Kommunikatsiya asosida «ko‘pchilik-ko‘pchilik» ta’limi – o‘quv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning o‘zaro faolligi bilan xarakterlanadi. Jamoaviy o‘quv bahslari va konferensiyalarning o‘tkazilishi bu metodning rivojlanishiga olib keladi. O‘quv muloqotlari o‘quvchilar-o‘qituvchi va o‘quvchilar-o‘quvchilar shaklida bo‘ladi. Bu metod sinxron va asinxron audio, audiografik, video va kompyuter konferensiyalari texnologiyalariga asoslanadi.
Kompyuter kommunikatsiya texnologiyalari bahslar, modellashtirish, aqliy hujum, Delfi
metodi, forumlar, loyihalash guruhlari kabi o‘qitish metodlaridan faol foydalanishga imkon beradi.
Pedagogik ta’lim muhitining samarasi, yangi texnologiyalar negizida o‘qitish mazmunining rivojlanishiga, ta’lim muhiti interfaolligi rivojiga, ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligini rivojlantirishga, moslashuvchan o‘quv jarayonining tashkil etilishiga bog‘liqdir.
1.2. Masofaviy ta’limning an’anaviy ta’limdan ustunlik tomonlari
Masofaviy ta’limga asoslangan zamonaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan o‘ziga xos ilg‘or tendensiyalari bilan ustun (1.3-jadval), ya’ni ta’limni rivojlantirishning yangi tendensiyalari quyidagilardan iborat.
1.3-jadval. An’anaviy va zamonaviy ta’limni qiyosiy tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |