1-Laboratoriya Mavzu: xalqaro “SI” tizimi birligini qo’llash
Download 35.59 Kb.
|
1-L
1-LaboratoriyaMavzu: XALQARO “SI” TIZIMI BIRLIGINI QO’LLASHIshdan maqsad: Kattalik birliklarini qo‘llash tartibi. Xalqaro birliklar tizimi (SI). O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro birliklar tizimi (SI) da belgilangan fizik kattaliklarning birliklarini qo‘llanish belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Fizik kattaliklarning nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llanish qoidalari O‘zstandart Agentligining taqdimi bilan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro birliklar tizimiga kirmagan birliklarni qo‘llanishga ruxsat berishi mumkin. Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda shartnoma shartlariga muvofiq fizik kattaliklarining boshqacha birliklaridan ham foydalanish mumkin. O’z DSt 8.012:2005 davlat standartida O‘zbekistonda qo‘llaniladigan kattaliklarning birliklari (keyinchalik - birliklar), shu jumladan fizik kattaliklarning birliklari o‘rnatilgan: xalqaro belgilanishlarga mos birliklarning nomlari, belgilari, ta’riflari va bu birliklarni qo‘llanish qoidalari keltirilgan. Xalqaro birliklar tizimining birliklari, shuningdek bu birliklarning o‘nlik karralari va ulushlari majburiy qo‘llaniladi. YUqorida nomi keltirilgan birliklar bilan bir qatorda SI ga kirmagan ba’zi birliklarni, ularning SI bilan qo‘shilmalarini, shuningdek amalda keng qo‘llaniladigan birliklarning o‘nlik karralari va ulushlarini qo‘llanish ham ruxsat etiladi. SI ga kirmagan birliklarni ham shu qatorda, shuningdek amalda keng tarqalgan bu birliklarning karrali va ulushli qiymatlarini qo‘llanish vaqtinchalik ruxsat etiladi. Xalqaro birliklar tizimi (xalqaro qisqartirilgan nomi - SI) – 1960 yilda O‘lchovlar va tarozilar bo‘yicha XI Bosh konferensiya (O‘TBK) qabul qilgan va tasdiqlagan va keyingi O‘TBK da ravshanlantirilgan birliklarning kogerent tizimidir. Me’yoriy hujjatlarda va yangitdan yaratiladigan va qayta ko‘rib chiqiladigan boshqa barcha hujjatlarda, ilmiy-texnikaviy va boshqa nashrlarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, o‘quv, o‘quv-metodik va ma’lumotnomalarda kattaliklarning qiymatlari SI birliklarida, bu birliklarning o‘nli karrali va ulushlarida va (yoki) birliklarida ifodalanadi va birliklarning standartda belgilangan nomlaridan foydalaniladi. Davlat tilida chop etilgan ilmiy-texnikaviy matnlarda ushbu standartda o‘rnatilgan yoki GOST 8.417-2002 da o‘rnatilgan birliklarning belgilarini qo‘llanish ruxsat etiladi. GOST 8.417-2002 da o‘rnatilgan birliklarining belgilari va xalqaro birliklarining belgilarini birvaqtda bir nashrning o‘zida qo‘llanish ruxsat etilmaydi. Kattaliklarning birliklariga oid nashr bundan mustasno. O‘lchash vositalariga yangitdan qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlarda ularni faqat SI birliklarida, bu birliklarning o‘nli karralari va ulushlarida yoki birliklarida darajalash ko‘zda tutiladi. O‘lchash vositalarini tekshirish metodikalariga yangidan ishlab chiqiladigan yoki qayta ko‘rib chiqiladigan me’yoriy hujjatlar birliklarida darajalangan o‘lchash vositalarini qiyoslashni nazarda tutishi lozim. Barcha o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonida ularning kimga qarashliligi va mulkdorlik shaklidan qat’iy nazar, kattaliklar birliklarining nomi va belgisidan foydalanadi. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida shartnoma – huquqiy munosabatlarda, shuningdek chet elga eksport mahsulot bilan birga jo‘natiladigan turli texnik va boshqa hujjatlarda (shu jumladan, transportva iste’mol idishlarida) birliklar qo‘llaniladi. Eksportga etkazib beriladigan mahsulotning, shu jumladan vositalarining tavsilotlarini va parametrlarini buyurtmachi tomonidan o‘rnatilgan kattaliklar birliklarida ifodalash ruxsat etiladi. Mustaqil Davlatlar Hamkorligi (MDH) a’zo-davlatlari bilan hamkorlik doirasida shartnoma – huquqiy munosabatlarda, shuningdek bu davlatlarga etkazib beriladigan mahsulotga qo‘shib jo‘natiladigan texnik va boshqa hujjatlarda, shu jumladan, transport va iste’mol idishlarida GOST 8.417-2002 o‘rnatgan birliklarning ruscha nomi va belgisini qo‘llanish ruxsat etiladi. Bunda o‘lchash vositalariga hujjatlarda qanday belgilardan foydalanilganligiga qaramay bu o‘lchash vositalarining jadvalchalarida, shkalalarida va taxtachalarida O’z DSt 8.012:2005 da o‘rnatilgan birliklarning belgilari qo‘llaniladi. Xalqaro birliklar tizimi asosiy va hosila birliklaridan tuzilgan. SI birliklari 1-jadvalda ko‘rsatilgan. Download 35.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling