1-laboratoriya mashg‘uloti: Maxsus urug‘ko‘chat va ko‘chat yetishtirish uchun mo‘ljallangan issiqxonalar Umumiy tushuncha
Download 302.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-Maxsus urug ko chat va ko chat yetishtirish uchun mo ljallangan issiqxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tartibi.
1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI: Maxsus urug‘ko‘chat va ko‘chat yetishtirish uchun mo‘ljallangan issiqxonalar Umumiy tushuncha. Maxsus urug‘ko‘chat yetishtirish texnologiyasi va ko‘chat yetishtirish uchun mo‘ljallangan issiqxonalar tashkil etishni o‘rganish Issiqxona sabzavot ko‘chatlarini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun yorug‘likni jadalligi va spektr tarkibi, hamda yorug‘ kunning davomiyligi ham ahamiyatga ega. Quyoshdan tushadigan yorug‘lik qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo harorati va CO 2 miqdori shunchalik (tegishli me’yorgacha) yuqori bo‘lishi kerak. O‘simliklarni hayoti uchun FFR (fotosintetik faol radiatsiya) – fotosintezni ta’minlovchi 380 dan to 720 nm to‘lqin uzunligidagi optik nurlanadigan maydon ayniqsa zarurdir. O‘simliklarni tarkibida vitaminlarni ko‘paytiruvchi va sovuqqa chidamliligi, poyasini cho‘zilib ketishini oldini oluvchi uzun to‘lqinli ulьtrabinafsha nurlarini (280 dan to 380 nm) ichiga olgan fiziologik faol radiatsiya va issiqlik keltiruvchi qisqa to‘lqinli infraqizil (720 dan to 800 nm li) nurlar ham ahamiyatli hisoblanadi. Ish tartibi. Ekin o‘stiriladigan inshootlarda yorug‘likni yaxshilash uslublari. Issiqxona yerlarda yoritilganlik ular ichiga kiradigan quyosh radiatsiyaga bog‘liq. Uni inshootlarni ichiga kirishi inshootlarni joylashgan o‘rni, konstruktsiyasi, to‘siqlarni yorug‘lik o‘tkazuvchanligi va boshqa omillarga bog‘liq. Zamonaviy issiqxonalarda bulutli kunlarda yoritilganlik darajasi tashqaridagiga qaraganda 40-50%ni tashkil qiladi. U (shprosslar) bag‘azlarni orasidagi masofalarni tor bo‘lishi, yopishqoq surgichlarni (zamazkalarni) qalin qoplash, ifloslanishi tiniq qoplagichlarni yutishi hisobiga kamayadi. Yorug‘lik o‘tkazuvchan tiniq to‘siq sifatida oyna va polimer materiallardan foydalaniladi. Ko‘pchilik polimer materiallar ko‘rinadigan spektr qismini o‘tkazuvchanligi bo‘yicha oynadan qolishmaydi. Ularni ulьtrabinafsha, infraqizil nurlarni o‘tkazuvchanligi oynaga nisbatan, hatto yuqori. Foydalanish jarayonida polimer plyonkalar eskiradi, chang bilan qoplanadi, ularda nam kondensat (shudring) paydo bo‘ladi. Shu bois ularni yorug‘lik o‘tkazuvchanligi kamayadi. Polietilen plyonkani tiniqliligi ikki oydan so‘ng 78-85% dan 64-67% ga va poliamid plyonkaniki esa 85 dan 80% gacha pasayadi. O‘zbekistonda ko‘chatlarni yetishtirishda qo‘shimcha yorug‘likni tabiiy yorug‘lik yetishmayotgan davrlarda qo‘llash samaralidir. Janubiy mintaqalarda qo‘shimcha yorug‘lik berish kam samarali ekanligi sababli issiqxonalar ular bilan jihozlanmaydi. O‘zbekistonda bahor oxirida quyosh yorug‘ligini juda oshib ketishiga, to‘g‘rirog‘i yuqori uzun to‘lqinli radiatsiya tufayli ekin o‘stiriladigan xonalarni qizib ketishiga to‘g‘ri keladi. Bu qizib ketishni hech qanday shamollatish ham yo‘qataolmaydi, uni birdan-bir yo‘li xonaning ichiga kiradigan radiatsiyani kamaytirishdir. Uni qoplamalarni yig‘ma chodirlar bilan ekranlatish, bordonlar yopish, jalyuzalarni qo‘llash hisobiga erishiladi. Ammo bu FFR ni kirishini sezilarli kamaytiradi. Undan tashqari, bu materiallar nurlarni ayrim qismini o‘ziga yutadi, qiziydi va issiqlikni oynaga beradi. Qizib ketishga qarshi issiqxonalarni sarrovi bo‘ylab joylashgan forsunkalar orqali qoplamalarni 10% li bo‘rning suvli aralashmasi (suspenziyasi) bilan oqlash yo‘li keng qo‘llaniladi. Qoplama yuzini yupqa suv qatlami bilan qoplash ham samaralidir. Issiqxona sarrovida joylashgan teshikli (perfalashtirilgan) yo‘naltiruvchi trubalardan keladigan sovuq suv yupqa qalinlikda (0,1-0,2 mm) qoplama nishabi bo‘ylab oqib, suv filtirli pardani hosil qiladi, bu issiqxona ichiga kiradigan quyosh radiatsiyasini 15-20% ga kamaytiradi. Qoplamalar ustidan yomg‘irlatib suv sochish ham quyosh radiatsiyasini ichkariga kirishini sezilarli kamaytiradi. Issiqlik tartiboti. Issiqxona sabzavot ekinlarini issiqlikka talabi. Harorat o‘simlik hayoti faoliyatidagi jarayonlarga, fotosintez jadalligini o‘zgarishiga va transpiratsiya, mineral moddalarni o‘zlashtirilishiga va boshqa fiziologik jarayonlarga katta ta’sir etadi. Me’yordan juda past yoki yuqori harorat hujayralarda qayta tiklanmaydigan va o‘simlikni nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan o‘zgarishlarga olib keladi. Butun organizm yoki uni ayrim qismlarini nobud qiluvchi harorat chegaralari biologik minimum (past haroratlar) yoki maksimum (yuqori haroratlar) deb yuritiladi. Har bir ekinlarni hayotiy jarayonilarini o‘tishiga ijobiy ta’sir etuvchi va yuqori jadallikda hosilni yig‘ilishiga olib keluvchi haroratlarni maqbul harorat deb ataydilar. Issiqxona yerlarda, harorat tartibotini sozlashni iloji bo‘lganligi haroratni biologik minimum va maksimum chegaralarigacha pasayishi yoki oshib ketishi kamdan-kam hollarda ro‘y beradi. Bu yerda agrotexnik minimum yoki maksimum eng ahamiyatlidir. Bu kattalik harorat chegaralarini belgilaydi. Bu chegaralar atrofida hosilga katta ta’sir ettirmay haroratni 24 soatgacha pasayishiga yoki 6 soatgacha yuqori ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yish mumkin. Agrotexnik minimumdan past yoki agrotexnik maksimumdan yuqori bo‘lgan haroratlar, o‘simliklarni ayrim fiziologik funktsiyalarini buzilishiga olib keladi. Download 302.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling