Nitrobenzol sintezini “Klaster ” uslubida
Klaster uslubida talabalar “Nitrobenzol sintezi” laboratoriya mashg’ulotiga qanday reaktivlar kerakligini va bu reaktivlar olinish usullari yozishdan iborat. Bunda talaba laboratoriya mashg’ulot mavzusi nomini katta doiraga olib, 1-kichik doiraga reaktivlarni, 2-chi doiraga reaktivlarning olinish usullari yozib va doirachalar davom etiriladi.
Nazorat savollari
Ishni bajarishdan maqsadini tushuntiring?
Nitrolash jarayonining qanday omillari mavjud?
Nitrollash deb nimaga aytiladi?
Ishning bajarishda qanday reaktiv va reagentlar ishlatiladi?
40 gr etilatsetat tayyorlash uchun kerakli reagentlarni hisoblang?
Nitrollash reaksiyasi qanday jarayon?
Nitrollash reaksiyasini misollar bilan tushuntiring?
Nitrobenzolning hosil bo’lish foizini aniqlang.
3 – LABORATORIYA ISHI
toluolni benzoy kislotagacha oksidlash
Ishning maqsadi: uglevodorodlarni va ularning hosilalarini oksidlash orqali karboksilli birikmalar olish usullari bilan tanishish.
Benzoy kislota sintezi:
Formulasi:
Sintez jarayonining asosiy reaksiyalari:
Benzoy kislota – kristall modda bo‘lib, sovuq suvda qiyin eriydi, xloroform, aseton, benzol, xloroform, metil spirtida yaxshi eriydi; Tsuyuq.=122.3; Tqayn.=250 oS. Benzoy kislotasi bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, oziq-ovqat sanoatida (konservant), parfyumeriya va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Sintez uchun qo‘llaniladigan jihozlar:
hajmi 150 ml bo‘lgan dumaloq tubli kolba;
qaytar muzlatgich;
suv hammomi;
chinni kosacha;
Byuxner voronkasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |