1-Laboratoriya Texnik spirtning konsentratsiyasini va tarkibini aniqlash usullari
Download 79.14 Kb.
|
1-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
- Ishni
1.1-jadvalEtil spirtini organoleptik ko`rsatkichlari
Ishdan maqsad: Tayyor mahsulot - spirtning sifat ko`rsatkichlarini aniqlash Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: 250 ml li konussimon kolba, probirkalar, spirtovka, suv hammomi, sulfat kislota(kimyoviy toza), kaliy permanganat eritmasi. Nazariy tushunchalar: Etil spirti aroq, likyor mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo`llaniladigan xom ashyo hisoblanadi. Etil spirtining sifati birinchi navbatda xom-ashyoning tavsifiga bog`liq. Etil spirti asosan rangsiz va o`tkir hidli bo`lib, o`z xususiyatlariga ega. Etil spirtidan foydalanishda har xil spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, keng miqyosda foydalanish o`z tasdig`ini topib kelmoqda. Etil spirtining formulasi C2H5OH bo`lib, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi va qaynash harorati - 78,30S, muzlash harorati - 1170S. Etil spirtining organoleptik ko`rsatgichini yorug`, havosida begona hidlar bo`lmagan, yaxshi shamollatilgan xonalarda aniqlanadi. Etil spirti hajmiy ulushi suv-spirtli eritmada areometrik, piknometrik va refraktometrik usullarda aniqlanadi. Ishni bajarish tartibi: Etil spirtining quvvatini aniqlash. Etil spirtini tarkibini 0,5 gradusga bo`lingan termometrni qo`llab, metall yoki oynali spirtomer orqali aniqlanadi. Toza rektifikatlangan spirtni sulfat kislota (kons.) (solishtirma zichligi 1,835) bilan aralashtirilganda, aralashmani qaynatib, so`ngra sovutilganda, rangsizligicha qolaveradi. Agar tarkibida organik aralashmalari bor spirt sulfat kislotasiga qo`shilsa, hosil bo`lgan aralashmaning rangi bir oz (och sariqdan quyuq to`q qizilgacha) bo`yaladi. Spirt tarkibida qo`shimchalar qancha ko`p bo`lsa, aralashma shuncha quyuq bo`ladi. Spirtning tozaligini aniqlash sinovlari spirt ichidagi aralashmaning miqdorini va sifatini aniqlamaydi, faqat ularning borligini tasdiqlaydi xolos, ya`ni spirtning ifloslanganlik darajasini ko`rsatadi. Download 79.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling