1-laboratoriya mashg’uloti. 1- mavzu : Ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarda tabiiy yorug’likni aniqlash


Download 89.08 Kb.
bet1/3
Sana17.10.2023
Hajmi89.08 Kb.
#1706285
  1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya



1-laboratoriya mashg’uloti.
1- mavzu : Ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarda tabiiy yorug’likni aniqlash.
Ishdan maqsad:Ish joylarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash, hisoblash va me`yorlashtirish tartibi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar : Lyuksmetr Yu-116
Umumiy ma`lumotlar
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. To’g’ri loyihalangan va amalga oshirilgan ishlab chiqarish tsexlaridagi yorug’lik quyidagilarga xizmat qiladi:

  • ko’zni kam toliqtirish, ko’rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;

  • ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy ta`sir ko’rsatish;

- ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.
Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtai nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bo’lgan tabiiy yorug’likni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy yorug’lik tuzilishi bo’yicha uch turli bo’lib, binoning yon tomonidan, yuqorisidan va ikkovining birgalikda qo’llanishi holatida amalga oshiriladi.
Yon tomondan beriladigan yorug’likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib tsexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug’lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi.
Kombinatsiyalangan yoki qurama yorug’lik tsexni ham yon tomonidan, ham yuqoridan birgalikda yoritishdir. Tsexlarni tabiiy yorug’lik bilan yoritishning bu turi ancha ratsional bo’lib, tsex bo’yicha bir tekis yoritilganlik hosil qiladi.
Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi bo’yicha ish yuzlarining lyukslarda belgilangan yoritilganlik yorug’lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir.
Tabiiy yorug’likda, tsexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda o’zgaradi. Bu o’zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, er yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun, tabiiy yorug’likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkin. Tabiiy yoritilganlikni me`yorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bo’lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Ei/, shu vaqtning o’zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka Et/ nisbati bilan foizlarda o’lchanadigan kattalikdir.
(1)
Tabiiy yoritilganlik koeffitsientining ishlab chiqarish xonalari uchun qiymati


1-jadval

Ko’zda bajariladigan ishlarning ta`rifi

Ob`ektni ilg’ab olish mumkin bo’lgan eng kichik o’lchami

Ko’zda bajariladigan ishning razryadi

Tabiiy yorug’likdagi e ning qiymati, %

Yuqori va kombinatsiya

Yon tomondan yoritilganda

Bajariladigan ishlar:













-eng yuqori aniqlikdagi

0,15

I

10,0

3,5

-juda yuqori aniqlikdagi

0,15-0,3

II

7,0

2,5

-yuqori aniqlikdagi

0,3-0,5

III

5,0

2,0

-o’rta aniqlikdagi

0,5-1,0

IV

4,0

1,5

-past aniqlikdagi

1,0-5,0

V

3,0

1,0

-dag’al

5,0 dan katta

VI

2,0

0,5

-issiq tsexlarda o’z-o’zidan nurlanuvchi materiallar bilan ishlash

-

VII

3,0

1,0

-texnologik jarayonni umumiy nazorat qilib turish

-

VIII

1,0

0,3

-vaqti-vaqti bilan uskunalar holatini nazorat qilish

-




0,7

0,2

-mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashmagan omborlarda ishlash

-

IX

0,5

0,1

Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti /t.yo.k/ 1-jadvaldan quyidagi omillar asosida aniqlanadi:
- ko’zda bajariladigan ishning tabiati /ko’rilayotgan predmetning ko’zilg’ay olish kattaligi, masalan yigiruvchi va to’quvchilari shida ipning yo’g’onligi, soatsozda soatning mayda qismlari, o’quvchida sarf o’lchamlari va boshqalar/.
-yorug’lik sistemasi;

  • yorug’likiqlimi koeffitsienti /bu kattalik binoning joylashganmintaqasiga bog’liq/.

  • kungaylik koeffitsienti /bu kattalik binoning qaysi tomonga qarab tushganligiga bog’liq. Bino sharq, tomonga qarab tushgan bo’lsa - kungay tomon deyiladi.

Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti eksperimental o’lchovlar asosida hisoblanadi. Buning uchun lyuksmetr asbobi yordamida xonaning ichki /EI/ va tashqi /ET/ yoritilganligi gorizontal tekislikda o’lchanadi. Tashqaridagi yoritilganlik o’lchanganda lyuksmetr fotoelementiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak.

Download 89.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling