gaz va vodoprovod 

jumragini  berkligini  hamda  elektr  asboblarini  o’chirilganligini  albatta  tekshirishni 

unutmang.  

KIMYOVIY IDISHLAR VA ASBOBLAR 

Turli  kimyoviy  tajribalarni  bajarishda,  maxsus  yupqa  yoki  qalin  shishadan  yasalgan 

idishlar  ishlatiladi.  Yupqa  shishadan  yasalgan  idishlar  temperaturaning  o'zgarishiga 

chidamli va ularda qizdirish bilan bog'liq bo'lgan turli kimyoviy jarayonlar bajariladi. 

Qalin  shishadan  yasalgan  idishlarni  qizdirish  yaramaydi.  Ayrim  kimyoviy  shisha 

idishlar 1-rasmda keltirilgan. 

10 

1 — probirka, 2 — kimyoviy stakan, 3 — tubi yassi kolba, 



4 — tubi yumaloq kolba, 5 —Vyurs kolbasi, 6 —konussimon kolba 

7—voronka. 8~tigel, 9 —soat oynasi, 10— pipetkalar. 

O'LCHOV IDISHLARI 

Anorganik  kimyoda  laboratoriya  ishlarida  suyuqliklarning  hajmini  o'lchash  tichun 

odatda  turli o'lchov idishlari, o'lchov  kolbalari va  silindrlari, pipetkalar, menzurkalar 

va byuretkalar ishlatiladi. 

 

o'lchov kolbalari,                                                  konussimon kolbalar. II 



Kolbalar. O'lchov kolbalari aniq konsentratsiyali eritmalar tayyorlash uchun ishlatilib, 

uztin va bo'g'zi tor qilib yasaladi. Kolbaning bo'g'ziga suyuqlik qayerigacha solinishi 

kerakligini  ko'rsatadigan  belgi  qo'yiladi.  Kolbaga  qo'yilgan  raqamlar  ma'lum 

temperaturada  lining  millilitr  bilan  ifodalangan  hajmini  ko'rsatadi.  O'lchov  kolbalari 

bo'g'zining  tor  bo'lishiga  sabab,  suyuqlik  hajmining  ozgina  o'zgarishi  ham  suyuqlik 

hajmini ko'rsatuvchi belgi holatiga sezilarli ta*sir qiladi. O'lchov kolbalari shlifsiz va 

shliflangan  tiqinli  bo'ladi.  Odatda  o'lchov  kolbalarining  hajmi  har  xil  (25,  50,  100, 

200,  250,  500ml  li)bo`ladi.  O'lchov  kolbalari  shlifsiz  va  shliflangan  tiqinli  bo'ladi. 

Odatda  o'lchov  kolbalarining  hajmi  har  xil  (25,  50,  100,  200,  250,  500ml  li)bo`ladi. 

 


Pipetkaiar.  Suyuqliklarning  hajmini  juda  aniq  o'lchab  olish  uchun  pipetkaiar 

ishlatiladi.  Ular  shishadan  yasalgan  silindr  shaklida  boiib,  pastki  qismi  cho'zilgan 

boiadi  (4,  a-rasm).  Pipetkaning  pastki  qismi  teshigi  diametri  -  1  mm.  Pipetkaning 

keng  joyidan  yuqorirog'ida  belgisi  bo'ladi,  suyuqliklar  sbu  bel-gigacha  olinadi. 

Ko'pchilik  hollarda  5,10  va  20  ml  li  pipet-kalardan  foydalaniladi.  Yuqorida 

tasvirlangandan  tashqari,  har  xil  hajmdagi  suyuqliklarni  o'lchashda  nay  ko'rinishida 

dara-jalangan o'lchov pipetkalari ham ishlatiladi (4, a, b, d-rasm). 

Byuretkalar.  Byuretkalar  (5-rasm)  har  xil  hajmli  suyuqliklarni  quyib  olish  uchun 

mo'ljallangan.  Ular  uzun  silindr  nay  shaklida  bo'lib,  sirtqi  tomoni  darajalarga 

bo'lingan.  Odatda,  25—50  ml  li  va  millilitrning  o'ndan  bir  qismigacha  darajalangan 

byuretkalardan  foydalaniladi.  Byuretkaning  pastki  qismida  suyuqliklarni  quyib  olish 

uchun jo'mrak yoki maxsus moslama o'rnatilgan bo'ladi. Byuretkalar asosan titrlashda 

ishlatiladi. 

O'lchov silindrlari va menzurkalar

 O'lchov silindrlari va menzurkalar (6-rasm a, b) qalin shishadan yasalgan idishlar 

bo'lib, uncha aniq bo'lmagan suyuqliklarni o'lchash uchun ishlatiladi. O'lchov 

silindrlari va menzurkalari har xil hajmda — 5, 10, 25, 50, 250, 500, 1000 ml va 2 / 

gacha bo'ladi. 

 

 



 

Laboratoriyada  gaz  moddalarni  olish  uchun  Kipp  appa-ratidan  foydalaniladi  (7-

rasm).  Kipp apparati o'rtasi tor sharsimon idish (1) va sharsimon voronka (2) dan 


iborat. Shar-simon idish (1) ga gaz hosil qiluvchi modda solinadi. Voronka (2) ga 

suyuqlik (kislota eritmasi) quyiladi, u idish (1) ning pastki qismiga o'tadi, so'ngra 

uning o'rta qismiga ko'tariladi. 

Qattiq  modda  bilan  suyuqlik  bir-biriga  tegishi  natijasida  reaksiya  boshlanadi. 

Reaksiyada  ajralib  chiqayotgan  gaz  appa-ratining jo'mrakli  gaz  chiqarish  nayi  orqali 

yig'gichga  o'tadi.  Jo'mrak  berk  turganda,  ajralib  chiqayotgan  gazning  bosimi 

suyuqlikni voronkaga siqib chiqaradi va reaksiya to'xtaydi. Ishlatilib bo'lgan suyuqlik 

idishning  pastki  qismidagi  tubusdan  chiqarib  yuboriladi.  Gazlarni  saqlash  uchun 

gazometrlar  ishlatiladi. Gazometr gaz saqianadigan katta idishva voronka dan iborat. 

Gazometrga gaz to'Idirishdan oldin va jo'mraklar ochiladi va voronka  orqali suv bilan 

to'ldiriladi.  So'ngra  jo'mrakni  berikitib,  tubusdan  tiqin  olinadi  va  tubus  orqali  gaz 

olinadigan asbobdagi gaz chiqartivchi nay uchi tubusga kiritib qo'yiladi. Suv tubusdan 

biror  idishga  quyib  olinadi.  Gazometr  gaz  bilan  toigandan  keyin,  tubus  teshigitiqin 

bilan  berkitiladi  va  voronkaga  suv  quyiladi.  Gazometrdan  kerakli  gaz  olish  uchun 

jo'mrak  batamom  jo'mrak  esa  sal  ochiladi.  Suv  voronkadan  gazometrga  tushganda 

undagi  gazni  jo'mrak  orqali  yig'gichga  siqib  chiqaradi.  Kerakli  hajmdagi  gaz 

olingandan keyin va jo'mraklar berkitiladi. 

 

 



 chinni havoncha,              chinni kosacha,           chinni tigel. 

Shisha  idishlar  bilan  bir  qatorda  laboratoriyada  chinnidan  yasalgan  idishlar  ham 

ishlatiladi  

Laboratoriyada  ishlatiladigan  hamma  moddalar  oz  yoki  ko'p  darajada  zaharli 

ekanligini talabalar esdan chiqar-masliklari lozim. 

Ishni  bajarishda  biror  tushunmovchilik  Uig'ilsa,  ishni  to'xtatish  va  o'qituvchiga  yoki 

laborantga murojaat qilib, keyin davom ettirish lozim. 

Simob metali va Lining bug'i kuchli ta'sir qiluvchi za-hardir. Shuning uchun, simobli 

asboblar,  simobli  termometrlar  singanda  to'kilgan  simobni  yig'ib  olish  shart.  Simob 

to'kilganligi haqida o'qituvchiga va laborantga albatta xabar berilishi kerak. 


Kislota,  ishqor  va  ammiakning  konsentrlangan  eritma-larini  hamda  oson 

bug'lanuvchan suyuqiiklarni pipetkaga og'iz bilan tortib olish mumkin emas





 

 

Download 177.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling