1-laboratoriya ishi. Xalqaro “SI” tizimi birligini qo‘llash ishning maqsadi


Download 267.61 Kb.
bet3/8
Sana26.10.2023
Hajmi267.61 Kb.
#1723901
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ИЧМТ лаб лотин узб 2023 (1)

3. Qiyoslashni о‘tkazish.
Yig‘ma tarozilarni sinab kо‘rishda,ularning qismlarini о‘zaro ta’siri tekshiriladi, kо‘rsatkichlar sinab kо‘riladi, arretir (u mavjudligida), idishlarga joylaydigan moslama, vagon tarozilari platformalarini qayta ulagichlari, elivatorli (bunkerli) tarozilarning kiritish va chiqarish tо‘sma qopqog‘i, kranli tarozilarning kabel yig‘uvchi qurilmasi, ortiqcha yuklanganligi va yaroqsizligi haqida xabar beruvchi qurilmalari, boshqaruv, о‘lchash, rо‘yxatga olish va indikatsiya apparaturalari, qiymatlarni kiritish tizimlar.
Turli ish tartibiga ega tarozilar barcha tartiblarda tekshiriladi.
Shayinli kо‘rsatkichni sinab kо‘rishda tebranish ravonligi va kо‘chma toshlar ishi tekshiriladi.
Shayinli kо‘rsatkich tebranishining ravonligi, uni tinch holatdan chiqarish va avval yuqori sо‘ng pastki holatga tiralguncha og‘dirish yо‘li bilan tekshiriladi. Shayinli kо‘rsatkich ravon, asta-sekin kamayuvchi tebranishni hosil qilishi kerak.Tebranishlar davrining soni kamida uchta bо‘lishi kerak.
Kо‘chma toshlar ishi, kо‘rsatkich (tish) kо‘tarilgan holatda asosiy toshlarini va bir tayanchdan ikkinchisiga shkala bо‘ylab qо‘shimcha toshni kо‘chirish orqali tekshiriladi. Asosiy toshning chetki holatida uning kо‘rsatkichi yoki kо‘rsatkich о‘rnini bosadigan qirqimli cheti, shkalaning boshlang‘ich yoki yakuniy qiymatini kо‘rsatish kerak Asosiy tosh tishi kо‘tarilgan holatda asosiy shkala polotnosiga yoki shayin kо‘rsatkichini taroqsimon taxtasiga tegib ketmasdan shkalaning butun uzunligi bо‘yicha erkin kо‘chishi kerak. Asosiy tosh tishi qirqim tig‘iga (faski) ularning tubiga tegib ketmasdan yotishi kerak. Qо‘shimcha tosh shkala bо‘ylab erkin kо‘chishi va tortishda shayinli kо‘rsatkich tebranishidan о‘z holatini yо‘qotmasligi kerak.
Oraliq mexanizmiga ega proyeksiyali va siferblatli kо‘rsatkichlarni sinab kо‘rishda, tebranish tinchlantiruvchisi harakatining ishonchliligi, tortish diapazonini bosqichma-bosqich о‘zgartirish mexanizmining ishi, rо‘yhatga oluvchi qurilmaning ( u mavjudligida) ishi tekshiriladi.
Tebranish tinchlantiruvchisi harakatining ishonchliligi, tinchlantiruvchi mexanizmning rostlovchi qurilmasini eng kо‘p tinchlanish holatiga sо‘ng о‘rtacha holatiga о‘rnatish orqali tekshiriladi. Eng kо‘p tinchlanishda, tinch holatidan 900 burchakka chiqarilgan siferblatli kо‘rsatkich strelkasi muvozanat holatiga ravon (tebranishsiz) kelishi kerak. О‘rtacha holatda strelka tebranishi 3- 5 yarim davr davomida tо‘xtashi kerak.
Tortish kо‘lamining bosqichma- bosqich о‘zgarish mexanizmining ishi, tortish kо‘lamining bosqichma-bosqich о‘zgarishining qayta ulagich dastagini, tortish kо‘lami о‘zgarishining har bir bosqichiga mos holatda uch marta о‘rnatish orqali tekshiriladi.Tortish kо‘lamining bosqichli о‘zgarish mexanizmini qayta ulashda, qayta ulagich dastagi xar bir bosqichga mos aniq, qayd qilingan holatga ega bо‘lishi kerak, bunda tortish kо‘lamiga mos raqamlar paydo bо‘lishi kerak.
Rо‘yxatga oluvchi qurilmaning ishi, aniq turdagi tarozilarga mо‘ljallangan meyoriy-texnik, konstruktorli yoki ekspluatatsion hujjatlarda bayon etilgan talablarga muvofiq tekshiriladi.
Siferblatli tarozilarning ikki tomonlama hisoblash qurilmasining kо‘rsatishi, shkala bо‘linmasining 0,25dan ortig‘iga farqlanmasligi kerak.
Diskretli hisoblash qurilmasini sinab kо‘rishda boshqaruv, axborot, rо‘yxatga olish va indikatsiya, shuningdek ortiqcha yuklanish va yaroqsizligi tо‘g‘risida tovushli va chiroqli signal beruvchi apparatlarni, aniq turdagi tarozilarning meyoriy-texnik hujjatlari talablariga muvofiq tekshiriladi.
Shayinli tarozilar arretirining ishga yaroqliligi, uch karra yoqish va о‘chirishda tekshiriladi. Arretir ishi turtki va zarba bilan bо‘lmasligi kerak.
Proyeksiyali va seferblatli tarozilari kvadrantlarning qulflash qurilmasi va arretir ishi, uch karra arretirni yoqish va о‘chirish, kvadrantni qulflash orqali tekshiriladi. Arretir oraliq mexanizmining dastagini mustahkam qulflashi, qulflash qurilmasi esa–kvadrant kо‘rsatkichini qulflashi kerak. Arretir va qulflash qurilmasi ravon, yeyilishsiz va turtkisiz ishlashi kerak.
Arretirlarning ishga yaroqliligi, u boshqa turdagi tarozilarda mavjudligida, aniq turdagi tarozilarga mо‘ljallangan meyoriy-texnik, konstruktorli yoki ekspluatatsion hujjatlar talablariga muvofiq tekshiriladi.
Shayinli tarozilarning idishga soluvchi moslamasining ishi, idishlanuvchi yuklarni aylantirish va joydan-joyga kо‘chirish orqali tekshiriladi. Idishlanuvchi yuklar qirqimli sterjenining umumiy uzunligi bо‘ylab erkin aylanishi va kо‘chishi kerak. Qayd qilingandan sо‘ng idishlanuvchi yuklar siljimasligi kerak.
Boshqa turdagi tarozilarda idish massasini kompensatsiyalash uchun qurilmaning ishga yaroqliligi GOST 23711-79 va aniq turdagi tarozilarga mо‘ljallangan meyoriy – texnik konstruktorli yoki ekspluatatsion hujjatlar talablariga muvofiq tekshiriladi.
Vagonli tarozilar platformasining qayta ulagich mexanizmining ishi uch karra yoqish va о‘chirish bilan tekshiriladi. Platformaning qayta ulagichi katta platformani yoki ikki platformani о‘chirishi kerak,bunda mexanizm ishida turtki va zarba bо‘lmasligi zarur.
Elevator (bunkerli) tarozilarning kiritish va chiqariish tо‘sma qopqog‘ining ishga yaroqliligini tekshirishda, osma bunkerni tortilishi kerak bо‘lgan material bilan tо‘ldiriladi va 30-40 sek.davomida tarozilar muvozanatining holatini kuzatiladi. Agar muvozanat holati kо‘payish tomoniga о‘zgarsa, kiritish tо‘siq qopqoqlari materialni о‘tkazib yuboradi.Bundan sо‘ng tarozilar bunkeri tortilishi kerak bо‘lgan material bilan tо‘ldiriladi va 30-40 sek.davomida tarozilar muvozanatining holati kuzatiladi. Agar muvozanat holati kamayish tomoniga о‘zgarsa ,chiqarish tо‘siq qopqoqlar materialni о‘tkazib yuboradi.
Kiritish va chiqarish tо‘siq qopqoqlari tortilishi kerak bо‘lgan materialni о‘tkazib yuborilmasliklari kerak.
Kranli tarozilarning kabel yig‘uvchi qurilmasining ishi, ishlab chiqarishdan chiqarishda texnik shartlarga muvofiq maxsus stendda tanlab,biroq tarozilar tо‘plamidan kamida 10% i ta’mirlashdan sо‘ng va foydalanishda – aniq turdagi tarozilarga mо‘ljallangan ekspluatatsion hujjatlarga muvofiq tekshiriladi.
Yaroqsizligi va ortiqcha yuklanganligi tо‘g‘risida xabar beruvchi qurilmalar (mavjud bо‘lsa), boshqarish,о‘lchash,rо‘yxatga olish va indikatsiya apparaturalari, qiymatlar kiritish tizimining ishga yaroqliligini GOST 23711-79 va aniq turdagi tarozilarning meyoriy-texnik, konstruktorli yoki ekspluatatsion hujjatlariga muvofiq tekshiriladi.
Agar poydevor ta’mirlangan bо‘lsa yoki yuk qabul qiluvchi dastaklar almashtirilgan bо‘lsa, birinchi qiyoslashda foydalanish joyida va ta’mirlashdan sо‘ng, poydevor,beton,tayanchlar (TEYUCH ≥ 30 t.bо‘lgan avtomobili kо‘chma tarozilar uchun), tayanch yuzalari va tarozilar mexanizmlari mustahkamlikka vagon tarozilari uchun (lokomotiv bilan) yuklangan vagon bilan, vagonetkalar uchun yuklangan vagonetka (aravacha) bilan sinaladi, о‘yib о‘rnatilgan tarozilar va texnologik operatsiyalar uchun mо‘ljallangan tarozilar, birinchi qiyoslashda foydalanish joyida tarozi platformasiga soatiga 5 km dan kо‘p bо‘lmagan tezlik bilan xar tarafdan 25 marta va ta’mirlashdan chiqarishda 10 marta chiqib tushadigan avtomobili tarozilar yuklangan avtomobil bilan sinaladi.
Poydevorda sinov о‘tkazilgandan sо‘ng,beton tayanch va tayanch yuzasida darz ketgan, uchgan joylar va uning mustahkamligiga ta’sir qiluvchi boshqa nuqsonlar bо‘lmasligi kerak. Tarozilar mexanizmida dastaklar ustunlari, tenzorezistorli datchiklar ustunlarining siljishi, mahkamlovchi detallarning bо‘shashishi va tarozilar yaroqliligini yomonlashtiruvchi boshqa nuqsonlar bо‘lmasligi kerak.



Download 267.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling