1-laboratoriya. Yog`da eriydigan vitaminlarga xos sifat reaksiyalar. K a b e c


moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Vitaminlarni sinfga bo’lishda ularning eruvchanligi hisobga olingan. Shunga asosan vitaminlar 2 guruhga bo’linadi


Download 1.29 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1011599
1   2   3   4
Bog'liq
biokimyo 1 lab vitamin

moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Vitaminlarni sinfga bo’lishda ularning eruvchanligi hisobga olingan. Shunga asosan vitaminlar 2 guruhga bo’linadi:
Yog`da va organik erituvchilarda eriydigan vitaminlar;
Suvda eriydigan vitaminlar.
A guruh vitaminlari
D guruh vitaminlari
K guruh vitaminlari
E guruh vitaminlari
To’yinmagan yog` kislotalari (F)
B1- tiamin
B2 - riboflavin
B6 - piridoksin,
PP-nikotinamid
S vitamini (askorbin kislota).
A guruh vitaminlariga xos sifat reaksiyalari
Vitamin A (retinol) o’simlik tarkibidagi qizg`ish-sariq pigmentni parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Jigarda va ingichka ichakda, karotinaza fermenti ta’sirida ajralib chiqadi.
A (retinol)
Vitamin A1 (retinol)
Karotinoidlar A vitaminining provitamini hisoblanadi. β - karotinnint simmetrik molekulasi parchalanishi natijasida 2 molekula A vitamini hosil bo’ladi.
A vitamini hayvonlarning jigarida, buyragida, baliqlarning moyida, sutda va tuxumda uchraydi. A vitamini siklik yuqori molekulali spirt hisoblanadi.
A
Surma (III)xlorid bilan boradigan reaksiya
Vitamin A uchxlorsurma bilan reakstiyaga kirishganda ko’k rangli birikma hosil bo’ladi. Bu reaksiya jarayonida uchxlorsurma suvni tortib oluvchi bo’lib ta’sir ko’rsatadi va bo’yalgan kondensatsiya mahsuloti hosil bo’ladi.
Reaktivlar:
uchxlorsurma (SbCl3) ning 21-23%- li xloroformdagi eritmasi
baliq moyi
retinal atsetatning yog`dagi eritmasi
xloroform
Ishning bajarilishi:
2 ta probirka olib, ulardan bittasiga bir necha tomchi baliq moyidan, ikkinchisiga 1 tomchi retinal atsetatning yog`dagi eritmasidan tomiziladi va 1 ml xloroformda eritiladi. Hosil bo’lgan eritmadan bir tomchi olib, ustiga 5 tomchi uchxlorsurmaning xloroformdagi eritmasidan tomiziladi. Natijada beqaror havorang yoki ko’k rang hosil bo’ladi.
D guruh vitaminlariga xos sifat reaksiyalari
D guruh vitaminlari steroidli tabiatga ega bo’ladi. Bulardan eng ahamiyatlisi vitamin D (ergokaltsiferol) hisoblanadi. Vitamin D ergosterindan ultrabinafsha nur ta’siri natijasida hosil bo’ladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling