1-Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish (2-soat) Mashg‘ulotning maqsadi


) Ichki regulyasiya (tartibga solib turish)


Download 63.5 Kb.
bet4/4
Sana13.09.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1676693
1   2   3   4
Bog'liq
1-laboratoriya biologiya

11) Ichki regulyasiya (tartibga solib turish). Hujayrada bo‘ladigan jarayonlar ma’lum bir tartib asosida bo‘lib turadi. Sintez va parchala­nish reaksiyalari ana shunga misol bo‘la oladi.
Oqsil va fermentlarning sintezi repressiv mexanizmlar yordamida tartibga solib turiladi va u doimo nazoratda bo‘ladi. Aksincha ferment­lar aktivligini tartibga solib turish qayta bog‘lanish prin­sipi asosida o‘tadi.
Hujayra aktivligini tartibga solib turish ko‘pincha kimyoviy reak­siyalarda qatnashuvchi garmonlar tomonidan orib boriladi.
Kimyoviy yoki fizikaviy ta’sirlar natijasida shikastlangan DNK molekulalari bitta yoki bir necha fermentlar yordamida qayta tiklanadi. Demak organizm o‘zini o‘zi boshqarib turadi.
Ishlash tartibi
1. Ipak qurti misolida hayvonlarning geteratrof oziqlanishini, o‘simliklar misolida avtotrof oziqlanishini kuzatish. 
2. Hayvonlarni va o‘simliklarni nafas olish jarayoninikuzatishda ikkita bir xil toza kolbalar olinib bittasi qora qog‘oz yordamida yaxshilab bekitiladi va shu idishlarga bir xil o‘lchamdagi tradiskansiya o‘simliginning novdasi tushirilib yorug‘lik tushib turgan joyga 27-300 haroratda qo‘yiladi. Biroz vaqt o‘tgach (15-20 minut) kolbalarga gugurt cho‘pini yoqib tashlanadi, qora qog‘oz bilan o‘ralgan kolbada olov o‘chib qoladi ikkinchisida esa olov uchmaydi.Bunda birinchi kolbada o‘simlikda nafas olish jarayoni borib SO2gazini ajralib chiqishidan ikkinchi kolbada esa fotosintez jarayoni bo‘lishi natijasida kislorodning hosil bo‘lishidan dalolat beradi . Kolbalardagi natijalar asosida unda hosil bo‘lgan o‘zgarishlarni daftarga yozish.
3.Yomg‘ir chuvalchangiga priproval ninani bir necha marotaba ta’sir ettirib hayvonlardagi ta’sirlanish jarayonini kuzatish.
4. Hasharotlar, baliqlar, qushlar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar misolida hayvonlardagi harakatchanlikni kuzatish.


Muhokama uchun savollar
1. Organizmlarda boradigan nafas olish jarayonini tushuntirib bering.
2. Geteratrof va avtotrof oziqlanishыanday bo‘ladi.
3. Ta’sirlanish jarayoni tug‘risida so‘zlang.
4. Tirik materiyaning belgixususiyatlari tug‘risida fikr yuriting.
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling