1-laboratoriya mashg’uloti texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil ishlash ko‘nikmalariga EGA bo‘lishni o‘rganish. Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar


Ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#194129
1   2   3   4
Bog'liq
1-Laboratoriya mashguloti 780b397972a4b093d7836fc4e7eb1d15

2. Ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. 

 



1. 

Kislota ta’sirida kuygan joy avvalo mo’l suv bilan, so’ngra suyultirilgan 

natriy bikarbonat eritmasi bilan yuviladi. 

2. 


Ishqorlar ta’sirida zararlangan joyni avval qayta-qayta suv bilan, so’ngra 

esa sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan eritmasi (3%) bilan yuvish lozim. 

3. 

Yong’in  natijasida  yoki  issiqlik  ta’sirida  kuygan  joyni  kaliy 



permanganatning  suyultirilgan  eritmasi  bilan  yuvish  yoki  streptotsid  emul’siyasi 

surtish lozim. 

4. 

Teri  bromdan  kuyganda,  terining  shu  joyini  ko’p  miqdordagi  spirt  bilan, 



yoki natriy tiosulfatning 15—20% li eritmasi bilan hamda mo’l suv bilan yuvish lozim, 

so’ngra dori surtish kerak. 

5. 

Teri o’yuvchi organik birikmalar bilan zararlanganda uni ko’p miqdordagi 



benzol va spirt bilan yuvish kerak,  chunki organik erituvchilar o’yuvchi va  zaharli 

moddalarning yuvilishini tezlashtiradi. 

6. 

Kislota  bug’lari,  xlor,  brom  yoki  shunga  o’xshashlar  bilan 



zaharlanganda tezda toza havoga chiqish lozim. 

7. 


Aldegidlar bilan zaharlanganda ammiakning 0,2% li eritmasidan bir stakan 

ichib, bir necha minutdan so’ng bir stakan sut ichish kerak. 

8. 

Ammiak  eritmasi  bilan  zaharlanganda  sirka  kislotaning  juda  kuchsiz 



eritmasidan yoki limon sokidan ichish kerak. So’ngra o’simlik yog’i, sut yoki tuxum 

oqsilidan berish kerak. 

9. 

Simob birikmalari bilan zaharlanganda tezda uchta pishmagan tuxumni 1 litr 



sutga  aralashtirib  berish  kerak.  Sungra  1  g  natriy  gipofosfat,  5  ml  3%  li  vodorod 

peroksid va 10 ml suv aralashmasidan beriladi. Bu ko’rsatilgan miqdor oshqozonga 

tushgan 0,1 g simob xloridi uchun berilgan. 

10. 


Kislota yoki ishqor ko’zga sachrasa, ko’zni avvalo  ko’p suv bilan, 

keyin  sodaning  3%  li  eritmasi  bilan  va  oxirida  bor  kislotaning  to’yingan 

eritmasi bilan yuviladi. 

11. 


Mineral  kislotalar  bilan  zaharlansa  og’zni  suv  bilan  chayish  va  non 

sodaning 5% li eritmasidan berish kerak. So’ngra sut yoki ohakli suv va o’simlik 

yog’idan ichirish kerak. 

12. 


Reaktivlar  bilan  kishi  organizmi  og’iz  orqali  zaharlansa,  ko’p  suv 

ichish lozim. Metallarning tuzlari bilan zaharlanganda sutli mahsulotlar ichish 

yoki  tuxum  yutish  kerak.  Yod  ta’siridan  zaharlanganda  choy,  kofe  yoki  soda 

eritmasi,  ishqor  bilan  zaharlanganda  sirka  yoki  limon  kislotaning  2%  li  

eritmasidan  bir  stakan,  kislotadan  zaharlanganda  2%  li  soda  eritma sidan  bir 

stakan ichish kerak. 

13. 

Fenol  ta’siridan  kuygan  joy  glitserin  shimdirilgan  paxta  bilan  teri 



rangi normal holatga kelguncha artiladi. Agar fenol organizmga tushsa ohakli suv 

yoki kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasidan (1:1000) berish kerak. 




14. 

Laboratoriyada  birinchi  tibbiy  yordami  berish  uchun  kerakli  barcha 

dorilar va buyumlar: bint, plastir, spirt, kaliy permanganat, gigroskopik paxta, 

novshadil spirt, glitserin, yod eritmasi va boshqalar bo’lishi lozim. 

15. 

Vakuum  nasos,  aralashtirgich,  sentrifuga  va  boshqa  shunga  o’xshash 



asboblar bilan ishlashda himoya maska yoki ko’zoynak taqish kerak. Bunday 

asboblarga qarab turishni boshqalarga topshirish yoki ularni qarovsiz qoldirish 

mumkin emas. 

16. 


Kuyish,  jarohatlanish,  zaharlanishning  hamma  holatlarida  birinchi 

tibbiy  yordam  berilgandan  so’ng  tezda  yaqin  o’rtadagi  tibbiy  muassasaga 

murojaat qilish lozim. 

 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling