1-laboratoriya. Yog`da eriydigan vitaminlarga xos sifat reaksiyalar. K a b e c
Download 1.29 Mb.
|
biokimyo 1 lab vitamin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitaminlarni keragidan ortiq qabul qilish natijasida gipervitaminoz vujudga kelib
1-laboratoriya. Yog`da eriydigan vitaminlarga xos sifat reaksiyalar. K A B E C D Vitaminlar (lot. Vita - hayot va amin, hayot aminlari) - tirik organizmda juda muhim biokimyoviy va fiziologik funksiyalarni bajaradigan yuqori molekulali birikmalar. Vitaminlar lotin alifbosidagi А, В, C, D, E va boshqa bosh harflar orqali ifodalanadi. Vitaminlarni o‘rganishga rus olimi N.I. Lunin asos solgan. Bu terminni 1912-yilda polyak olimi K. Funk taklif etgan. Organizmda vitamin yetishmasligi avitaminoz deyiladi. Vitaminlar organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi va oziq moddalar o‘zlashtirilishiga ta’sir ko'rsatadi. Fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta’minlaydi. Organizmda vitamin yetishmaganida moddalar almashinuvi izdan chiqib, odamning mehnat qobiliyati, yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi. Vitaminlar organizmga juda kam miqdorda (sutkada bir necha mkg dan bir necha mg gacha) kerak. Ular organizmda sintezlanmaydi yoki juda kam sintezlanadi. Vitaminlar asosan o’simliklarda sintezlanadi. Odam va hayvon organizmiga esa ovqat bilan birga kiradi. Ovqatda vitaminning tarkibi kam bo’lsa, yoki organizmga so’rilishi buzilsa, moddalar almashinuvi izdan chiqadi va avitaminoz kasalligi kelib chiqadi. Vitaminlar kichik molekulali moddalar bo’lib, turli organik birikmalarning sinflariga mansub. Vitaminlar hayvon, o’simlik va mikroorganizmlarda kechadigan muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda aktiv qatnashadigan birikma hisoblanadi. Ko’pincha vitaminlar fermentlarning oqsil bo’lmagan qismini tashkil qiladi. Vitaminlarning funksiyalari bir-biri bilan bog`langan bo’lib, ko’pincha polivitaminoz kuzatiladi. Vitaminning kamayib ketish holati (gipovitaminoz) ko’pincha uzoq vaqt antibiotiklar va sulfonilamidlarni qabul qilish natjasida ham uchraydi. Vitaminlarni keragidan ortiq qabul qilish natijasida gipervitaminoz vujudga kelib, Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling