1-laboratoriya ishi. Xalqaro “SI” tizimi birligini qo‘llash ishning maqsadi
Download 267.61 Kb.
|
ИЧМТ лаб лотин узб 2023 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Asosiy ma’lumotlar
- 3. Materiallar va о‘lchash vositalari.
- 5. Laboratoriya ishi natijalari
- 6. Qisqacha hisobot Talaba formulalar yordamida berilgan kattaliklarni “SI” birliklar tizimiga о‘tkazish bо‘yicha hisobotlarni keltiradi. 7. Xulosa
- 8. Nazorat savollari
- 2 - LABORATORIYA ISHI TAROZI TOSHLARINI QIYOSLASH Ishning maqsadi
- 2. Qiyoslashga tayyorgarlik
- 3. Qiyoslashni о‘tkazish
1-LABORATORIYA ISHI. XALQARO “SI” TIZIMI BIRLIGINI QO‘LLASH 1. Ishning maqsadi Talabalarning “SI” о‘lchashlar birligi tizimida turli о‘lchash ishlarida amaliy qо‘llash malakasini oshirishdan iborat. 2. Asosiy ma’lumotlar. Muhandis texnik xodimlar о‘z ish faoliyatida turli xil о‘lchash ishlarini bajaradilar. Bunda olingan natijalarni xalqaro “SI” tizimi о‘lchash birligida fizik kattaliklarni tо‘g‘ri ifodalash masalasi muhimdir. “SI” tizimi dunyoning kо‘pgina mamlakatlarida qabul qilingan va uning afzalligi universalligi, moslashuvchanligi va tizimning ochiqligidadir. 3. Materiallar va о‘lchash vositalari. Tarozi, soat, ampermetr, voltmetr, termometr, metr va boshqa о‘lchash vositalari va о‘lchash natijalari bо‘yicha ma’lumotlar. 4. Ishni bajarish tartibi. 4.1 Xalqaro о‘lchashlar birligi tizimi “SI” bilan tanishish. О‘lchov vositalari parametrlari bо‘yicha tasnifini о‘rganish. 4.2 Berilgan kattaliklarning о‘lchov birligi bо‘yicha tahlili. 4.3 Berilgan kattaliklarni xalqaro о‘lchashlar birligi tizimi “SI” ga о‘tkazish. Hisoblash natijalari 1-jadvalda yoziladi. 5. Laboratoriya ishi natijalari 1-jadval.
6. Qisqacha hisobot Talaba formulalar yordamida berilgan kattaliklarni “SI” birliklar tizimiga о‘tkazish bо‘yicha hisobotlarni keltiradi. 7. Xulosa Talaba 1-jadvaldagi natijalarni tahlil qilib, qaysi birliklar bо‘yicha “SI” birliklar tizimiga о‘tkazish yoki о‘tkazmaslikni aniqlaydi. 8. Nazorat savollari Quyidagi kattaliklarning “SI” tizimidagi о‘lchov birliklarini kо‘rsating. Uzunlik Bosim Massa Quvvat Vaqt Xajm Yuza 2 - LABORATORIYA ISHI TAROZI TOSHLARINI QIYOSLASH Ishning maqsadi: Torozini M1 (4 klass) aniqlik klassidagi toshlarni qiyoslash. 1.1. Qiyoslash shartlari. Qiyoslashni о‘tkazishda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: - M1 (4 klass) aniqlik klassidagi toshlarni qiyoslashda tortish xonasidagi havo harorati (20 ±5)oS bо‘lishi kerak; - bir soat davomida xonadagi haroratning о‘zgarishi 2oS dan oshmasligi kerak; - xavo nisbiy namligi 30 dan 80 % gacha; - barcha toshlarni qiyoslashda material zichligi R toshlar = 8,0x103 kg/m3 (materialning shartli zichligi)ga teng deb qabul qilinadi. 2. Qiyoslashga tayyorgarlik 2.1. Qiyoslashni о‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorlov ishlari bajarilishi kerak: M1klassi (4 klass) dagi toshlar kistochka bilan changdan tozalanadi yoki benzinda xо‘llangan salfetka bilan artiladi. Tozalangan M1klassi (4 klass) dagi toshlar tortish xonasida kamida 3-4 soat saqlab turiladi. 3. Qiyoslashni о‘tkazish 3.1. Tashqi kо‘rik Tashqi kо‘rikda toshlarning quyidagi talablarga mosligi aniqlanishi kerak: -qoplam sifati, shakli, markasi, butligi va toshlar tо‘plamining tarkibi GOST 7328-2001 talablariga mos bо‘lishi kerak. Toshlar yuzasida tirqish, uchgan joy, korroziya izi, ezilgan, qirilgan joy va dog‘lar bо‘lmasligi kerak. 3.2. M1 aniqlik (4 klass)dagi toshlar massasi III - razryaddagi namunaviy tarozilarda III - razryaddagi namunaviy toshlar bо‘yicha 1 marta solishtirish usuli bilan aniqlanadi. 3.3. Toshlar massasini teng yelkali tarozilarda toshlar massasini aniqlash quyidagi tarzda (Bord usuli) amalga oshiriladi: Tarozining о‘ng pallasiga tegishli namunaviy tosh qо‘yiladi va u о‘ng pallaga qо‘yiladigan tara bilan tenglashtiriladi, sо‘ng namunaviy tosh о‘ng palladan olinadi va uning о‘rniga qiyoslanayotgan tosh qо‘yiladi. Agar qiyoslanayotgan tosh namunaviydan yengil bо‘lsa, unga massasi bо‘yicha qiyoslanayotgan tosh - joiz toshning nominal massasidan yо‘l qо‘yilgan og‘ishiga teng bо‘lgan tosh qо‘shilishi lozim. Agar qiyoslanayotga tosh namunaviydan og‘irroq bо‘lsa, joiz tosh chap pallaga (tara yoniga) qо‘yiladi. 3.4. M1 aniqlik (4 klass)dagi toshlar massasi aniqlanganda III - razryaddagi namunaviy toshlarga bо‘lgan tuzatmani hisobga olish lozim. M1 aniqlik (4 klass)dagi toshlarning nominal massasidan og‘ishi GOST 7328-2001 da kо‘rsatilgan joiz qiymatlardan oshmasligi kerak. Download 267.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling