1-Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish (2-soat) Mashg‘ulotning maqsadi
Download 63.5 Kb.
|
1-laboratoriya biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy tushuncha Tirik materiyaning belgilari.
- 1) Oziqlanish.
- 2) Nafas olish.
1-Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish (2-soat) Mashg‘ulotning maqsadi:Talabalarga tirik organizmlarning tiriklik belgilari bilan tanishtirish va ularni o‘simlik va hayvonlardao‘rganib chiqib. Kerakli material va jixozlar: Priprovalnina, skalpel, sanchiq,o‘simlik namunalari, ipak qurti, yomg‘ir chuvalchangi, xasharotlardan namunalarmavzuga oid jadvallar. Topshiriqlar: 1. Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish. 2. Tasirlanish jarayonini kuzatish. Umumiy tushuncha Tirik materiyaning belgilari.Biologiya (yunoncha – bios – hayot, logos – tushuncha, ta’lim so‘zlaridan olingan) – tirik organizmlarni o‘rganuvchi fandir. Tirik tabiatni va unda bo‘layotgan hodisalarni ilmiy qonunlar asosida tushuntirib berish biologiyaning asosiy vazifasidir. Biroq, hozirgacha hayotning kelib chiqishi va uning evolyusiyasi to‘g‘risida to‘la–to‘kis tushunchaga ega emasmiz. Tirik tabiatning kelib chiqishini tushuntiruvchi oqimlar oz emas. Ammo bular orasida ilohiy kuchga va biologik qonuniyatlarga asoslanganlari ko‘p uchraydi. Bu nazariyalar to‘g‘risida keyingi ma’ruzalarimizda to‘xtalamiz. «Biologiya» atamasini fanga birinchi bo‘lib 1797 yilda kiritgan olim nemis anatomi Teodor Ruz (1771-1803) hisoblanadi. Keyinchalik 1800 yilda bu atamani Tartu (Estoniya) universitetining professori K.Burdak ishlatgan. 1802 yilda J.B.Lamark (1744-1829) va L.Treviramuslar (1779-1864) ham biologiya faniga tushuncha berganlar. Shunday qilib, hayot (tiriklik) nimaligi to‘g‘risida aniq fikr aytish qiyin, ayniqsa hayot qachon va qanday qilib paydo bo‘lganligini aytish mumkin emas. Shunday bo‘lsa ham tiriklikning notirik tabiatdan ajratuvchi aniq belgilari mavjuddir. Tirik tabiatni o‘lik tabiatdan ajratuvchi belgilari quyidagilardan iborat: 1) Oziqlanish. Barcha tirik organizmlar ovqatlanishi shart. Tirik organizmlar uchun ovqat dastavval ularning o‘sishi, rivojlanishi va boshqa xil hayotiy jarayonlarida energiya va modda manbai bo‘lib hisoblanadi. Ovqatlanish sohasida hayvonlar o‘simliklardan keskin farq qiladi. Deyarlik hamma o‘simliklar fotosintez jarayonini bajaradi, ya’ni yorug‘lik energiyasidan foydalanib o‘zlari uchun kerak bo‘lgan oziqa moddalarni tayyorlaydilar. Demak, fotosintez bu – avtotrof oziqlanishning bir turidir. Hayvonlar va zamburug‘lar esa boshqa xil, ya’ni boshqa organizmlar tayyorlagan organik moddalar hisobiga oziqlanadilar. Bunday oziqlanish geterotrof oziqlanish deyiladi. Qo‘pchilik bakteriyalar ham geterotroflardir. 2) Nafas olish. Hamma hayotiy jarayonlar uchun energiya sarf bo‘ladi. Shu sababli gterotrof va avtotrof usular bilan qabul qilingan moddalarning asosiy qismi energiya manbai sifatida foydalaniladi. Energiya esa nafas olish jarayonida ba’zi bir yuqori energiya beruvchi birikmalarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu hosil bo‘lgan energiya adenozintrifosfat (ATF) molekulalarida to‘planadi. ATF esa barcha tirik organizmlarda bo‘ladi. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling