1-Laboratoriya Mavzu: xalqaro “SI” tizimi birligini qo’llash


Download 35.59 Kb.
bet3/3
Sana01.11.2023
Hajmi35.59 Kb.
#1737736
1   2   3
Bog'liq
1-L

2-jadval. SI ning hosila birliklari. Bularning nomi va belgisi SI asosiy birliklarning nomi va belgisidan foydalanib yasalgan.

Kattalik



Birlik

Nomi

O‘lchami

Nomi

Belgisi

Maydon

L2

Metr kvadrat

m2

Hajm, sig‘im

L3

Metr kub

m3

Tezlik

LT-1

Sekundiga metr

m/s

Tezlanish

LT-2

Kvadrat sekundga metr

m/s2

Zichlik

L-3M

Kub metrga kilogramm

kg/m3

To‘lqin son

L-1

Minus bir darajali metr

m-1

Solishtirma hajm

L3M-1

Kilogrammga kub metr

m3/kg

Elektr tokining zichligi

L-2I

Metr kvadratga amper

A/m2

Magnit maydon kuchlanganligi

L-1I

Metrga amper

A/m

Komponentning molyar konsentratsiyasi

L-3N

Metr kubga mol

mol/m3

Ravshanlik

L-2J

Metr kvadratga kandela

cd/m2

Metrologik faoliyat sohasida qo‘llaniladigan atamalar va ta’riflar, shuningdek O‘z O‘DT ning asos bo‘luvchi hujjatlari O’z DSt 8.010:2002, O’z DSt 8.010.2:2003, O’z DSt 8.010.3:2004, O’z DSt 8.010.4:2002 da ham o‘rnatilgan.


O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi
O‘lchashlar birliligini ta’minlash har qanday mamlakat uchun muhim davlat vazifasi hisoblanadi. Mamlakatning barcha tadbirkor sub’ektlari ularning qanday mahkamaga qarashligi va mulkdorlik shaklidan qat’iy nazar, o‘lchashlar birliligiga rioya qilishi lozim.
O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining faoliyati natijasida ta’minlanadi.
O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT) – bu O‘zbekiston Respublikasining xalq-xo‘jalik kompleksining samarali iqtisodiy rivojlanishi talablaridan kelib chiqqan, o‘lchashlar birliligiga erishish va uni asrash ilmiy-asoslangan, texnik maqbul va iqtisodiy maqsadga muvofiq me’yorlar, qoidalar va protseduralar tizimidir.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining asosiy nizomlari O‘z RST 8.001-1998 “O‘z O‘DT. O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi. Asosiy nizomlar” da bayon etilgan.
O‘z O‘BTT ning asosiy maqsadlari me’yoriy-huquqiy hujjatlarda quyidagicha belgilangan:
– o‘rnatilgan qonun-tartiblarni, yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish;
– o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish va ijara masalalari bo‘yicha boshqarish davlat idoralari bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
– O‘zbekiston xalq xo‘jaligi kompleksining barcha sohalarida o‘lchashlarning birliligi va talab etilgan aniqligiga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratish;
– O‘z O‘DT qoidalari, me’yorlari va protseduralarini xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar o‘xshash tizimlarining tavsiyanomalari bilan uyg‘unlashtirib, xalqaro hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
– metrologik faoliyat doirasidagi ishlarni xalqaro va hududiy darajalarda o‘zaro hamkorlik qilish va tan olishni ta’minlash;
– tadbirkorlik sub’ektlari darajasida O‘z O‘BTT talablarini boshqa tizimlarning talablari bilan uyg‘unlashtirish.
Maqsadlardan kelib chiqqan holda, O‘z O‘BTT uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
– milliy qoidalarni xalqaro qoidalar bilan uyg‘unlashtirish asosida davlatlararo munosabatlarning rivojlanishiga ko‘maklashish;
– O‘z O‘BTT ni xalq xo‘jaligining ajralmas qismi sifatida rivojlanishini bashorat qilish;
– o‘lchashlarning birliligini, talab etilgan aniqliligini, ishonchliligini ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning ilmiy va texnik imkoniyatlarini rivojlantirishda qatnashish, shuningdek o‘lchashlar metodlarini, o‘lchash vositalarini mukammallashtirish va ularning aniqligi, ish unumi va puxtaligini oshirishga ko‘maklashish.
O‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning ilmiy asosi metrologiya – o‘lchashlar to‘g‘risidagi fandan iborat. Bu fan uchta asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi:
– metrologiya bo‘yicha milliy idora bajaradigan faoliyatga oid va birliklar, o‘chash metodlari, vositalari va o‘lchash labaratoriyalariga oid davlat talablarini qamragan qonuniy metrologiya;
– amaliy metrologiya. Buning vazifasiga nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonuniy metrologiya nizomlarini amalda qo‘llanish masalalari kiradi.
Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling