1-Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish (2-soat) Mashg‘ulotning maqsadi
Download 63.5 Kb.
|
1-laboratoriya biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8) Organizmning o‘ziga xosligi (spesifikligi).
- 9) Tizim tartibi.
- 10) Organizmning birligi (uzluksizligi) va diskretligi (bo‘linganligi).
7) O‘sish va rivojlanish. Organizmlarning o‘sishi yoki uning massasining ortishi hujayraning bo‘linishi va uning kattalashishi natijasida ro‘y beradi. Demak o‘sish bu organizm hajmi va og‘irligining ortishi hisoblanadi, ya’ni organizmlar bo‘yiga va eniga kengayadi va uzayadi.
Rivojlaniщda esa hujayra va organlar hosil bo‘lishda sifat o‘zgarishlar bo‘ladi. Natijada hayvonlar va o‘simliklarda turli xil hayotiy davrlar bo‘lib o‘tadi. O‘sish va rivojlanish jarayonlari genetik nazoratda bo‘lib, ular neyrogumoral usulda tartibga solib turiladi. 8) Organizmning o‘ziga xosligi (spesifikligi). Bu istagan organizmga hos xususiyatdir. Natijada har bir organizm o‘ziga hos shaklda va kattalikda bo‘ladi. Organizm tuzilishining asosida hujayra yotadi. O‘z navbatida hujayralar to‘qimalarga birlashgan. To‘qimalar birlashib organlarni, organlar esa organlar sistemalarini hosil qiladi. Organizm bo‘shliqda tasodifan tarqalmagan, aksincha organizmlar maxsus birlashib populyasiyalarni hosil qiladi, populyasiyalar esa biosenozlarga birlashgan bo‘ladi. Biosenozlar esa abiotik muhit bilan birgalikda biosferaning asosiy qismi bo‘lgan ekosistemalarni hosil qiladi. 9) Tizim tartibi. Tiriklik uchun faqatgina uni hosil qilgan kimyoviy reaksiyalarning murakkabligi emas, balki bu reaksiyalarning molekulyar darajada ma’lum bir tartibda o‘tishi, yangi tizimning hosil bo‘lishi muhimdir. Tartibsiz harakatdagi molekulalardan ma’lum bir tartibdagi organizm tizimining hosil bo‘lishi tiriklikning eng muhim xususiyatlaridan biridir. 10) Organizmning birligi (uzluksizligi) va diskretligi (bo‘linganligi).Organizm yagona (uzluksiz) tuzilgan. Biroq, bajaradigan vazifasi va tuzilishiga ko‘ra u bo‘lingan (diskret) bo‘lishi ham mumkin. Masalan, hayot uzluksiz, yagona, chunki u nukleoproteidlardan tuzilgan, shu bilan birgalikda u bo‘lingan bo‘lib, nuklein kislotalari va oqsillardan tashkil topgan. Nuklein kislotalari va oqsillar ham o‘z navbatida yagona (uzluksiz) tuzilishga ega. Biroq, ular ham yana bo‘lingan bo‘ladi. Ya’ni, oqsillar nukleotid va aminokislotalardan tuzilgan. Yana bir misol: mitoz bo‘linish uzluksiz va o‘z navbatida bo‘lingan bo‘ladi. Istalgan bir organizm yagona bir sitemani hosil qilsa, u o‘z navbatida diskret bo‘lib – hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemalariga o‘xshash birliklarga ajralgan bo‘ladi. Organik dunyo ham yagona sistemani hosil qiladi. Chunki bir organizm ikkinchi bir organizm hayoti bilan uzluksiz bog‘liq. Biroq, u yana bo‘lingan yoki diskret bo‘ladi. Chunki organik dunyo ham ayrim organizmlar yig‘indisidan tashkil topgan. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling