1 laboratoriya ishi


AMALIY DASTURLAR YORDAMIDA NOCHIZIQLI TIZIMLARNING FAZA POTRTRETINI QURISH


Download 0.79 Mb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1562093
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tajribalar

AMALIY DASTURLAR YORDAMIDA NOCHIZIQLI TIZIMLARNING FAZA POTRTRETINI QURISH.


Ishning maqsadi:Yopiq dinamik sistemaning turg`unligini shu sistemani ochiq holatdagi AFChX bo`yicha, yani Naykvist mezoni bo`yicha aniqlash.
Kerakli jihozlar
EHM, MatLAB dasturi
Nazariy qism
Naykvist mezoni turg`unlikni aniqlashning chastotaviy mezoni bo`lib, uning nazariyasi [CITATION Тео \m КПВ07 \m Заполнитель1 \m Душ \m Неснт \m Заполнитель2 \l 1033 ] larda batafsil qarab chiqilgan. Naykvist mezoni bo`yicha dinamik sistemaning yopiq holatdagi turg`unligini aniqlash uchun shu sistemani ochiq holatda keltirib olib, ochiq sistemaning AFChX bilish zarur va bu ochiq sistema turg`un, noturg`un yoki neytral ekanligini aniqlash kerak. Ochiq sistemani AFChX va yopiq sistema xarakteristik tenglamasining godografi orasidagi munosabat argument printsipidan foydalanib aniqlanadi va Naykvist mezoning ta’rifi ifodalanadi.
Asosiy holatlarni keltiramiz:
1. ABS ning strukturaviy sxemasi tahlili asosida uning ochiq holati va yopiq holati uchun ekvivalent UF lar hisoblanadi.
2. Ochiq sistemaning AFChX ni, yani Navkvist diagrammasini olinadi.
3. Ochiq sistemaning xarakteristik tenglamasidan foydalanib, ochiq sistemaning AFChX si turg`un, noturg`un yoki neytral sistemaga tegishli ekanligi haqida xulosa qilinadi. Shuhga ko`ra:
4. Yopiq ABS turg`un bo`lishi uchun turg`un, noturg`un, neytral ochiq ABS ning AFChX lariga alohida shartlar qo`yiladi.
5. Yopiq sistema turg`un bo`lishi uchun ochiq sistemaning AFChX si qanday shartni bajarishi kerakligi to`g`risida ta’rif, yani konkret hol uchun Navkvist mezoni shakllantiriladi.
6. Birinchi hol ochiq holatda turg`un bo`lgan ABS larni o`z ichiga oladi.
Birinchi holda, yopiq ABS turg`un bo`lishi uchun ochiq ABS ning godografi kritik deb ataladigan (-1; 0j) koordinatali nuqtani o`ramasligi zarur va yetarli.
Ikkinch hol ochiq holatda turg`un bo`lmagan ABS larni o`z ichiga oladi. Bunday tizimlarning xarakteristik polinomlari ta "o`ng" ildizlarga ega, ya'ni, musbat haqiqiy qismli ildizlarga egalar. Uchinchi, eng umumiyroq holatda, yopiq ABS turg`un bo`lishi uchun ochiq ABS ning godografi kritik nuqtani musbat yo`nalishda (soat strelkasiga qarshi) marta o`rashi zarur va yetarli.
Uchinchi hol neytral ABS larni, ya'ni ochiq holatida turg`unlik chegarasida bo`lgan ABS larni o`z ichiga oladi. Bu xususiyatga, odatda UF lari operator shaklida bo`lgan astatik ABS lar ega bo`ladilar, va godograf W(j) esa o`qlarning birontasi bilan yopiq kontur hosil qila olmaydi, negaki, u ( = 0) da cheksizlikdan boshlanadi. Bu xususiyatga godografning uzilishlari deyiladi.
Uchinchi holda Nyquist mezoni quyidagicha ifodalanadi: yopiq ABS turg`un bo`lishligi uchun ochiq ABS ning uzilish uchastkasida cheksiz katta radiusli yoy bilan to`ldirilgan godografi kritik nuqtani o`ramasligi zarur va yetarli.

Ishning topshirig`i


A
BS ning strukturaviy sxemasi 5.1-rasmda ko`rsatilgan. Sxemada – proportsional (elektronli kuchaytirgich) , - birinchi tartibli nodavriy bo`g`in (generator), – ikkinchi tartibli nodavriy bo`g`in (motor), – proportsional (taxogenerator) bo`g`in. Bo`g`inlarning berilgan analitik UF lariga ko`ra sistemaning turg`unligini tekshiring.
5.1-rasm. ABS ning strukturali sxemasi.
UF larini topshiriqlar variantidan oling. Guruh jurnalidagi tartib raqamingiz variantingiz nomeri bo`ladi.
Ishni bajarish tartibi
5.1-rasmni bloklarni bo`sh qoldirib chizing.

  1. Bo`sh bloklarni variantingizdagi qiymatlarni qo1yib to`ldiring.

  2. Sistemani yopiq holati uchun ekvivalent UF ni hisoblang. Hisoblashlarni Matlabda dastur tuzib bajaring.

  3. Yopiq sistemaning xarakteristik tenglamasini va uning ildizlari sonini, ulardan nechtasi o`ng va chap ildizlar ekanligini aniqlang.

  4. Sxemani ochiq holatga keltiring va uning ekvivalent UF ni hisoblang.

  5. Ochiq sistemaning AFChX ni oling.

  6. Ochiq sistemaning xarakteristik tenglamasidan foydalanib, olingan AFChX qanday sistemaga, turg`un, noturg`un yoki neytralga tegishli ekanligini belgilang.

  7. Ochiq sistemani uch holat uchun AFChX ga ko`ra Naykvist mezoning ta’arifidan foydalanib yopiq sistemaning turg`un yoki aksincha ekanligini aniqlang.

Sinov savollari



  1. Turg`un va noturg`un ABS ni ta’riflang.

  2. Yopiq ABS ning turg`unligini zaruriy va yetarli shartlari nimadan iborat?

  3. Turg`unlinking asosiy shartlari nimadan iborat?

  4. A.M.Lyapunovning turg`unlikka oid teoremalarini ayting.

  5. Turg`unlinking asosiy mezonlarini ta’riflang.

  6. Gurvits va Naykvist mezonlarining orasidagi printsipial farq nimadan iborat?

  7. Berilgan ABS ning dinamik bog`inlarini vaqt doimiylarini o`zgartirmay uning turg`unligiga qanday erishish mumkin?

  8. ABS ning kritik kuchaytirish koeffitsienti nima?

  9. Vaqt xarakteristikalari bo`yicha turg`unlikni qanday aniqlash mumkin?

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling