1-laboratoriya ishi. Xalqaro “SI” tizimi birligini qo‘llash ishning maqsadi


II .Elektromagnit о‘lchash mexanizmi


Download 267.61 Kb.
bet6/8
Sana26.10.2023
Hajmi267.61 Kb.
#1723901
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ИЧМТ лаб лотин узб 2023 (1)

II .Elektromagnit о‘lchash mexanizmi.
Elektromagnit о‘lchash mexanizmlari yassi (1.2-rasm) va dumaloq (1.3-rasm) g‘altakli qilib tayyorlanadi. Bu g‘altaklar qо‘zg‘almas bо‘lib, ulardan о‘lchanuvchi tok о‘tadi. Bunda hosil bо‘ladigan magnit maydoni qо‘zg‘aluvchan 2 о‘zakka ta’sir etishi oqibatida (1.2-rasm) bu о‘zak g‘altak ichiga tortiladi, natijada о‘q aylanib, kо‘rsatkichni biror burchakka buradi. 1.3-rasmdagi mexanizmda qо‘zg‘almas va qо‘zg‘aluvchan о‘zaklar bir xilda magnitlanadi; natijada qо‘zg‘aluvchan о‘zak qо‘zg‘almas о‘zakdan itarilib, о‘qni aylantiradi.



1.2-rasm 1.3-rasm

Umuman aylantiruvchi moment Ma magnit maydoni energiyasidan qо‘zg‘aluvchan qismni burilish burchagi bо‘yicha olingan hosilaga teng.


. (1.6)
Ferromagnit о‘zakli g‘altak magnit maydonining energiyasi
. (1.7)
bu yerda L-g‘altak induktivligi bо‘lib, о‘zakning holati va g‘altakning о‘lchamlariga bog‘liq: I-g‘altakdan о‘tayotgan doimiy tok.
Qо‘zg‘aluvchan qism muvozanat holatida bо‘lganida
Ma=MT yoki (1.8)
Bundan
(1.9)
(1.9) ifoda elektromagnit о‘lchash mexanizmlarining shkala tenglamasi deb ataladi. Burilish burchagi о‘lchanayotgan tokning kvadratiga tо‘g‘ri proporsional. g‘altakdan о‘zgaruvchan tok о‘tganda ham uchun (1.9) ifodaga ega bо‘lamiz. Bu holda (1.9) ifodadagi I-tokning effektiv qiymatidir. Shu sababli elektromagnit о‘lchash asboblari о‘zgarmas va о‘zgaruvchan tok zanjirida qо‘llanishi mumkin. Ularning shkalasi notekis bо‘lib, kvadratik xarakterga ega va bunday shkalaning boshlang‘ich qismidan foydalanish ancha noqulay.
Elektromagnit о‘lchash mexanizmlari ampermetr, voltmetr sifatida va logometrik prinsipida yasalganida esa fazometr, faradomer va chastotomerlar sifatida ishlatiladi.


III. Elektrodinamik о‘lchash mexanizmi va asboblari
Ikkita bir xil 1 va 1' qо‘zg‘almas g‘altaklardan, qо‘zg‘aluvan 2 g‘altakdan о‘zgarmas I1,I2 trklar о‘tganda har bir о‘ram atrofida magnit maydoni hosil bо‘ladi (1.4-rasm).
I1 va I2 toklar hosil qilgan magnit maydonlarining о‘zaro ta’sirida aylantiruvchi moment Ma hosil bо‘ladi.

1.4-rasm

Tokli qо‘zg‘almas va qо‘zg‘aluvchan g‘altaklarning elektromagnit maydon energiyasi quyidagicha ifodalanadi:




, (1.10)
bu yerda: L1-qо‘zg‘almas g‘altak induktivligi; L2-qо‘zg‘aluvchan g‘altak induktivligi bо‘lib, ular g‘altakning о‘zaro holatiga bog‘liq emas.
M12-о‘zaro induktivlik koeffitsiyenti bо‘lib, uning qiymati qо‘zg‘almas va qо‘zg‘aluvchan g‘altak о‘qlari о‘rtasidagi burchakka bog‘liq. We (1.10) qiymatini (1.6) ifodaga qо‘yib, aylantiruvchi moment ifodasini yozamiz.
(1.11)
Aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi momentlar о‘zaro teng bо‘lganida, asbob qо‘zg‘aluvchan qismi uchun turg‘un burilish holati vujudga keladi.
(1.12)
Bundan
(1.13)
(1.13) ifoda elektrodinamik о‘lchash mexanizmlarining shkala tenglamasi deb ataladi. Toklar о‘zgaruvchan bо‘lsa, quyidagi ifodaga ega bо‘lamiz:
. (1.14)
bu yerda  - I1 va I2 - toklarning о‘rtasidagi faza siljish burchagi.
(1.15)
Bunday asboblarning shkalasi notekis-kvadratik xarakterga ega bо‘ladi.
Elektrodinamik о‘lchash mexanizmlari ampermetr va voltmetrlar sifatida ham ishlatiladi. Ular asosan quvvatni о‘lchash uchun vattmetr sifatida va logometrik prinsipida yasalganida esa, fazometr va chastotomer sifatida ishlatiladi.



Download 267.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling