1-laboratoriya mashg‘uloti: Maxsus urug‘ko‘chat va ko‘chat yetishtirish uchun mo‘ljallangan issiqxonalar Umumiy tushuncha


Download 302.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi302.48 Kb.
#1643774
  1   2
Bog'liq
1-Maxsus urug ko chat va ko chat yetishtirish uchun mo ljallangan issiqxon



1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI:
Maxsus urug‘ko‘chat va ko‘chat yetishtirish uchun mo‘ljallangan 
issiqxonalar 
Umumiy tushuncha. Maxsus urug‘ko‘chat yetishtirish texnologiyasi 
va ko‘chat yetishtirish uchun mo‘ljallangan issiqxonalar tashkil etishni 
o‘rganish
Issiqxona sabzavot ko‘chatlarini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi 
uchun yorug‘likni jadalligi va spektr tarkibi, hamda yorug‘ kunning 
davomiyligi ham ahamiyatga ega. Quyoshdan tushadigan yorug‘lik 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo harorati va CO
2
miqdori shunchalik (tegishli 
me’yorgacha) yuqori bo‘lishi kerak. 
O‘simliklarni hayoti uchun FFR (fotosintetik faol radiatsiya) – 
fotosintezni ta’minlovchi 380 dan to 720 nm to‘lqin uzunligidagi optik 
nurlanadigan 
maydon 
ayniqsa 
zarurdir. 
O‘simliklarni tarkibida 
vitaminlarni ko‘paytiruvchi va sovuqqa chidamliligi, poyasini cho‘zilib 
ketishini oldini oluvchi uzun to‘lqinli ulьtrabinafsha nurlarini (280 dan to 
380 nm) ichiga olgan fiziologik faol radiatsiya va issiqlik keltiruvchi qisqa 
to‘lqinli infraqizil (720 dan to 800 nm li) nurlar ham ahamiyatli 
hisoblanadi. 
Ish tartibi. Ekin o‘stiriladigan inshootlarda yorug‘likni yaxshilash 
uslublari. Issiqxona yerlarda yoritilganlik ular ichiga kiradigan quyosh 
radiatsiyaga bog‘liq. Uni inshootlarni ichiga kirishi inshootlarni 
joylashgan o‘rni, konstruktsiyasi, to‘siqlarni yorug‘lik o‘tkazuvchanligi va 
boshqa omillarga bog‘liq. 
Zamonaviy issiqxonalarda bulutli kunlarda yoritilganlik darajasi 
tashqaridagiga qaraganda 40-50%ni tashkil qiladi. U (shprosslar) 
bag‘azlarni orasidagi masofalarni tor bo‘lishi, yopishqoq surgichlarni 
(zamazkalarni) qalin qoplash, ifloslanishi tiniq qoplagichlarni yutishi 
hisobiga kamayadi. 
Yorug‘lik o‘tkazuvchan tiniq to‘siq sifatida oyna va polimer 
materiallardan foydalaniladi. Ko‘pchilik polimer materiallar ko‘rinadigan 
spektr qismini o‘tkazuvchanligi bo‘yicha oynadan qolishmaydi. Ularni 
ulьtrabinafsha, infraqizil nurlarni o‘tkazuvchanligi oynaga nisbatan, hatto 
yuqori. Foydalanish jarayonida polimer plyonkalar eskiradi, chang bilan 
qoplanadi, ularda nam kondensat (shudring) paydo bo‘ladi. Shu bois 
ularni yorug‘lik o‘tkazuvchanligi kamayadi. Polietilen plyonkani 
tiniqliligi ikki oydan so‘ng 78-85% dan 64-67% ga va poliamid 
plyonkaniki esa 85 dan 80% gacha pasayadi. 


O‘zbekistonda ko‘chatlarni yetishtirishda qo‘shimcha yorug‘likni 
tabiiy yorug‘lik yetishmayotgan davrlarda qo‘llash samaralidir. Janubiy 
mintaqalarda qo‘shimcha yorug‘lik berish kam samarali ekanligi sababli 
issiqxonalar ular bilan jihozlanmaydi. 
O‘zbekistonda bahor oxirida quyosh yorug‘ligini juda oshib ketishiga, 
to‘g‘rirog‘i yuqori uzun to‘lqinli radiatsiya tufayli ekin o‘stiriladigan 
xonalarni qizib ketishiga to‘g‘ri keladi. Bu qizib ketishni hech qanday 
shamollatish ham yo‘qataolmaydi, uni birdan-bir yo‘li xonaning ichiga 
kiradigan radiatsiyani kamaytirishdir. Uni qoplamalarni yig‘ma chodirlar 
bilan ekranlatish, bordonlar yopish, jalyuzalarni qo‘llash hisobiga 
erishiladi. Ammo bu FFR ni kirishini sezilarli kamaytiradi. 
Undan tashqari, bu materiallar nurlarni ayrim qismini o‘ziga yutadi, 
qiziydi va issiqlikni oynaga beradi. Qizib ketishga qarshi issiqxonalarni 
sarrovi bo‘ylab joylashgan forsunkalar orqali qoplamalarni 10% li 
bo‘rning suvli aralashmasi (suspenziyasi) bilan oqlash yo‘li keng 
qo‘llaniladi. Qoplama yuzini yupqa suv qatlami bilan qoplash ham 
samaralidir. Issiqxona sarrovida joylashgan teshikli (perfalashtirilgan) 
yo‘naltiruvchi trubalardan keladigan sovuq suv yupqa qalinlikda (0,1-0,2 
mm) qoplama nishabi bo‘ylab oqib, suv filtirli pardani hosil qiladi, bu 
issiqxona ichiga kiradigan quyosh radiatsiyasini 15-20% ga kamaytiradi. 
Qoplamalar ustidan yomg‘irlatib suv sochish ham quyosh radiatsiyasini 
ichkariga kirishini sezilarli kamaytiradi. 
Issiqlik tartiboti. Issiqxona sabzavot ekinlarini issiqlikka talabi. 
Harorat o‘simlik hayoti faoliyatidagi jarayonlarga, fotosintez jadalligini 
o‘zgarishiga va transpiratsiya, mineral moddalarni o‘zlashtirilishiga va 
boshqa fiziologik jarayonlarga katta ta’sir etadi. 
Me’yordan juda past yoki yuqori harorat hujayralarda qayta 
tiklanmaydigan va o‘simlikni nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan 
o‘zgarishlarga olib keladi. 
Butun organizm yoki uni ayrim qismlarini nobud qiluvchi harorat 
chegaralari biologik minimum (past haroratlar) yoki maksimum (yuqori 
haroratlar) deb yuritiladi. 
Har bir ekinlarni hayotiy jarayonilarini o‘tishiga ijobiy ta’sir etuvchi 
va yuqori jadallikda hosilni yig‘ilishiga olib keluvchi haroratlarni maqbul 
harorat deb ataydilar. 
Issiqxona yerlarda, harorat tartibotini sozlashni iloji bo‘lganligi 
haroratni biologik minimum va maksimum chegaralarigacha pasayishi 
yoki oshib ketishi kamdan-kam hollarda ro‘y beradi. Bu yerda agrotexnik 


minimum yoki maksimum eng ahamiyatlidir. Bu kattalik harorat 
chegaralarini belgilaydi. Bu chegaralar atrofida hosilga katta ta’sir 
ettirmay haroratni 24 soatgacha pasayishiga yoki 6 soatgacha 
yuqori ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yish mumkin. Agrotexnik minimumdan past 
yoki agrotexnik maksimumdan yuqori bo‘lgan haroratlar, o‘simliklarni 
ayrim fiziologik funktsiyalarini buzilishiga olib keladi. 

Download 302.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling