1-laboratoriya ishi
Download 263.71 Kb.
|
1 laborotoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dag‘al dispers sistemalar
- ULTRATOVUSH USULI
- PEPTIZATSIYA USULI
- KOLLOID ERITMA OLISHNING KONDYNSATSION USULLARI
- KIMYOVIY KONDENSATSION USULLAR.
- POLIMERLANISH VA POLIKODENSATLANISH USULLARI
1-laboratoriya ishi 1. Kolloid zarrachaning tuzilishi qanday? 2. Liofob va liofil dispers sistemalarga misollar keltiring? 3. Dag‘al dispers sistemalarga misollar keltiring? 4. Dispers sistemalar dispersion muhitning agregat holatiga qarab qanday tasniflanadi? 5. Kolloid sistemalarni olishning qanday usullarini bilasiz? 6. Peptizatsiya qanday usul. Misollar keltiring? 7. Kolloid eritmalarni qanday tozalash usullari bor? 8. Kondensatsiya usuli? 9. Peptizatsiya usuli? 10. Disperslash usuli?
Аgаr fаzа zаrrаchаlаri аtrоfidа muhit mоlеkulаlаri kаm miqdоrdа bоg‛lаngаn bo‛lsа, bundаn sistеmаlаr liоfоb kоllоidlаr dеb аtаlаdi. Liо — so‛zi grеkchа bo‛lib, eritmа mа‘nоsini bildirаdi. fоb grеkchа phobia so‛zidаn оlingаn bo‛lib, yoqtirmаslik mа‘nоsini bildirаdi. Mаsаlаn, оltin, kumush хlоrid, tеmir vа bоshqа mеtаll zоllаrining suvdаgi kоllоid eritmаlаri. Fаzа zаrrаchаlаri аtrоfidа muhit mоlеkulаlаri ko‛p to‛plаnsа, bundаy sistеmа liоfil sistеmа dеb аtаlаdi. Fil — grеkchаrhilia so‛zidаn оlingаn bo‛lib, yaхshi ko‛rish mа‘nоsini bildirаdi. Mаsаlаn, krахmаl, оqsil, o‛rik еlimi vа bоshqаlаrning suvdаgi eritmаlаri. 3. Kolloid eritmalar dag‘a1 dispers sistemalar bilan chin eritmalaming oraliq holatini egallagani uchun ulami bir biriga qarama - qarshi bo‘lgan ikki usulda hosil qilish mumkin. Ularning biri yirikroq zarrachalami maydalash, ikkinchisi esa molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilishdan (agregatlashdan) iborat; birinchi xil usul-dispergatsiya, ikkinchisi kondensatsiya usullari deyiladi: Dag‘al dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya va ko‘piklar) bu sistemalarda dispers faza zarrachalarining oMchami 100 nm dan katta (10'7 m yoki 10'5 sm dan ortiq) bo‘ladi. Bu sistema tiniqmas, qog‘oz fdtrdan va pergamentdan o‘tmaydi, geterogen, yorugiikni sindirish va qaytarish xususiyatiga ega. Beqaror, tez o‘zgaradi 4. Dispеrs muхitning аgrеgаt хоlаti — gаzsimоn — G, suyuq — S vа qаttiq — Q bo‛lishigа qаrаb, dispеrs sistеmаlаr uch gruppаgа bo‛linаdi. 1. Dispеrs muhit gаzsimоn bo‛lgаndа — q/g (qаttiq mоddа — gаzsimоndа) —mаsаlаn, chаng (tuprоq zаrrаchаlаri hаvоdа), tutun (kul zаrrаchаlаri hаvоdа). S/g (suyuq mоddа — gаzsimоndа)—mаsаlаn, bulut, tumаn (suv zаrrаchаlаri hаvоdа). Bundаy sistеmаlаr аerоzоllаr dеb yuritilаdi. G/g (gаzsimоn mоddа — gаzsimоndа)—mаsаlаn, hаvо (kislоrоd, аzоtdа). Bundаy sistеmаdа аgrеgаtlаr hоsil bo‛lmаydi, chunki muhit bilаn fаzа оrаsidа sаth chеgаrаsi bo‛lmаgаni tufаyli gоmоgеn аrаlаshmа hоsil qilаdi. 2. Dispеrs muhit suyuqlik bo‛lgаndа — Q/S (qаttiq mоddа suyuqdа) mаsаlаn, kumush, оltin, plаtinа, mеtаll gidrоksidlаri vа tuprоqning kоllоid eritmаlаri. Bundаy sistеmа suspеnziyalаr dеyilаdi. S/S (suyuq mоddа suyuqliqdа) — sut (yog‛ tоmchilаri suvdа), suv tоmchilаri nеftdа, bеnzin tоmchilаri suvdа bo‛lgаn emulsiyalаr, g/s (gаzsimоn mоddа suyuqdа)—gаzlаrning suyuqlikdаgi emulsiyasi, ya‘ni ko‛piklаr. 3. Dispеrs muhit qаttiq mоddа bo‛lgаndа. Q/q (qаttiq mоddа qаttiqlikdа)—po‛lаt-cho‛yan, mis-оltin qоtishmаlаri, rаngli shishаlаr. S/Q (suyuqlik qаttiq mоddаdа)—suv zаrrаchаlаri, pаrаfindа, hаr хil iviq mоddаlаr. G/q; (gаz qаttiq mоddа)—g‛оvаkli jismlаr — pеmzа, g‛isht vа nоn. 5. KOLLOID ERITMA OLISHNING DISPERSION VA MEXANIK USULLARI DISPERSION USUL. Zarrachalarni maydalash uchun ma‘lum ish sarflanadi. Bu ish (a) hosil bo’layotgan zarrachalar sathi (S) ga to’g’ri proportsionaldir: А = К • S Bu yerda, K - moddaning tabiatiga, muhitga va maydalash usuliga tegishli koeffitsient. Formuladan ko’rinib turibdiki, zarrachalarni qancha ko’p maydalash kerak bo’lsa, shuncha ko’p ish sarflanadi. MEXANIK USULLAR. Bu usul, asosan, ma‘lum kuch ta‘sirida moddalarni maydalashga asoslangan. Shuning uchun maxsus sharli yoki kolloid tegirmonlardan foydalaniladi. Sharli tegirmon zich yopiladigan tsilindr idish bo’lib, uning ichiga har xil o’lchamli po’lat yoki chinni sharchalar solingan bladi. Zarrachalar o’lchami 50-60 mk atrofida bo’ladi. Ichiga modda solinib tez aylantirilganda, modda sharchalar zarbidan maydalanadi. Ammo moddalarning maydayaanish darajasi katta bo’lmaydi. Bunday tegirmonlarda turli buyoqlar, farmatsevtika preparatlari, oltingugurt va grafitning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Oltingugurtning kolloid eritmalari qishlok, xo’jaligida o’simliklarning zarar kunandalariga qarshi ishlatiladi. ULTRATOVUSH USULI Ultratovush usuli sanoatda keyingi yillarda keng qo’llanilmokda. Bu usulda, tovush to’lqinlarining kuchli tebranishi natijasida muallaq zarrachalar maydalanib, tekis tarqaladi. Ultratovush usulida oltingugurt, buyoq, simob, qo’rg’oshin, ruh, kauchuk, kraxmal va boshqa moddalarni disperslash mumkin. PEPTIZATSIYA USULI Bu usul moddalarni disperslovchi-peptizatorlar yordamida gel hola-tidan zol holatiga o’tishiga aytiladi. Peptizatorlar eritmadagi zarra-chalarning yiriklashishiga sabab bo’ladigan koagullovchi ionlarni neytrallaydi. Masalan, Fe (OH)3 zolini olishda oz miqdrrdagi Fe Cl3 peptizator vazifasini bajaradi. Bu holda temir ionlari kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, ularga musbat zaryad beradi. Natijada bir xil zaryadli musbat ionlar bir-biridan itarilib tezda gidrozolga aylanadi, ya‘yai cho’kma eritma holiga o’tadi. KOLLOID ERITMA OLISHNING KONDYNSATSION USULLARI Bu usullar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, asosan ikkiga bo’linadi: fizikaviy va kimyoviy kondensatsion usullar. FIZIKAVIY KONDENSATSION USULLAR Kondensatsiyalash jarayoni sistemada erkin energiya bilan solishtirma sathning kamayishi tufayli sodir bo’ladi. Masalan, tashqaridagi namlikning sovishi natijasida suv zarrachalari kondensatsiyalanib, kolloid sistema tumanini hosil qiladi. Rossiya olimlaridan S.Z.Roginskiy va A.I.SHalnikovlar suyuq dispers muhit va qattiq moddalarni bug’latib, sovuq sirtda kondensatlash yqli bilan kolloid eritmalar hosil qilish asbobini yaratdilar. Fizikaviy usullardan yana biri, bu sistemada zrituvchini uzgartirish yo’li bilan olishdir. Masalan, oltingugurt va kanifol suvda erimaydi, ammo ztil spirtda chin eritma hosil qiladi. Shu chin eritma ustiga oz miqdorda suv qo’shilsa oltingugurt molekulalari kondensatsiyalanib, kolloid eritma hosil qiladi. Elektr yordamida moddalarni maydalab, kolloid eritmalar olish keng ho’jalik ahamiyatiga ega bo’ladi. Bu usul bilan oltin, kumush, platina va boshqa qimmatbaho metallarning o’zidan elektrod tayoqchasi tayyorlab, elektr manbaiga ulangandan so’ng elektrodlar dispers muhit H2O ga tushirilib, elektrodlar uchi birbiriga tegishidan elektr yoyi hosil bo’ladi KIMYOVIY KONDENSATSION USULLAR. Kimyoviy reaktsiyalar (oksidlanish, qaytarilish, almashinish, zrimaydigan gidroliz va boshqa) natijasida yomon eriydigan moddalar hosil qilishga asoslangan. Natijada tegishli moddalarning kolloid eritmalari hosil bo’ladi. Masalan, gidroliz reaktsiyasi tufayli FeCl3 dan Fe (OH)3 kolloid eritmasi olinadi: Fe Cl3 + 3H2O = Fe (OH)3 + 3HCl NFe (OH)3 + nHCl = n Fe Ocl + 2nH2O Kolloid zarrachaning tuzshlishi: {m[Fe (OH)3] · nFeO+ (n-x) Cl- } + xCl- POLIMERLANISH VA POLIKODENSATLANISH USULLARI Bu usullar bilan yuqjri molekulyar birikmalarning kolloid eritmalari olinadi. Yuqori molekulyar birikmalarga tsellyuloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislotalar va boshqalar kiradi. Ular polimer moddalar deb ataladi, ular bir necha ming quyi molekulalarning (monomer) o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Masalan, etilenning polimerlanishi natijasida yuqori molekulyar modda - polietilen hosil bo’ladi: NCH2 = CH2 → [. . . CH2 – CH2 - . . . ]n Polietilenning molekulyar massasi 20000ga tent. Yuqori molekulyar moddalar qishloq xo’jaligida tuproq strukturasini yaxshilashga va hosildorligini oshirishga yordam beradi 6. PEPTIZATSIYA USULI Bu usul moddalarni disperslovchi-peptizatorlar yordamida gel hola-tidan zol holatiga o’tishiga aytiladi. Peptizatorlar eritmadagi zarra-chalarning yiriklashishiga sabab bo’ladigan koagullovchi ionlarni neytrallaydi. Masalan, Fe (OH)3 zolini olishda oz miqdrrdagi Fe Cl3 peptizator vazifasini bajaradi. Bu holda temir ionlari kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, ularga musbat zaryad beradi. Natijada bir xil zaryadli musbat ionlar bir-biridan itarilib tezda gidrozolga aylanadi, ya‘yai cho’kma eritma holiga o’tadi. 7. KOLLOID ERITMALASHI TOZALASH USULLARI. DIALIZ. Toza kolloid eritmalar olish uchun kolloid eritmalar tarkibida hosil bo’lgan elektrolit (asos, kislota, tuz) lar va boshqa aralashmalar yo’qotiladi. Kolloid eritmalarni tozaylash uchun «dializ», «elektrodializ» va «ultrafiltratsiya» usullaridan foydalaniladi. Kolloid eritmalarni molekula va ion eritmalaridan (o’simlik, hayvon va sun‘iy membranalardan o’tadigan aralashmalardan) tozalash dializ deb, unda ishlatiladigan asbob-uskunalar esa dializatorlar deb ataladi. Kollodiy va tsellofanlardan sun‘iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani tozalash uchun, uni sun‘iy membrana xaltachasiga (1) solib, so’ngra suvli idishga (2) botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali o’tib, suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializ usuli kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida tozalashda keng ishlatiladi. Download 263.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling