1-laboratoriya mashg’uloti texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil ishlash ko‘nikmalariga EGA bo‘lishni o‘rganish. Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#194129
1   2   3   4
Bog'liq
1-Laboratoriya mashguloti 780b397972a4b093d7836fc4e7eb1d15

organik sintezda va analitik 

tajribalarda ishlatiladi

 

 



 

7-rasm. Bunzen kolbasi vakuum 

yordamida suyuqliklarni surib, kristall 

moddalarni tozalash uchun ishlatiladi

 

8-rasm. Konussimon kolbalar 



suyuqliklarning hajmini o’lchash va 

saqlash uchun kolbalar

 

Aks  holda  asbob  qizdirilganda  sig’im  kengayib  atmosfera  bilan  aloqa 



bo’lmasligidan portlash yuz berishi mumkin. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarni 

nam havodan saqlash uchun asbobning atmosfera bilan birlashgan joyiga maxsus 

kalsiy xloridli nay ulash mumkin. 

Kimyoviy  voronkalar  suyuqliklarni filtrlashda,  bir idishdan  ikkinchi idishga 

quyishda suyuqliklarni reaksion aralashmaga oz-ozdan quyish yoki tomizish uchun 

turli tomizgich voronkalari shlatiladi. Ulardan, shuningdek o’zaro aralashmaydigan 

suyuqliklarni  bir-biridan  ajratish,  moddalarni  ekstraksiya  qilish  kabi  jarayonlarda 

ham foydalaniladi (9-rasm). 




 

 

 



9-rasm. Tomizgich, ajratuvchiva filtrlovchi voronkalar 

Oddiy va kalibrovka qilingan probirkalar (10-rasm) oz miqdordagi reaktivlar 

bilan  ishlashda  qo’llaniladi.  Reaktivning  egallagan  hajmi  probirka  hajmining 

yarmidan ortmasligi kerak. 

 

10-rasm. Probirkalar 

Laboratoriya stakanlari (11-rasm) turli olchamlarda chiqariladi (burunli yoki 

burunsiz, oddiy yoki o’lchamli belgilari bilan). Stakanlar turli laboratoriya ishlarini 

bajarishga mo’ljallangan. 

 

 

11-rasm. Stakanlar



 


Suyuq 

moddalarning 

zichligi, 

asosan 


areometrlarda 

o’lchanadi. 

Areometrlar (12-13 rasmlar) turli xil bo’ladi. Ular hamma suyuqliklar uchun 

birday (universal) yoki alohida bir suyuqlik uchun (masalan, spirtometr) bo’lishi 

mumkin. Suyuqlikning nisbiy zichligi qancha kam bo’lsa, areometr shuncha ko’p 

cho’kadi.  Shuning  uchun  uning  ko’rsatkichli  chiziqlari  qiymati  pastga  qarab 

ko’payib boradi. 

Nisbiy  zichligi  o’lchanayotgan  suyuqlik  hajmi  yarim  litrdan  kam 

bo’lmagan  silindrga  soling  (14-15  rasmlar).  Areometr  suyuqlikning  o’rtasida 

bo’lishi  va  hech  qachon  silindr  tubiga  tegmasligi  kerak.  Suyuqlikning  sathi 

to’g’ri kelgan areometr chizig’i qiymati shu suyuqlikning nisbiy zichligidir. 

 

 



12-rasm. Areometrlar

 

13-rasm. Butirometr sutdagi 

yog’ning miqdorini aniqlash uchun 

mo’ljallangan

 

 

 



 

14-rasm. 

Areometrlar uchun 

silindrlar

 

15-rasm. O’lchash uchun silindrlar

 


Organik  reaksiyalar  asosan  aralashmani  qizidirish  orqali,  ya’ni  ko’pincha 

moddalarni 

qaynash 

temperaturasida 

amalga 

oshiriladi. 

Aralashmadagi 

komponentlar bug’lanib ketmasligi uchun reaksion aralashma solingan idish og’ziga 

qaytarma sovitgich ulanadi. Unda bu sovib kondenslanadi va reaksion aralashmaga 

qaytib tushadi. (16–rasm).  

 

 

16-rasm. Sharsimon qaytar va Libix sovutgichi har xil moddalarni 



kondensatsiyalash va sovitish uchun mo’ljallangan 

Bunday  sovitgichlar  qaynash  temperaturasi  150

o

C  dan  yuqori  bo’lgan 



birikmalar bug’ini suyuqlikka aylantirish uchun ishlatiladi. Qaynash temperaturasi 

150


o

C  dan  past  bo’lgan  moddalarning  bug’larni suyuqlikka  aylantirish  uchun  suv 

bilan sovitingga turli hil shakldagi qaytarma sovitgichlardan foydalaniladi. Bularga 

Libix  sovitgichi,  sharikli  sovitgich,  ichki  sovitgich  nayi  spiralsimon,  sovitgichi 

to’g’riyu, o’zi esa spiralsimon va sanab o’tilgan sovitgichlarning tuzilishini o’zida 

mujassamlashtiruvchi yanada samarali sovitgichlar kiradi. Qaytar sovitgichdagi suv 

oqimi  sovitgichning  ulanadigan  qismidan  yuqoriga  qaratilgan,  ya’ni  kondensatga 

qarshi bo’lishi kerak. 

To’g’ri  sovitgichlar  aralashmalarni  bir  –  biridan  ajratish,  erituvchilarni 

haydash, moddalarni haydash bilan tozalash kabi maqsadlarda qo’llaniladi. Bunda 

sovitgichda  haydalayotgan  modda  nishabi  pastga  tushadigan  qilib  ulanishi  kerak. 

Eng ko’p ishlatiladigan to’g’ri sovitgich Libix sovitgichidir. 

Sovitgichlar  bilan  yasaladigan  laboratoriya kurilmalarini  yig’ishda  ulardagi 

temir  qisqichlarda  esatik  qistirmalar  bo’lishi  lozim.  Qurilmalarni  shtativlarga 

o’rnatishda juda ehtiyot bo’lish shart. Aralashtirgichlar, deflegmatorlar va boshqa 

shisha asboblar qat’iy vertikal holatda o’rnatilishi kerak. 




 

17-rasm. Deflegmatorlar: a) Zoldirli, b) Archasimon, c) Nasadkali 

Qaynash  temperaturasi  bir-biridan  farq  qiladigan  suyuqliklarni  haydashda, 

ularni  to’la  ajratish  uchun  deflegmatorlardan  foydalaniladi  (17–rasm). 

Deflegmatorlardan  foydalanish  suyuqliqlarni  qayta-qayta  haydab  tozalashni 

kamaytiradi.  Deflegmatorlarning  xizmati  bir  bo’lsa  ham  ular,  bir-biridan  ichidagi 

nay  shakli  va  sirtqi  yuzasining  har  xil  usullar  bilan  kengaytirilganligi  bilan  farq 

qiladi. 

Eritmalarni titrlaganda ularning miqdorini aniq o’lchash uchun har xil turdagi 

pipetkalar foydalaniladi (18-rasm). 

 

 



18-rasm. Har xil formadagi pipetkalar

 

19-rasm.Tutashtiruvchi kranlar 

laboratoriya priborlari va apparatlari 

uchun foydalaniladi. 


 

 

20-rasm. Eksikatorlar-



moddalarni vakuum sharoitida 

xona haroratida quritish va 

saqlash uchun mo’lljallangan 

21-rasm. Spirtovka – laboratoriyada 

qattiq va suyuq moddalarni qizdirish uchun 

mo’ljallangan 

 

 



22-rasm. Shishadan va farfor (chinni) dan yasalgan kosachalar – 

moddalarni maydalash uchun mo’ljallangan 

 

 



23-rasm. Termometrlar va termometrlar uchun shtativ

 

Kimyoviy laboratoriyada har xil tajribalarni bajarishda tutashtiruvchi shisha 



jumraklar, 

eksikatorlar,  spirtovkalar, 

shishadan  va  farfordan  yasalgan  kosachalar, 

termometrlar 



foydalaniladi (19-23 rasmlar). 

 

Document Outline

  • 1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
  • Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar
  • 2. Ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
  • 3. Organik kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar va ular bilan ishlash qoidalari

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling