1-Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish (2-soat) Mashg‘ulotning maqsadi
Download 63.5 Kb.
|
1-laboratoriya biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4) Harakatchanlik.
- 5) Ajratish.
- 6) Ko‘payish.
3) Ta’sirlanish. Barcha tirik organizmlar tashqi va ichki muhitning o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladi. Bu reaksiya esa organizmlarni yashab qolishini ta’minlaydi. Masalan, haroratning oshishi sut emizuvchi hayvonlar teri qon tomirlarining kengayishiga olib keladi. Bu esa ortiqcha issiqlikni tarqatadi va haroratni yana normallashtiradi. Yoki derazalar oldida o‘stirilgan yashil o‘simliklar yorug‘likka intilishi natijasida faqat bir tomonga (yorug‘likka) qarab o‘sadi. Chunki fotosintez uchun yorug‘lik zarurdir.
4) Harakatchanlik. Hayvonlar ko‘pincha bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurganligi uchun o‘simliklardan farq qiladi. Demak, hayvonlar harakatchan bo‘ladi. Oziqa olish uchun hayvonlar doimo harakat qilishlari shart. O‘simliklar uchun esa harakatchanlik xususiyati shart emas, chunki o‘simliklar to‘rgan joylarida oddiy birikmalardan o‘zlari uchun kerak bo‘lgan oziqa moddalarni tayyorlaydilar. Biroq o‘simliklarning hujayrasi ichida harakatlanishini kuzatish mumkin. Hatto, ba’zi bir o‘simliklar organlarining harakatlarini ham kuzatish mumkin. Ba’zi bir bakteriyalar va bir hujayrali suvo‘tlar orasida ham harakatchan vakillari uchraydi. 5) Ajratish. Organizmdan modda almashinish jarayonida hosil bo‘lgan keraksiz oxirgi chiqindi moddalarni chiqarib tashlash ajratish deyiladi. Xuddi shunday zaharli moddalar nafas olish jarayonida ham hosil bo‘ladi. Ayniqsa, hayvonlar ko‘proq oqsillarni qabul qilishadi. Oqsillar esa organizmda parchalanganda zaharli moddalar hosil bo‘lib, ularni albatta organizmdan chiqarib tashlash kerak. Demak, hayvon organizmidan azot birikmalari ko‘proq chiqarib tashlanadi. Organizmdan yana qo‘rg‘oshin, radioaktiv changlar, alkagol va boshqa xil organizm uchun zaharli moddalarni ham chiqarib turiladi. 6) Ko‘payish. Barcha tirik organizmlarning umri (yashash muddati) chegaralangan. Ammo barcha tirik organizmlar «o‘lmaydilar». Chunki, ular o‘zlaridan keyin avlod qoldiradilar. Avlod qoldirish esa jinsiy va jinsiz ko‘payish natijasida ro‘y beradi. Yadrodagi DNK va RNK molekulalarida irsiy belgilarni nasldan naslga o‘tkazuvchi genlar bo‘ladi. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling