1-Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish (2-soat) Mashg‘ulotning maqsadi


Download 63.5 Kb.
bet3/4
Sana13.09.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1676693
1   2   3   4
Bog'liq
1-laboratoriya biologiya

7) O‘sish va rivojlanish. Organizmlarning o‘sishi yoki uning massa­sining ortishi hujayraning bo‘linishi va uning kattalashishi natija­sida ro‘y beradi. Demak o‘sish bu organizm hajmi va og‘irligining or­tishi hisoblanadi, ya’ni organizmlar bo‘yiga va eniga kengayadi va uzayadi.
Rivojlaniщda esa hujayra va organlar hosil bo‘lishda sifat o‘zgarishlar bo‘ladi. Natijada hayvonlar va o‘simliklarda turli xil hayotiy davrlar bo‘lib o‘tadi.
O‘sish va rivojlanish jarayonlari genetik nazoratda bo‘lib, ular ney­rogumoral usulda tartibga solib turiladi.
8) Organizmning o‘ziga xosligi (spesifikligi). Bu istagan orga­nizmga hos xususiyatdir. Natijada har bir organizm o‘ziga hos shaklda va kattalikda bo‘ladi. Organizm tuzilishining asosida hujayra yotadi. O‘z na­vbatida hujayralar to‘qimalarga birlashgan. To‘qimalar birlashib organ­larni, organlar esa organlar sistemalarini hosil qiladi. Orga­nizm bo‘shliqda tasodifan tarqalmagan, aksincha organizmlar maxsus birlashib populyasiyalarni hosil qiladi, populyasiyalar esa biosenoz­larga birlashgan bo‘ladi. Biosenozlar esa abiotik muhit bilan birga­likda biosferaning asosiy qismi bo‘lgan ekosistemalarni hosil qiladi.
9) Tizim tartibi. Tiriklik uchun faqatgina uni hosil qilgan ki­myo­viy reaksiyalarning murakkabligi emas, balki bu reaksiyalarning mo­leku­lyar darajada ma’lum bir tartibda o‘tishi, yangi tizimning hosil bo‘lishi muhimdir. Tartibsiz harakatdagi molekulalardan ma’lum bir tartibdagi organizm tizimining hosil bo‘lishi tiriklikning eng muhim xususiyatla­ridan biridir.
10) Organizmning birligi (uzluksizligi) va diskretligi (bo‘linganligi).Organizm yagona (uzluksiz) tuzilgan. Biroq, bajaradi­gan vazifasi va tuzilishiga ko‘ra u bo‘lingan (diskret) bo‘lishi ham mum­kin. Masalan, hayot uzluksiz, yagona, chunki u nukleoproteidlardan tuzil­gan, shu bilan birgalikda u bo‘lingan bo‘lib, nuklein kislotalari va oqsillardan tashkil topgan.
Nuklein kislotalari va oqsillar ham o‘z navbatida yagona (uzluksiz) tuzilishga ega. Biroq, ular ham yana bo‘lingan bo‘ladi. Ya’ni, oqsillar nuk­leotid va aminokislotalardan tuzilgan. Yana bir misol: mitoz bo‘linish uzluksiz va o‘z navbatida bo‘lingan bo‘ladi.
Istalgan bir organizm yagona bir sitemani hosil qilsa, u o‘z navba­tida diskret bo‘lib – hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemalariga o‘xshash birliklarga ajralgan bo‘ladi.
Organik dunyo ham yagona sistemani hosil qiladi. Chunki bir orga­nizm ikkinchi bir organizm hayoti bilan uzluksiz bog‘liq. Biroq, u yana bo‘lingan yoki diskret bo‘ladi. Chunki organik dunyo ham ayrim organizm­lar yig‘indisidan tashkil topgan.

Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling