1-laboratoriya ishi. Xalqaro “SI” tizimi birligini qo‘llash ishning maqsadi


Qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish


Download 267.61 Kb.
bet2/8
Sana26.10.2023
Hajmi267.61 Kb.
#1723901
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ИЧМТ лаб лотин узб 2023 (1)

4. Qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish
4.1. M1 aniqlik (4 klass)dagi toshlar davlat qiyoslovining ijobiy natijalari quyidagicha rasmiylashtiriladi:
- toshlar ishlab chiqarishdan chiqarilganda – qiyoslovchi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqaruvchi korxona pasportiga yozish, shuningdek toshga tamg‘a bosish bilan;
- ta’mirlash va davriy qiyoslashdan sо‘ng M1 aniqlik (4 klass)dagi toshlarga faqat tamg‘a bosilishi bilan;
- talabga javob bermaydigan toshlar chiqarishga va qо‘llanishga yо‘l qо‘yilmaydi: ularga sababi kо‘rsatilgan holda yaroqsizlik haqida bayonnoma beriladi; qiyoslash tamg‘alari о‘chiriladi.


5. Asosiy savollar

  1. О‘lchash vositasi о‘zi nima?

  2. О‘lchash vositalarini qiyoslash deganda nimani tushunasiz?

  3. О‘rtacha kvadratik xatolik deb nimaga aytiladi?

2.1 - LABORATORIYA ISHI


TAROZILARNI QIYOSLASH



  1. Ishning maqsadi:

  1. Statistik tortish uchun mо‘ljallangan tarozilarni kiyoslash.



2. Statistik tortish uchun mо‘ljallangan tarozilarni kiyoslash sharoitlari va unga tayyorgarlik.
1. Qiyoslash sharoitlari havo yog‘ingarchiligi bо‘lmaganda va shamol tezligi sekundiga 5 metr dan ortiq bо‘lmaganda GOST 23676-79 va GOST 23711-79 da belgilanganiga mos bо‘lishi kerak.
2. Elektrmexanikaviy tarozilar, berilgan haroratda 2 soatdan kam bо‘lmagan vaqtda saqlab turilishi kerak, hisoblash qurilmasining qiyoslash boshlanguncha yoishga tushirish vaqti 15 minutdan kam bо‘lmasligi kerak.
Qiyoslashni о‘tkazish
Tashqi kо‘rik
Yig‘ilgan tarozilarni tashqi kо‘rikdan о‘tkazishda quyidagilar aniqlanishi kerak: yerga ulanish mavjudligi, daraja kо‘rsatkichi, idish massasini kompensatsiyalovchi qurilma, GOST 23711-79 ga muvofiq tarozilarni qо‘llash sohasini kengaytirish yoki cheklashni aniqlovchi yozuvlar; qoplamaning sifati, shkala va asosiy belgilarni qо‘yilishi, prizmalarni о‘rnatish va mahkamlash GOST 23711-79 talablariga mosligi; siferblatli tarozilar hisoblash qurilmasi kо‘rsatkichining joylashishi GOST 23711-79 talablariga mosligi; shkala bо‘linmasining son va qiymatlari GOST 23676-79 talablariga mosligi; tortilayotgan yuk qiymatining hisoblash diskretliligi GOST 23711-79 talablariga mosligi; kranli tarozilar pasportida tarozi ilgagi va yuk qabul qiluvchi (tenzorezistorli datchiklarsiz) qurilmaning mustaxkamligiga sinovlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi.
Qismlarga ajratilgan holda yetkazib beriladigan statsionar tarozilarning yig‘ma birligi va detallarni texnik kо‘rikdan о‘tkazishda quyidagilarga mosligi aniqlanishi kerak; asosiy kattaliklar, ishlov berish sifati, shkalalarning qо‘yilishi GOST 23711-79 talablariga; qalaylash choklari, prizmalar qattiqligi, yostiqlar, prizma mahkamlagich yoki ich qо‘ymalarining, asosiy toshlar tishi, asosiy shkalaning polotnosi yoki shayinli kо‘rsatkichning taroqsimon taxtachalari ; prizmalar yuzasi, yostiqlar, prizma mahkamlagich va tarozilar markalanishining yuza silliqligi – GOST 23711-79 talablariga; shkalani qiyoslash bо‘linmalarining son va qiymatlari GOST 23676-79 talablariga; siferblatli kvandrant aylana kо‘rsatkichlar GOST 9483-81 talablariga; elektrmexanik tarozilarning tenzorezistorli kuch о‘lchovchi datchiklari GOST 15077-78 talablariga; shayin toshli, shkalali, siferblatli prujinali aylana va proyeksion kо‘rsatkich, shuningdek diskret hisoblash qurilmasi aniq turdagi tarozilarga mо‘ljallangan meyoriy-texnik hujjat talablariga.
Qismlarga ajratilgan holda yetkazib beriladigan statsionar tarozilarning yuk qabul qiluvchi dastak yelkalarining nisbiyligini tekshirishda, yuk qabul qiluvchi dastaklarning xar biri stendga о‘rnatiladi va prizma stend uchun belgilangan nominal qiymatigacha yuklanadi. Stend kо‘rsatish asbobining kо‘rsatishi bо‘yicha aniqlanadigan uzatish nisbatining qiymatini og‘ishi, aniq turdagi tarozilarga mо‘ljallangan meyoriy-texnik hujjatlarda keltirilganidan oshmasligi kerak.
Yuk qabul qiluvchi dastak yelkasi nisbiyligini tekshirish uchun stendni maxsus shablonlar bilan almashtirishga ruxsat etiladi.
Texnik kо‘rik о‘tkazishda ,avtomobili kо‘chma tarozilarni о‘rnatish uchun maydoncha, 30 t va undan ortiq TEYUChga ega avtomobilli kо‘chma tarozilar uchun beton tayanchlar, poydevor va avtomobilli statsionar, vagonli, vagonetkali, о‘yib о‘rnatiladigan tarozilarning shaxobcha yо‘llari va texnologik operatsiyalarga mо‘ljallangan tarozilar, aniq turdagi tarozilarga mо‘ljallangan foydalanish hujjatlarining talablariga mos bо‘lishi kerak.



Download 267.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling