1-laboratoriya mashg‘uloti: Dori moddalarining umumiy farmakopeyaviy tahlil usullari. Dori moddalarni tasvirlanishi va eruvchanligini aniqlash. Dori moddalarini umumiy va xususiy sifat reaktsiyalari


Download 16.65 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi16.65 Kb.
#1779297
Bog'liq
1-лаборат. машгулоти 23-24


1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI:
Dori moddalarining umumiy farmakopeyaviy tahlil usullari. Dori moddalarni tasvirlanishi va eruvchanligini aniqlash. Dori moddalarini umumiy va xususiy sifat reaktsiyalari.

Farmakopeya dori vositalarining sifatli tayyorlanishini, sifat va miqdoriy nazoratni belgilovchi, nomlanishi va saqlash sharoiti ko‘rsatilgan davlat standartlari yigindisidir. Davlat farmakopeyasi farmakopeya maqolalari, umumiy fizikaviy – kimyoviy, kimyoviy va biologic tahlil usullari, qo‘llaniladigan reaktivlar, titrlangan eritmalar, indiкatorlar va dori vositalariga bo‘lgan umumiy talablar va me’yoriy hujjatlar haqidagi ma’lumotlar tuplami bo‘lib, qonuniy makomga ega bo‘lgan hujjatdir.


Dori moddalarning tasvirlanishi deganda unug rangi, hidi, mazasi, hamda kukun kristallarining shaklini visual aniqlash tushiniladi.
Dori moddalarning eruvchanligi deganda ularning Davlat farmakopeyasi talabiga ko‘ra turli erituvchilarda erish hossasi tushuniladi.
Qaysi erituvchida moddaning qay tarzda erishi me’yoriy hujjatda keltiriladi. Odatda moddaning eruvchanligi ma’lum darajada uning tozaligini ham belgilaydi. Lekin eruvchanlik moddaning tozaligi ko‘rsatkichi hisoblansa, farmakopeya maqolasida bu haqda mahsus ko‘rsatiladi.
Farmakopeyada moddaning eruvchanligini belgilash uchun shartli atamalar qabul qilingan bo‘lib, ular jadvalda keltirilgann.

Dori moddalarining eruvchanligi

1 g moddaning erishi uchun kеrak bo’lgan erituvchining hajmi (ml hisobida)

Juda oson eriydi
Oson eriydi
Eriydi
Mo'tadil eriydi
Kam eriydi
Juda kam eriydi
Amalda erimaydi

1 ml gacha
1 ml dan 10 ml gacha
10 ml dan 30 ml gacha
30 ml dan 100 ml gacha
100 ml dan 1000 ml gacha
1000 ml dan 10000 ml gacha
10000 ml dan ko’p

Aniqlash tartibi:


Erituvchining o‘lchab olingan miqdoriga dori moddasining tortib olingan miqdori solinib, 200S haroratda 10 minut davomida chayqatiladi. Bunda modda dastlab maydalab olingan bo’lishi ham mumkin.
Erishi uchun 10 minutdan ko‘p vaqt kerak bo‘ladigan, sekin eriydigan moddalar uchun 300S gacha suv hammomida isitishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda eritmani 20±20S gacha sovitib, 1-2 minut chayqatilib, so‘ng kuzatiladi.
Sekin eriydigan dori moddalar uchun eruvchanlikni aniqlash sharoiti mahsus maqolada ko’rsatiladi. Agar eritmaga nupHing to‘g‘ri tushish holatida oddiy ko‘z bilan qaralganda moddaning erimay qolgan zarrachalari ko‘rinmasa, dori moddasi erigan hisoblanadi.
Eritilganda tiniq bo‘lmagan eritma hosil qiluvchi dori moddalar uchun me’yoriy texnik hujjatda tegishli ko‘rsatma beriladi.


Topshiriqlar va masalalar

  1. Dori moddalarining tashqi ko’rinishini vizual aniqlash.

  2. Dori moddalarining eruvchanligini aniqlash (farmakopeya bo’yica).

  3. Dori vositalar chinligini aniqlashda qo’llaniladigan fizik va kimyoviy usullar to’q’risida tushuncha

  4. Fizikaviy usullarning axamiyati

  5. Noorganik va organik tuzilishdagi dori moddalar chinligini aniqlashning umumiy va xususiy sifat rеaktsiyalari.

  6. DF X bo’yicha “Eruvchanlik” termini deganda nimani tushunasiz?

  7. DF X da keltirilgann shaartli terminlarning nomlarini va erituvchi – modda nisbatini tushuntirib bering.

  8. “Mo’tadil eriydi ” deganda nimani tushunasiz?

Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling