1-laboratoriya mashg‘uloti: Maxsus urug‘ko‘chat va ko‘chat yetishtirish uchun mo‘ljallangan issiqxonalar Umumiy tushuncha
-rasm Zamonaviy ximoyalangan issiqxona
Download 302.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-Maxsus urug ko chat va ko chat yetishtirish uchun mo ljallangan issiqxon
1-rasm
Zamonaviy ximoyalangan issiqxona Har bir o‘simlik o‘suv davrining turli bosqichlarida issiqlikka talabi bir xil emas. Urug‘ini unib chiqishi harorat vaqtida vegetativ o‘sishdagi maqbul haroratdan 4-7°S yuqori bo‘lganda yaxshiroq o‘tadi. Nihollar ko‘rinishi bilan murtaklarda zahirasidagi oziq moddalar sarflanib bo‘lgach va o‘simliklar ildizdan va yashil urug‘ barglaridan oziqa olishga o‘tganda, nafas olishni kuchaytiradigan ortiqcha issiqlik, yosh nihollarga oziqa yetishmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois urug‘ unib chiqqandan boshlab, to ikki haqiqiy barg paydo bo‘lguncha (3-7 kun) harorat bulutli kunlarda katta yoshli o‘simliklarga moyil haroratga qaraganda taxminan 7°S ga kamaytirish kerak. Shundan so‘ng o‘simliklarni vegetativ o‘sishi kuchayganda haroratni yuqori bo‘lishiga muhtoj bo‘ladi. Yana ham yuqori harorat o‘simlik gullaganda va hosilga kirganda zarur. O‘zbekistonda bahor va yozning quyoshli kunlarida parnik va issiqxonalarni shamollatish, havo haroratini tegishli maqbul darajagacha kamaytirishni ta’minlayolmaydi. Bu holatlarda, shamollatishdan tashqari ortiqcha qizib ketishni oldini oladigan boshqa usullar qo‘llaniladi. Ularga birinchi navbatda, yuqorida “Yorug‘lik tartiboti” bo‘limida keltirilgan xonalarga ortiqcha quyosh radiatsiyasi kirishini kamaytiradigan usullarni qo‘llash lozim. Shu bilan bir qatorda me’yordan ortiq qizib ketishga qarshi kurashish uchun ortiqcha issiqlikni yo‘qotish uslublari ham qo‘llaniladi. Masalan, issiqxona ichida suvni har tomonga sachratish. Suv parlanganda, issiqlik yutiladi, tuproq va o‘simliklar hamda havo soviydi. Natijada issiqxonadagi havo harorati 5-6°S ga pasayadi. Plyonkali issiqxonalarda o‘simliklarni ortiqcha qizib ketishni kamaytirishni istiqbolli uslublariga, devorlarni namlash va tuman hosil qiladigan sovutgich kameralar uslubini qo‘llash, bunda tashqi havo xonaga suriladi. Me’yordan ortiq isib ketishga qarshi kurashishda konditsionerlarni qo‘llash ham qiziqarli hisoblanadi, ular sovuq vaqtda xonalarni isitadi, issiq kunlarda – uni sovutadi. Havo-gaz tartiboti. O‘simliklar uchun havoning turli komponentlari (tarkiblarini) ahamiyati. Issiqxonada kislorod, karbonat angidrid va suv parlari havoning eng muhim komponentlari hisoblanadi. O‘simlik kislorod bilan nafas oladi, karbonat angidrid esa organik moddani sintez qilish uchun zarur. Havo tarkibidagi suv parlarining miqdori haroratga bog‘liq. Havo qanchalik issiq bo‘lsa, shunchalik suv parlari unda ko‘p bo‘ladi (15°S – 13 g, 35°S – 40 g/m 3 ). Agar havo harorati 15°S dan 40°S gacha ko‘tarilsa va unda 13 g par bo‘lsa, havoning nisbiy namligi 100 dan 33 foizgacha tushadi. Havo tarkibida 13 g par bo‘lib, uni harorati 15°S dan 5°S gacha pasaysa, ortiqcha 6,5g kondensat (shudring) ko‘rinishida tushadi. Sovuqroq vaqtda kondensat (shudring tomchilari) oynalarda, uncha sovuq bo‘lmaganda – barg va mevalarda yig‘iladi. Download 302.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling