1-laboratoriya ishi. Xalqaro “SI” tizimi birligini qo‘llash ishning maqsadi


Qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish


Download 267.61 Kb.
bet4/8
Sana26.10.2023
Hajmi267.61 Kb.
#1723901
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ИЧМТ лаб лотин узб 2023 (1)

4. Qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish
Birlamchi va davriy Davlat va idoraviy qiyoslashni ijobiy natijalari quyidagicha rasmiylashtiriladi :
a) tarozilarni ishlab chiqarishdan chiqarishda – ishlab chiqaruvchi pasportida ( foydalanish bо‘yicha qо‘llanma) qiyoslash tamg‘asini bosish orqali qiyoslovchi tomonidan tasdiqlangan yozuv bilan ;
b) davriy idoraviy qiyoslashda – metrologik xizmatlar idorasi tomonidan tuzilgan va О‘zstandart agentligi bilan kelishilgan hujjatda belgi bilan;
v) ta’mirlashdan sо‘ng yig‘ib yetkazib beriladigan tarozilarni ishlab chiqarishdan chiqarishda va foydalanish joyida – tarozilar turiga va ularning konstruktiv xususiyatlari bog‘liq holda quyidagilarga tamg‘a bosish orqali: shayinli kо‘rsatkichli tarozilar uchun– asosiy shkala probkasiga; asosiy toshning mahkamlovchi probkasiga, qо‘shimcha shkala va toshlar probkasiga; uzatuvchi dastakning mahkamlovchi probkasiga; agar ustunlar shayinning og‘irlik markazi holatini о‘zgartirish imkonini beruvchi qurilmaga ega bо‘lsa, shayinli kо‘rsatkichning idishlovchi yukini ushlab turuvchi ustunlarning maxkamlovchi probkalari; siferblat kо‘rsatkichli va diskret hisoblash qurilmasili tarozilar uchun – tarozilar oraliq mexanizmining qurilmali toshlarini maxkamlovchi probkalari; siferblatli kо‘rsatkich va diskretli hisoblash qurilmasining ikki tomonlama plombalari; uzatish dastagining salazkasigi.
Proyeksion kо‘rsatkichli tarozilar uchun – tarozilar oraliq mexanizmining qurilmali toshlarini mahkamlovchi probkalar; proyeksion kо‘rsatkich vintlari; uzatuvchi dastak salazkasi; elektromexanik tarozilar uchun - kuch о‘lchash datchigining plombasi va kо‘rsatish uskunasidagi bо‘linma qiymatining rostlovchisi; olinma pallalar, ochiq mexanizmli toshli tarozilarning asosiy dastagida presslangan yopiq probka; olinma pallalar yopiq mexanizmli toshli tarozilar g‘ilofiga mahkamlangan maxsus moslamaga quyilgan surguch; qо‘l tarozilar uchun - shayinga presslangan probka, shuningdek kо‘chma toshlarni moslashtiruvchi bо‘shliqni berkituvchi probka.
Ushbu standart talablariga javob bermaydigan tarozilar ishlab chiqarish va qо‘llashga qо‘yilmaydi, tamg‘alanmaydi va foydalanishdagi tarozilarning tamg‘a izlari о‘chiriladi.



Download 267.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling