1-laboratoriya ishi: Universal laboratoriya stendi bilan tanishish. Om qonunini tadqiq etish. Ishning maqsadi
Download 237.04 Kb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya compressed (1)
1-laboratoriya ishi: Universal laboratoriya stendi bilan tanishish. Om qonunini tadqiq etish. Ishning maqsadi: Real mustaqil kuchlanish va tok manbalarining xarakteristikalarini tadqiqoti. RL va RC zanjirlarni o’zgaruvchan chastotalarda tadqiq etish. Electronics Workbench dasturi yordamida o‘zgarmas tok va kuchlanishning mustakil va nomustakil manbaaalri tashqi tavsiyalarini o‘rganish. Laboratoriya ishini bajarishda quyidagi komponentlardan foydalaniladi: - sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori; - kalit; - voltmetr va ampermetr; - vaqt relesi; - ossillograf; - rezistorlar; - tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori. Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori (3-rasm) uchta chiqishga ega: umumiy (yer), musbat (+), manfiy (-). 1.1-rasm. Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generator Generatorning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilsa uning oynasi ochiladi (1.2-rasm). 1.2-rasm. Kuchlanishlar generatorining oynasi Ochilgan oynaning yuqori qismida kerakli shakldagi signalning tasviri bosiladi va uning quyidagi parametrlari o‘rnatiladi: 1. Chastota Frequency maydonida Hz, kHz yoki MHz larda o‘rnatiladi; 2. Signal shaklining simmetrikligi Duty cycle parametri orqali beriladi; 3. Signal o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining amplitudasi μV, mV, V yoki kV larda Amplitude maydonida ko‘rsatiladi; 4. Agar zarur bo‘lsa signal o‘zgarmas tashkil etuvchisining amplitudasi Offse maydonida ko‘rsatiladi. Kalitning tasviri 1.3-rasmda ko‘rsatilgan. 1.3-rasm. Kalit Kalitni almashtirib ulash uchun kvadrat qavs ichida ko‘rsatilgan klavisha bosiladi, masalan [probel]. Voltmetr va ampermetr 1.4-rasmda ko‘rsatilgan. Ularning ichki qarshiliklari xossalarida beriladi. 1.4-rasm. Voltmetr va ampermetr Vaqt relesi (1.5-rasm) ulanish vaqti (on) va uzilish vaqti (off) parametrlariga ega. 1.5-rasm. Vaqt relesi Ossillograf (1.6-rasm) ikkita kanalga va to‘rtta kirishga ega. 1.6-rasm. Ossillograf Uning kirishlari quyidagilar: - Umumiy (yer); - Tashqi sinxronizatsiya ; - A kanal; - B kanal. Ossillografning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilganda uning oynasi hosil bo‘ladi (1.7-rasm). 1.7-rasm. Ossillografning oynasi Oynadagi Expend tugmasini bosish yo‘li ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishga o‘tkazish mumkin (1.8-rasm). 1.8-rasm. Ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishdagi oynasi Ossillografning Time base qismida uning ishlash rejimini beruvchi Y/T, B/A, A/B ulab-uzgichlar joylashgan. Y/T rejimida kirishlar A va B, abssissa o‘qi vaqt bo‘ladi, vaqtning qadami beriladi. B/A yoki A/B rejimida ossillografning og‘diruvchi plastinalariga A va V kirish kanallaridan kuchlanish beriladi. Kuchlanish bo‘yicha masshtablar Channel A va Channel V sohalarida o‘rnatiladi. Pastda kirish ulab-uzgichlari AC(o‘zgaruvchan) / 0(nol) / DC(o‘zgarmas) joylashgan. Bir omli rezistorlar (1.9-rasm) sxema tarmoqlarida qiymati tokka teng bo‘lgan kuchlanish olish uchun ishlatiladi. 1.9-rasm. Bir omli qarshilik Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori (1.9-rasm) qiymati tokka teng yoki proporsional bo‘lgan kuchlanish olish uchun foydalaniladi. Bunda, bir omli qarshilikdan farqli ravishda tadqiq qilinayotgan zanjirga qo‘shimcha qarshilik kiritilmaydi. 1.9-rasm. Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generator 1.2.Laboratoriyani bajarish uchun topshiriq. 1. Electronics Workbench dasturini o’rnatishni o’rganish. 2. Electronics Workbench dasturining komponentlarini o’rganish menyular qatori bilan ketma-ketlikda tanishish. 3. Electronics Workbench dasturida sodda elektr zanjirini tuzish. 4. Electronics Workbench dasturida tuzilgan elektr zanjirida natija olish va uni jadvalga kiritish. Download 237.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling