1-Laboratoriya Texnik spirtning konsentratsiyasini va tarkibini aniqlash usullari


Sinovi - sulfat kislotasi bilan sinash


Download 79.14 Kb.
bet3/5
Sana26.09.2023
Hajmi79.14 Kb.
#1688101
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-

1.1-rasm. Spirtomer


Sinovi - sulfat kislotasi bilan sinash.


Aniqlash usuli quyidagicha: sinaluvchi spirtni 10 ml.ni 70 ml li og`zi tor kolbaga quyiladi va zudlik bilan 3-4 bo`lakka bo`lib, 10 ml kons.sulfat kislota quyiladi va kolbani chayqatib turiladi. Qizdirish davomida kolba olov ustida doimo aylantirib turiladi, chunki yaxshi aralashishi va kolba bir tekis qizitilishi lozim. Bunda alanga qizdirilayotgan suyuqlikdan baland ko`tarilmasligi kerak. Qizdirish muddati suyuqlik yuzasiga pufaklar chiqishi kuzatilgandan keyin, odatda 30-40 sekund davom etadi. So`ngra suyuqlik tindiriladi va sovigan suyuqlikning rangi oq fon yordamida aniqlanadi.
Agar aralashmaning rangi spirt rangiga o`xshab tiniq, rangsiz bo`lsa, unda sinov natijasi ijobiy deb baholanadi.

Langa sinovi – oksidlanish sinovi.


Kaliy permanganat eritmasi bilan oksidlanish sinovini o`tkazish spirtda aralashma borligini bilish imkonini beradi, bu aralashmalar oson oksidlanadi, biroq bu ularning miqdorini aniqlashga yordam bermaydi.
Oksidlanish sinovi o`tkazilayotganda, spirtga quyosh nurlari ta`sir qilmasligi kerak. Hajmi 20 ml li probirka sinaluvchi spirt bilan chayqaladi, chayindini probirka ichida qoldiriladi, chayindi ustiga 10 ml spirt quyib, 10 daqiqaga suvga cho`ktiriladi( suvning harorati 20S va suv hammomiga qo`yilgan).
Probirka suv hammomiga qo`yilganda, hammom suvi probirkadagi spirtdan yuqoriroq bo`lishi shart. 10 daqiqa o`tgach, probirkaga 0,2 ml 0,1 n kaliy permanganat eritmasi quyiladi, so`ngra aralashmani aralashtirib, qayta suv hammomiga qo`yiladi, hammom harorati – 20S. Bir ozdan so`ng, aralashmaning qizil-pushti rangi asta-sekin sarg`ish pushti rangga aylanadi. Kaliy permanganat quyish paytidan boshlab to namunaviy eritmada sariq rang paydo bo`lguncha o`tgan muddat berilgan spirtning oksidlanish sinovining o`tish muddati hisoblanadi.

Kislota miqdorini aniqlash.


Spirt tarkibida asosan sirka kislota va boshqa uchuvchan kislotalar va organik moddalar bo`ladi.
Spirtning kislotaligini hisoblashga sirka kislotaga solishtiriladi. Kislotalilikni aniqlash titrlangan o`yuvchi natriy eritmasi bilan titrlab, kislotalar neytrallanishiga asoslangan. Bunda indikator sifatida fenolftalein ishlatiladi. Spirtdagi erkin holatdagi karbon kislota qaynatish yo`li bilan yo`qotiladi.

Download 79.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling