1. Leksikologoya nimani o`rganadi? A so`z turkumlari,antonimlarni


Download 175.5 Kb.
bet1/8
Sana09.01.2022
Hajmi175.5 Kb.
#263229
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
leksikologiya testi14


1. Leksikologoya nimani o`rganadi?

A) so`z turkumlari,antonimlarni

B) gapni, lug`atlarning turlarini

C) so`z birikmalarini,bir ma`noli so`zlarni

D) so`zlarni, ularning lug`aviy ma`nolarini

2. So`zlarning bir va ko`p ma`noliligi tilshunoslikning qaysi bo`limida o`rganiladi?

A) fonetikada B)frazeologiyada

C) leksikologiyada D) morfologiyada

3. Qaysi so`zlar leksik (lug`aviy) ma`noga ega?

A) mustaqil so`zlar B) yordamchi so`zlar C) undov va taqlid so`zlar

D) mustaqil, undov va taqlid so`zlar

4. Qanday so`zlar Grammatik ma`no ifodalamaydi?

A) olmosh, son B) modal va taqlid so`zlar C) yordamchi so`zlar D) barcha so`zlar grammatik ma`no ifodalaydi

5. Zaynab lappos va o`nta so`zga arang bitta javob qaytaradigan edi. (A.Qodiriy) Lappos so`zining ma`nodoshi qaysi javobda keltirilgan?

A) xotirjam B) uyatchan C) to`ladan kelgan D) ozg`in

6. Qaysi xususiyat barcha so`z turkumlariga xos emas?

A) lug`aviy ma`noga egalik

B) grammatik ma`noga egalik

C) grammatik shaklga egalik

D) grammatik vazifaga egalik

7. Leksik ma`no bildirmaydigan so`z turkumlarini toping.

A) son, olmosh, ravish

B) ko`makchi, undov so`z, taqlid so`z, son C) ko`makchi, bog`lovchi, yuklama

D) undov so`z, modal so`z, ravish

8. Daraxt va qalam so`zlarining lug`aviy(leksik) va grammatik ma`nolarini aniqlang.

1) daraxt, qalam so`zlari predmet haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi, 2) daraxt, qalam so`zlari ot so`z turkumiga mansub, 3)daraxt-o`simlikning bir tur, qalam-o`quv quroli, 4)daraxt, qalam-bosh kelishikda, birlikda.

A)lug`aviy ma`no-1,3; grammatik ma`no-2,4

B) lug`avy ma`no-2,4; grammatik ma`no-1,3

C lug`aviy ma`no-1,4; grammatik ma`no- 2,3

D) lug`aviy ma`no-2,3; grammatik ma`no-1,

9. Baland, ulkan, kichik, mayda so`zlari uchun xos bo`lgan ma`nolar qanday ma`nolar sanaladi?

A) ko`chma ma`no B) grammatik ma`no

C) uslubiy ma`no D) leksik ma`no

10. Uzun, naynov, pakana so`zlari uchun xos bo`lgan umumiy ma`nolar qanday ma`no sanaladi?

A) leksik ma`no B) grammatik ma`no

C) uslubiy ma`no D) ko`chma ma`no

11. Sel so`zi qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llanilmagan?

A) Quyoshnin seliga miriqib cho`milgan yam-yashil dala barq uradi.

B) Har qanday go`sht tuzlanganda, seli chiqib ketadi.

C) Elmurod shunday o`ylar selida g`arq bo`lib, uyqusi qochdi.

D) Barcha gaplarda sel so`zi ko`chma ma`noda qo`llangan.

12. Nadomat komida qolganlar, ayting. (A.Oripov) Ushbu misradagi tagiga chizilgan so`zning ma`nodoshini toping.

A)yonida B) ichida C) orasida D) tagida

13. So`zing shirin, o`zung Xisravdin afzun. Bo`lur Layli sening husningga majnun. Baytdagi afzun so`zining lug`aviy ma`nosini toping.

A) qudratli B) baxtli C) mard D) ortiq

14. Tilshunoslikning atash ma`nolarini o`rganuvchi bo`limi qanday nomlanadi?

A) atamashunoslik B) sintaksis

C) morfologiya D) leksikologiya

15. So`zlarning grammatik ma`nolari grammatikaning qaysi bo`limida o`rganiladi?

A) morfologoyada B) leksikologiyada

C) morfemikada D) sintaksisda

16. Ko`k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko`yga solyapti. Mazkur gapda qo`llangan “ko`y”so`zining ma`nodoshini toping.

A) holat B) donalik C) musiqa D) rang

17. Sening siz menga kom yo`qdur, Asal ichsam zahar bo`lg`ay. Ushbu she`riy parchada qo`llanilgan kom so`zinig ma`nodoshini toping.

A) shodlik B) hayot C) tinchlik D) joy

18. Nadomat komida qolganlar, ayting. (A.Oripov) Seningsiz menga kom yo`qdur, Asal ichsam zahar bo`lg`ay. (E.A) Berilgan gaplardagi kom so`zi o`zaro ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar?

A) shakldosh so`zlar B) ko`p ma`noli so`zlar

C) uyadosh so`zlar D) har ikkala gapda ham bitta so`z hisoblanadi

19. “Mahbub ul-qulub” dunyoning achchiq-chuchugini totgan, goho “komronlig`” goho iftixorlik topgan buyuk shoir A.Navoiyning 60 yillik hayotiga yakun bo`ldi. Ushbu gapda qo`llangan “komronlig`” so`zining ma`nosini toping.

A) shodlik B) yolg`izlik

C) baxtlilik D) g`am

20. Kitobni ochiq qoldirmoq, ochiq gapirmoq, ochiq bo`g`in birikmalaridagi ochiq so`zi qaysi qatorda to`g`ri izohlangan?

A) bir so`zning turli ma`nolari

B) uchta mustaqil so`zning shaklan mos kelishi

C) birdan ortiq so`zning o`zaro grammatik shakllarda mos kelishi D) B va C

21. Quyigagi hodisalarning qaysi biri faqat bir so`z turkumi doirasida vujudga keladi?

A) ko`p ma`nolilik B) antonimlik

C) paronimlik D)A va B

22. Daryoning cheti, chet mamlakat, chetdan tomosha qilmoq kabi birikmalardagi chet so`zi ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z hisoblanadi?

A) sinonom so`z B) antonim so`z

C) omonim so`z D) ko`p manoli so`z

23. Bir so`zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma`no ifodalashi qanday nomlanadi?

A) ko`p ma`nolilik B) omonimiya

C) sinonimiya D) frzeologiya

24. 1. Ish ishtha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishyapti.3. Ming qo`ylining ishi bir qo`yliga tushadi. Ushbu gaplarda qo`llangan ish so`zi o`zaro ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z hisoblanadi?

A) sinonim so`zlar B) omonim so`zlar

C) antonim so`zlar D) ko`p ma`noli so`zlar

25. Bir ma`noli so`zlar qaysi qatorda?

A) ko`z, qosh B) og`iz,bosh C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish

26 .Ko`p ma`noli so`zlarni toping.

A) men, sen B) besh, o`n C) ota, ona

D) tomir, yoqa

27. 1.Yurtim senga she`r bitdim bu kun, Qiyosongni topmadim aslo. (A.Oripov) 2.Mana shu daryodan Mirzacho`l suv ichadi, ekin bitadi. 3. Katta Farg`ona kanali qirq besh kunda bitdi. Ushbu gaplarda qo`llangan bitmoq so`zining o`zaro ma`no munosabati qaysi qatorda to`g`ri izohlangan?

A) uchinchi gapdagi bitmoq so`zi birinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so`zlari bilan o`zaro shakldosh,birinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so`zi o`zaro bir so`zning turli ma`nolari. B) har uchala gapda mustaqil uchta so`z, ya`ni o`zaro shakldosh so`z

C) har uchala gapda bir so`zning turli ma`nolari, ya`ni polisemantik so`z

D) birinchi gapdagi bitmoq so`zi ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so`zlari bilan o`zaro shakldosh, ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so`zi o`zaro bir so`zning turli manolari.

28. Bir so`zning matnga qarab bir ne`cha ma`no ifodalashi tilshunoslikda qanday nomlanadi?

A) uslubiyat B) polisemantika

C) sinonimiya D) omonimiya

29. Bir ma`noli so`zlarni aniqlang.

A) sa`va, gulxayri, pazanda

B) yengil, mayin, yemoq

C) yutmoq, shirali, achitmoq

D) gavhar, girdob,yumshamoq

30. 1.Tog`ning ko`rki tosh bilan, odam ko`rki bosh bilan. 2. Badanim o`t bo`lib yondi, boshim og`rib, ko`zlarim tindi. 3.Yaxshi yigit davraning boshi. Gaplarning qaysi birida bosh so`zi bir ma`noli?

A)2 B)1,2 C)1,3

D)barcha gaplarda ko`p ma`noli

31. Quyida berilgan gaplarning qaysi birida qo`llangan zang so`zi o`zaro bir so`zning turli ma`nolari?



1. Boboqul otaning zangi eshitilmaydigan bo`ldi. 2. Temirchilar zanglagan temirni o`tga solsang, zangi to`kiladi, deyishadi. 3. Uning basharasi tokning zangidek bujmayib, qovoqlari yong`oq pallasidek bo`rtib ketibdi.4. Davlat arboblari adolatni shior qilsalar,hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin.

A) 1.2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 2,4

32. Daraxtning tomiri, qon tomiri, falonchining tomiri kabi birikmalardagi tomir so`zi ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z hisoblanadi?

A) omonim so`z B) ko`p ma`noli so`z

C) sinonim so`z D)paronim so`z

33. 1) Qo`lida o`tkir boltasi bor edi 2) Ariqlar bo`yida o`tkir hidli yalpizlar o`sgan. 3) Salim juda o`tkir bola ekan. Bu gaplardagi o`tkir so`zi ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z hisoblanadi?

A) antonim so`z B) bir ma`noli so`z

C) sinonim so`z D) ko`p ma`noli so`z

34. 1. Xufton namozidan so`ng paychiroq yonida o`tirib.Fuzuliy devonini varaqlar edi. 2. Ikkisi birga devonga kirdilar. 3. Devonda yonboshlab yotgan Abbosxon Saidiyning hurmatiga g`imirlab qo`ydi.

Berilgan gaplarda qo`llangan devon so`zi haqidagi to`g`ri fikrni belgilang.

A) Birinchi va ikkinch gapdagi devon so`zi uchinci gapdagi devon so`ziga nisbatan shakldosh

B) Ikkinchi va uchinchi gapdagi devon so`zi birinchi gapdagi devon so`ziga nisbatan shakldosh

C) Uchala gapda shakldosh so`zlar qo`llangan D) Uchala gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan.

35 .Qanday so`zlarga nisbatan “ko`chma ma`no” atamasi qo`llanadi?

A) bir ma`noli so`zlarga nisbatan

B) ko`p ma`noli so`zlarga nisbatan

C) omonim so`zlarga nisbatan

D) sinonim so`zlarga nisbatan

36. Qaysi qatordagi birikmalarda qo`llangan band so`zi bir so`zning ikki ma`nosi hisoblanadi?

A) dilini band qilmoq; zirak bandi

B) berilgan barcha birikmalarda band so`zining turli ma`nolari ifodalangan

C) gilosning bandi; ipning bandi

D) o`qish bilan band;telefon band

37. 1. O`t ishi-qovurmoq. 2. Bitta ham yovvoyi o`t qolmasin.3. Ko`chadan o`tsang to`g`ri o`t.



4. Qalbida ishq o`ti alangaladi. Ushbu gaplarning qaysi birida o`t so`zi bir so`zning ko`p ma`nolari hisoblanadi?

A) 1-va 2-gaplarda B) 1- va 4-gaplarda

C) 1- va 3- gaplarda D) 2- va 4- gaplarda

38. Qaysi qatorda so`zlar bir ma`noli?

A) uzumchi,ot,sir,safar,qil

B) azal, qo`l, toy, ajralmoq, yer

C) ko`k, yuz, suz, ustun, soz

D)tul, kek uzuk, cho`pn, qum

39. Gaplarning qaysi birida ko`chma ma`noli so`z berilgan?

A) O`choq og`zida o`tga qo`yilgan qumg`on vaqirlab qaynamoqda edi.

B) Olimjon og`zini katta ochib esnadi

C)Sarvar xola qo`lidagi ko`sakning og`zini yorar ekan, javob kutib tikilgan juvonlarga qaradi.

D) A, C

40. Quyidagi ga pda ko`chma ma`noli so`zni aniqlang.

Kim biladi, sho`rlik nima uchun Hotam samovarchining samovariga kirmabdi.

A) samovarchi B) samovariga

C) sho`rlik D) kim biladi

41. Gaplarning qaysi birida ko`chma ma`noli so`z berilgan?

A) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigini o`rgangan. B) Oltin o`tda bilinear, odam mehnatda. C) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi. D) Tikansiz gul bo`lmas, mashaqqatsiz hunar.

42. Yoqa so`zi qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llanmagan?

A) Kanalning ikki yoqasi bo`ylab qurilgan uylar juda ko`rkam edi. B) Umar qamishzorni oralab, ko`l yoqasiga chiqdi. C) Salim anchagacha yoqasining tugmasini o`tkaza olmadi. D) Sodiq ham o`lim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldik.

43. Qaysi qatorda so`zning so`z birikmasi bilan berilgan ma`nosi noto`g`ri berilgan?

A) samolyot-havo kemasi, g`o`nan-ikki yashar ot B) jayron-yovvoyi tog` echkisi,

B) hunarli kishi, ahil oila, yog`och qoshiq

C) kumush osmon, shishaning og`zi, po`lat iroda D) ikki bola, shirin qovun, chuqur ko`l

45. Qaysi qatorda ko`chma ma`noda qo`llangan so`z berilgan?

A) Kishi dunyoda baxtli bo`lish uchun yashaydi. B) Mehmon va mezbon allamahalgacha Lutfiy g`azallarini zavq bilan o`qishdi.

C) Barmog`imning tirnog`i etidan ajrab ketdi

D) U soy yoqasidan pastga tomon qiyalib yurdi.

46. So`zning ko`chma ma`nosi deyilganda nima nazarda tutiladi?

A) so`zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma`nosi

B) nutq tarkibidagi boshqa so`zlar yordamida anglashiladigan ma`nosi

C) morfologik yo`l bilan yasalgan so`zlar ma`nosi

D) sintaktik yo`l bilan yasalgan so`zlar ma`nosi

47. Tepmoq so`zining qaysi gapdagi ma`nosi ko`chma ma`no hisoblanadi?

A) Loyni pishitish uchun uni obdon tepish kerak C) Bu miltiq qattiq tepqr edi B)Murod eshikni tepib ochib, jahl bilan chiqib ketdi D) Ona bolasining yuziga tepib chiqqaniztirobni yaqqol ko`rib turardi

48. Qaysi gapda yengil so`zi ko`chma ma`noda ishlatilmagan?

A) Es-hushingni yig`, unaqa yengil bo`lma

B) Davlatbekov radiodan aytilayotgan yengil kuydan, xususan, uning so`zlaridan zavqlanib tebrandi C)Yigirma minut o`tgandan keyin yengil ta`zim bilan Gulandom kirib keldi

D) Yo`lchi yengil eshikchani ochib kirdi.

49. So`zning o`z(asl) va ko`chma ma`nosi qaysi qatorda berilgan?

A) Qishloq markaziga shu yo`l bilan boriladi.Bahslashishga yo`l qolmagan edi.

B) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi. Mehribon qo`llar hamisha sizni qo`llab-quvvtlasin. C) Ilgari ostpazimiz tuyoq ko`rmagan. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi. D) Shunday sovuq xabarni kim tarqatdi? Daraxtlar uyg`ondi.

50. Qanday ma`no so`zning bosh (asosiy) ma`nosi hisoblanadi?

A) so`zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma`nosi

B) so`zning nutq tarkibidagi boshqa so`zlar yordamida anglatadigan ma`nosi

C) so`zning ko`chma ma`nolaridan biri

D) so`zning gap tarkibidagi anglatgan ma`nosi

51. Oltin so’zi o’z ma’nosida qo;llangan gapni toping.

A) Yor-u do’stlar ahil bo’lib,cho’lda oltin undirishdi. Farg’ona vodiysi oltin vodiy.

C) Oltin kuzning o’z fazilati bor.

D) O’zbekiston oltin xalq farovonligiga, Vatanimizning yuksalishiga xizmat qilmoqda.

52. O’tkir pichoq, o’tkir zehnli kabi birikmalardagi o’tkir so’zi ma’nosiga ko’ra qanday so’z?

A) Zid so’z (antonim) B) Bir ma’noli so’z.

C) Shakildosh (omonim) D) Ko’p ma’noli so’z.

53. Qanday so’zlar bosh ma’no va ko’chma ma’nolarga ega?

A) Bir ma’noli so’zlar B) Ko’p ma’noli so’zlar C) Atamalar D) Barcha mustaqil so’zlar

54. Dog’ so’zi qaysi qatorda ko’chma ma’noda qo’llanmagan?

A) Tunsiz kun yo’q, dog’siz, lola yo’q

B) Toza qalbda dog’ yo’q C) Sevgiga tushgan dog’ni daryo qadar yosh to’kish bilan tozalab bo’larmishmi? D) Yomondan dog’ qoladi, yaxshidan bog’ qoladi.

55. So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi qanday ma’no sanaladi?

A) Grammatik ma’no B) qo’shimcha ma’no

C) o’z(bosh) ma’no D) uslubiy ma’no

56. Qaysi gapda ko’chma ma’noli so’z qo’llangan?

A) Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.

B) U ko’l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi

C) Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo’lsa ham xuddi o’smirlarday qadam tashlardi

D) barcha gaplarda ko’chma ma’noli so’zlar berilgan.

57) Ko’chma ma’noli so’z qaysi gap tarkibida qo’llangan?

A) Cholning qo’lidagi miltiqning uchi unga qaratilgan edi(S.Ahm)

B) Bu o’rmon xo’jaligida men bilan ishlagan Jamolboy edi.

C) Bekorchidan bemaza gap chiqadi.

D) G’uborsiz tog’ havosi haddan tashqari tiniq edi (S.Ahm.)

58. So’z nutq tarkibidan ajratilganda uning qaysi ma’nosi anglashiladi?

A) qo’shimcha ma’nosi B) grammatik ma’nosi C) asosiy ma’nosi D) ko’chma ma’nosi

59. Quyidagi gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ?

A) Ularning hech narsadan kamchiligi yo’q, tinch-totuv yashardilar.

B) Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman

C) Hasratim bir kitob bo’ldi.

D) Elmira qizalog’iga o’yinchoq berdi.

60. O’ng qo’lidagi dastro’mol bilan diydasini artdi. Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi nima?

A) bosh B) peshona C) yosh D) ko’z

61. Kapalakday kelib,qoshingga qo’nib, ko’zingga termulib, umrim o’tsaydi. Mazkur gapda “qoshingga qo’nib” birikmasida ma’no ko’chishining qaysi turi kuzatiladi?

A) vazifadoshlik B) sinekdoxa

C) metonimiya D) metafora

62. Sinekdoxa usuli bilan ma’no ko’chgan qatorni aniqlang .

A) Shu uchun u Zebining so’ng so’zlaridagi og’ir ma’yuslikni payqab olmadi.

B) Dunyoda tashvishlarni ko’pchekdi boshim . C) Keyin telefon trubkasini olib bog’ni ulashni buyurdi (S.Ahm)

D) Adabiyot etagim ikki uchini belimga aylantirib bog’laydi .(T.Murod)

63. Ushbu gapda ma’no ko’chishning qaysi turi mavjud? Fevralning etaklarida kun ilib ketdi .

A) sinekdoxa B) kinoya C) metonimiya

D) metafora

64. Quyidagi gaplarda ajratib ko’rsatilgan so’zlarning qay biri metanomik ma’no ifodalaydi?

A) U tarvuzning bir pallasini paqqos tushirdi.

B) Qishloq markazida samovar ochildi.

C) Derazaning singan ko’ziga esa plyonka tortib qo’yilgan.

D) Maktabningbiqinidagi kasalxonaning bo’lishi gigienaga xilofdir.

65. Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim. Ushbu gapdagi ma’no ko’chish yo’lini toping.

A) so’zlar o’z ma’nosida qo’langan

B) Sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chgan

C) Metafora yo’li bilan ma’no ko’chgan D)metanomiya yo’li bilan ma’no ko’chgan

66. Qaysi qatorda sinekdoxa asosida ma’no ko’chgan?

A) Majlis qaror qildi

B) Bor, lochinim,bor, shunqorim,yaxshibor!

C) Kalning nimasi bor- temirdan tarog’i bor

D) Osmonga tikilar million juft ko’zlar

67. Fuzuliyni oldim qo’limga,Majnun bo’lib yig’lab qichqirdi baytida Fuzuliy so’zi o’z ma’nosidan qaysi yo’l bilan ko’chgan?

A) Sinekdoxa B) metanomiya C) metafora

D) aks ma’nosida qo’llangan

68. Metanomiya asosida ma’no ko’chgan so’z bor gapni toping.

A) Mehmon kirishi bilanzal oyoqqa turdi.

B) Bahor kelinchakdek yasanib keldi.

C)Besh qo’l barobar emas.

D)Ma’naviy barkamol inson komil inson bo’ladi.

69. Metanomiya asosida ma’no ko’chish qoidasi qaysi javobda berilgan?

A) shaxs yo predmetning nomi o’rnida biror bo’lak orqali o’sha tushunchaning berilishi

B) shaxs-predmetning unga bog’liq bo’lgan boshqanom bilan ifodalash

C) so’zni aks ma’noda qo’llash

D)biror predmetningbelgisining,harakatning o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirish

70. Metafora usulida ma’no ko’chgan qatorni toping.

A) Fan cho’qqilarini egallaymiz.

B) O’rik qiyg’os gulladi.

C) Ko’chalarimizda chiroq porladi.

D) Zal gurillab kulib yubordi.

71. Usmon g’azablanar,brogan sari alami oshib,tishlarini befoyda g’ijirlatar,shunaqangipaytda aytiladigan so’zlarning eng “chiroyli”sini tanlab aytardi.Mazkur gapdagi chiroyli so’zi nega qo’shtirnoqqa olingan?

A) ko’chirma gap ekanligi uchun

B) o’zga bir shaxsning so’zi bo’lganligi uchun

C) ko’chma ma’noda qo’llangan so’z bo’lganligi uchun

D)o’zgalarning kinoya bilan aytilgan so’zi bo’lgani uchun

72. O’n qo’li o’n hunar iborasida ma’no ko’chishining qaysi turi bor?

A) metafora B) metanomiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik

73. Metanomiya yo’li bilan ma’no ko’chish nimaga asoslanadi?

A) o’xshashlikka B) aloqadorlikka

C) butun va qism munosabatiga D)vazifadoshlikka

74. Musulmonlar ro’za tutadigan oy ham, shu oyda bolalar aytadigan qo’shiq ham “ramazon” deb yuritiladi.Bu ma’no ko’chishining qaysi turiga misol bo’ladi?

A) metafora B) metanomiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik.

75. Tanimasman, ko’rmasman, yot u men uchun, Balki biror do’zaxidir,shilqim,besubut.

Besubut so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?

A) ko’p gapiradigan B) yolg’on gapiradigan

C) uyalmaydigan D) va’dasida turmaydigan

76. 1.Samovarda osh yedik, 2.Navoiyni kechadan beri ko’tarib yuribman. 3.”Rossiya”ga qanday borsam bo’ladi? 4. Bulutlar orasidan quyosh kulib qaraydi. Ushbu gaplarda ma’no ko’chishining qaysi ko’rinishi bor?

A) 1,4-metafora, 2,3-metonimiya

B) 1-sinekdoxa, 2,3-metonimiya,4-metafora

C) barchasi metonimiya

D) 1,2,3-metonimiya,4-metafora

77. Quyidagi o’xshatishlarning qaysisi metafora yo’li bilan hosil bo’lgan?

A) po’lat qush (samolyot ma’nosida)

B) tulki (makkor ma’nosida)

C) gumbaz(osmon ma’nosida)

D) barchasi metafora yo’li bilan hosil bo’lgan.

78. Metonimiya yo’li bilan ma’nosi ko’chgan so’z qatorini toping.

A) Egarning qoshi naqshdor edi.

B) Hademay suruvda tuyoqlar ko’payadi.

C) Qabr ustida butun Hirot yig’ladi.

D) Bulbulning ishqi-gulda.

79. Metafora uchun berilgan misolni toping.

A) Bilim hamisha farazlardan boshlanadi.

B) Mehribon qo’llar hamisha sizni qo’llab-quvvatlaydi.

C) D)asturxonga boqqan do’st emas.

D) Daryoning yoqasida bir chol o’tin terardi…

80. Sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chgan so’zni aniqlang.

A) Quvnoq tongning oltin bo’sag’asida Tongni kutar ming-ming ko’z.

B) Eski buloqning ko’zi ochildi.

C) Do’stlar suhbat qizidi.

D) Fuzuliyni oldim qo’limga Majnun bo’lib yig’lab qichqirdi.

81. Allaqanday qo’llar uni suyab-surgab, amal kursisiga o’tqazib qo’ydi. Bu gapda qo’llar so’zidan ma’no qanday yo’l bilan ko’chgan?

A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik

82. Metafora yo’li bilan ma’no ko’chishi qaysi javobda berikgan?

A) Qarasam uyimiz boshqacha bo’lib ketibdi:devorlar oqlangan,uyning singan derazasiga yangi ko’z solingan.

B) Kechgan yaqin tog’ tomondan sovuq shamol esa boshladi.

C) U har to’g’rida tinimsiz gapirib, gapni gapga ulab yuboradi D) A va B

83. Sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chishini aniqlang.

A) Yoshlarni fan cho’qqilarini egallashga undadi. B) Uning zehni juda o’tkir,o’zi tirishqoq edi.

C) Men ham tirnoqqa zor emasman.

D) Har bir kishining ko’zi cho’l tomonga tikilgan edi.

84. Shirin xayollarga berildi gapidagi sifatda qanday ma’no ko’chishi bo’lgan?

A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik

85. Quyidagi o’xshatishlarning qaysi biri metafora yo’li bilan hosil bo’lgan?

A) yong’oq(daraxt ma’nosida)

B) xazon bo’lmoq(o’lmoq ma’nosida)

C) oqsoqol (kata ma’nosida)

D) besh qo’l (barmoq ma’nosida)

86. Mehmon kelib, kasalning oyog’iga o’tirdi.Ushbu gapdagi oyoq so’zida qanday ma’no ko’chishi sodir bo’lgan?

A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik

87.- Nima qilay aylanay? Meni u eshikka qadam bostirishmaydi. Ushbu gapda ko’rsatilgan ma’no ko;chishining turini aniqlang.

A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik

88. Eshitgan quloq nima deydi? Ushbu gapda ko’rsatilgan ma’no ko’chishining turini aniqlang.

A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik

89. Shaxs yo predmetning nomi o’rnida biror bo’lak orqali o’sha tushunchani berish ko’chishning qaysi turiga kiradi?

A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik

90. Sinekdoxa asosida ma’no ko’chishi qaysi qatorda berilgan?

A) Dasturxonga qarang, mehmon.

B) O’pkasini rentgen apparatdan tekshirish kerak ekan.

C) Jussasi ushoqqina bu odam kishiga tik boqar edi. D) Kechgacha tuz totmadi

91. Ushbu gapda ma’no ko’chishning qaysi turi mavjud? Dasturxonga qarang.

A) vazifadoshlik B) kinoya C) metafora D) metonimiya

92. Narsalar o’rtasida o’zaro o’xshashlik asosida ma’no ko’chirilish qanday nomlanadi?

A) sinekdoxa B) ko’p manolilik C) metonimiya

D) metafora

93. Rahmi kelib bulutning, Yig’lab to’kar yoshini. Qushlar qochar, majnuntol, Ko’taradi boshini. Ushbu misralarda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud?

A)sinekdoxa B)ko’p ma’nolilik C)metafora D)vazifadoshlik

94.Narsa va hodisalar o’rtasida makon va zamondagi o’zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko’chishi qanday nomlanadi?

A)metonimiya B)ko’p ma’nolilik C)metafora D)vazifadoshlik

95.Haybatli sharsharalarda sochar kumush zarralar. Gapda qanday ma’no ko’chishi mavjud?

A)metafora B)metonimiya C)ma’no ko’chishi bo’lmagan D)sinekdoxa

96. 1.Ko’ngildan ko’ngilga yo’l bor. 2.Nodir uni bir necha bor ko’zdan kechirdi. 3. Shunisi ham borki,keying vaqtlarda Azizbek Qo’qonning yorlig’ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. Ushbu gaplarda qo’llangan bor sozlari o’zaro ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlar?

A) 1,2-gapdagi so’zlar o’zaro ko’p ma’noli,ular esa o’z navbatida 2- gapdagi so’zga nisbatan shakldosh so’zlar. B) Har uchala gapdagi so’zlar bir so’zning turli ma’nolari C) Har uchala gapdagi so’zlar bir so’zning turli ma’nolari

D) 2,3-gapdagi so’zlar o’zaro ko’p ma’noli so’zlar,ular esa birinchi gapdagi so’zga nisbatan shakldosh.

97. O’z jigariga ham rahm –shafqat qilmaydilar. Ushbu gapda qanday ma’no ko’chishi mavjud?

A) kinoya B) sinekdoxa C) metonimiya

D) metafora

98. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to’xtagan chingilin yigitga beixtiyor qarab qoldi. Ushbu gapdagi chingilin so’zining ma’nosini toping.

A) pahlavon B) istarasi issiq C) kelishgan

D) novcha

99. Qaysi gapda metafora usuli bilan ma’no ko’chishi hosil bo’lgan?

A) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.

B) Bozordan kattasini olib kelardim

C) Bektemir peshanasiga tars eti urdi,o’rnidan turib ketdi.

D) Tepadan chakka tomib badanlarni junjiktirdi.

100. Ko’k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko’yga solyapdi. Ushbu gapda ma’no ko’chishning qaysi turi mavjud?

A) kinoya B) sinekdoxa C) metonimiya

D) metafora.

101. Qaysi qatordagi so`z rafiqa, turmush o`rto`g`i, qayliq sinonimik qatoriga mansub?

A) ayol B) sajiya C) kelinchak D) zavja

102. Qaysi qatorda atash ma`nosiga ega so`z berilgan?

A) faraz B) faqat C) filhaqiqat D)haqiqatan

103. Sarvixon daromadning buromadini eshitib gangib qoldi gapidagi buromad so`zining lug`aviy ma`nosi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

A) chiqim, sarf B) hajm, miqdor

C) bu so`z o`z lug`aviy ma`nosini yo`qotgan D) natija, nihoya

104. Qaysi qatorda shakldosh so`zlar berilgan?

A) palata, oqibat, rasta B) ravon, ko`z, dunyo

C) soch, palla, otash D) oq, salla, ravish

105. Oqlamoq so`zining asl(bosh) ma`nosi qaysi javobda ko`rsatilgan?

A) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq

B) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq

C) do`stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq

D) ishonchi oqlamoq, choyni oqlamoq

106. Ko`k yuzida suzib turgan bulut parchalari tobora ko`payib borayotgan edi . Ushbu gapda ma`no ko`chishning qaysi turi mavjud?

A) metanimiya B) metafora C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

107. Bir turkum doirasida omonim bo`ladigan so`zlarni toping.

A) palata, soch, nor B) yoz, palla, rasta

C) savag`ich, sandal, palla D) suz, savdo, oqibat

108. Sinekdoxa yo`li bilan ma`nosi ko`chgan so`z qaysi gapda mavjud?

A)yurt bu kun ohuday ishvakordir , sir kabi sirmavjdir, Pomirday poydor. B) - Xudovando! Bu ne ko`rgulik. Endi netaman ? C)Mahkam ko`zini yumib yotgan bo`lsa-da, butun vujudi sergak. D) uning buvasi oppoq soqolli , har bir so`zini salmoqlab aytadigan odam edi.

109. Qaysi javobda faqat shakldosh so`zla berilgan ?

A) oqibat, rasta, savat B) savdo, rux, pilla C) sado palata, rasta D)soch, baho, sayoz

110. Shuur so`zining ma`nosi to`g`ri izohlangan javobni toping.

A) shuhrat B) faxr C) g`urur D) idrok

111. Gapning ko`chma – tag ma`nosi qo`llangan qatorni toping.

A) –Muncha qimmat, eshagi bilanmi? - Yo`q, eshaksiz. B) Bog`lardagj qip- qizil lola , Bo`lib go`yo yoqut . C) – Sizga tekkunimcha alvastiga tegsam bo`lmasdimi? – Afsuski , yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan . D) A, C

112. Qaysi qatordagi ma`nodosh so`zlar sifat turkumiga mansub ? A)shekilli, chog`I B) kabi, singari C) asta, ohista D) Ulug` , buyuk, ulkan.

113. Menga qardosh, jondosh bolgan el, Gado edi, qashshoq edi xor, Qalbi to`la nafrat, alam, zor. Ushbu she`riy parchada nechta so`z bir necha nomlar aytilgan .

A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

114. Qishloqning husniga husn qo`shgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini mag`rur ko`rsatib turardi. Ushbu shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar ishtirok etgan.

A) omonimlar(husniga husn)

B) paronimlar( raso, rosa)

C) antonimlar( tik, qiyshiq)

D) sinonimlar(qaddi raso, tik)

115. Quyidagi berilgan so`z qo`shilmalaridagi suzmoq so`zi qanday soz? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi.

A)omonim B) paronim C) sinonim

D) ko`p manoli so`z

116. Qaysi qatorda berilgan so`zlar tarkibidagi qo`shimchalar o`zaro omonim hisoblanadi?

A) kiyinmoq – ekinlar B) o`qildi – yozildi C)gulzorlarda – paxtazorlarda

D) uchrashmoq – o`rganish

117. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?

A) ko`p ma`noli so`zlar chun xos

B) omonimlarga xos C) paronimlarga xos D) A va B

118. Qaysi so`zlar o`zaro paronim emas?

A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug`

C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish

119. Buning natijasi shu bo`ldiki. To`laganning qanshariga musht tushdi. Qanshar so`zi qaysi javobda to`g`ri izohlangan?

A) burunning ikki qosh o`rtasidagi yuqori qismi B) boshning orqa qismi

C) peshananing chekka qismi

D) yuzning jag` qismi

120. Quyidagi so`zlarning qaysi birida -ma qo`shimchasi omonimlik holatda qo`llanishi mumkin ?



1) qotishma 2) moslama 3) qazilma 4) burama 5) qatlama 6) yuklama.

A) 2, 4 ,5 ,6 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,3,4

121. Qaysi qatordagi gapda paronimlar bilan bog`liq xato bor?

A) Ularga imtiyozli ta`rif asosida xizmat ko`rsatiladi . B) Qizning ota – onasi, qarindosh urug`larining ta`rifini aytib bitirolmaydi.

C) O`roqda yo`q, mashoqda yo`q, xirmonda hozir.

D) Shahrimiz nufuzi ikki milliondan oshdi

122. 1) kuya; 2) bog`; 3) sir; 4) tur . Berilgan omonim so`zlarning qaysi birlari faqat bir so`z turkumi doirasida bo`ladi?

A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4

123. Shaklan tenglik, mazmunan o`zgachalik qaysi birliklarga xos?

A) lug`aviy birliklarga( so`zlarga)

B) grammatik birliklarga ( qo`shimchalarga)

C) fonetik birliklarga ( tovushlarga) D) A, B

124. Sinonimik qator qaysi javobda berilgan?

A) oxirgi, so`nngi, keying

B) kutmoq, termilmoq, tikilmoq

C) zavq, maroq, shavq D) A, C

125. Hayoli, oriyatli, andishali, nomusli, iboli.

Ushbu sinonimlarning qaysi biri asos so`z (dominata) hisoblanadi?



  1. Hayoli B) oriyatli C) andishali D) nomusli

126. Antonim so`zlarni aniqlang .

A) kech, xayr, kul, tuz B) qarash, boqish, nigoh, nazar C) suyuq, quyuq, yirik mayda D) bahs, tortishuv, munozara, mubohasa

127. Qaysi qatordagi so`z omonimik xususiyatiga ega emas ?

A) asar B) burun C) berilgan barcha so`zlar omonimik xususiyatiga ega. D) oshiq

128. Quyidagi fe`llarning qaysi biri shakldoshlik xususiyatiga ega emas?

A) yozmoq B) chalg`imoq C) choopmoq

D) qoplamoq

129. Ko`p ma`noli so`zlarning ma`nolari o`rtasida bog`lanishning yo`qolishi natijasida omonim so`zlarning ho`sil bo`lishi qaysi qatorda berilgan?

A) sir ( insonning siri ), sir (idishning siri), sir(davlat siri)

B) ot( hayvon), ot( harakat), ot (so`z turkumi), ot(ism)

C) yoz( fasl), yoz( harakat) , yoz( yoymoq ma`nosidagi harakat)

D) gap ( nutq birligi), gap ( ziyofat, yig`in)

130. Bois so`zining sinonimlari berilgan qatorni toping.

A) sabil, qurg`ur B) xasis, ziqna

C) bahona, vaj D) oid, qarashli

131. Omonim so`zlar qatorini toping.

A) tosh, yo`q, tur B) tom, tog`, toq

C) to`r, kul, osh D) A, C

132. 1. Doka ro`molin dol qo`ygan, o`ng betiga xol qo`ygan. 2. Ertasiga haligi she`r gazetaning ikkinchi beti boshida chiqdi. 3. Yer ketmonning betini qayiradigan darajada tosh – metin bo`lib muzladi. Ushbu gaplarda qo`llangan bet so`zi haqida to`gri hukmni belgilang.

A) Birinchi va ikkinchi gapda shakldosh so`z qo`llangan B) barcha gaplarda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan C) birinchi va uchinchi gapda shakldosh so`zlar qo``llangan D) barcha gaplarda shakldosh so`zlar qo`llangan

133. 1. Kun qiyomdan og`di. 2. Sahvla qiyomga yetib pishgan edi. 3. Kampir o`ng qo`lida bir nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Berilgan gaplarda qo`llangan qiyom so`zi haqida to`g`ri fikr qaysi javobda berilgan.

A) ikkinchi va uchinchi gaplarda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan B) uchala gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan C) birinchi va ikkinchi gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan D ) uchala gapda shakldosh so`zlar qo`llangan

134. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?

A) gado – gadoy B) battar – badtar

C) qism - qisim D) ya`ni – yani

135. Shakldosh (omonim) so`zlar qatorini toping?

A) kech, shim, tut, osh, til

B) bob, tol, qiz, toqa, ko`z

C) eshik, chang, kecha, tog`

D) oltin, to`r, cho`qqi, yosh

136. Bir so`z turkum doirsida so`zlarning o`zaro omonim bo`lishi asosan qaysi so`z turkumlarida uchraydi?

A) ot va fe`llarda B) ot va sifatlarda

C) ot, sifat va fe`llarda D) barcha mustaqil so`z turkumlarida

137. Qaysi juft so`zlar o`zaro sinonim so`zlardan tashkil topmagan ?



1) boy – badavlat 2) erka – arzanda 3) soya – salqin 4) gap – so`z 5) ola – chipor 6)uzuq – yuluq 7) xor – zor 8) kiyim – kechak

A) 3,4,7,8 B) 2,4, 5, 6,8

C) 1,3,4,6,7 D) 2,3,4,5,6,7,8

138. Qaysi turkumlarga oid juft so`zlar asosan antonimlardan hosil bo`ladi?

A) ot B) sifat C) son D) ravish

139. 1) bo`shliq; 2) borliq; 3) otaliq; 4) bog`liq

Ushbu so`zlarning qaysi biridagi q harfi k ga aylantirilsa, paronim so`zlar hosil bo`ladi?

A) 2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4

140. Quyidagi omonimlarning qaysi biri turlanganda, omonimlik xususiyati qisman yo`qotadi?

1) kul; 2) sir; 3) zang; 4) ot; 5) o`t

A) 1,4,5 B) 2,3 C) 1,2,5 D) 4,5

141. Berilgan so`zlarning qaysi birida omonimlik uch so`z turkumi doirsida yuz beradi?

A) yosh B) o`t C) tom D) A,B

142. Qaysi gapdagi o`tirmoq fe`li inmoq fe`liga sinonim bo`la oladi?

A) Oyog`idagi qizil etigi o`zida juda o`tirgan. B) Har tomondan atirgul, rayholarning yoqimli islari dimoqqa o`tirardi

C) U raislik lavozimiga o`tirdi

D) Fotihadan so`ng har kim o`z ishiga o`tirdi.

143. Birgalikda qo`llanib yangi so`z hosil qiladigan zid ma`noli so`zlar qaysi javobda berilgan?

A) yosh-u qari B) aka-uka

C) o`g`il-qiz D) xotin- xalaj

144. Qaysi so`zdagi omonimlik har xil so`z turkumlari doirasida vujudga keladi?

A) tortmoq B) quymoq C) chopmoq

D) yozmoq

145. Qaysi javobda birgalikda qo`llanib yangi so`z hosil qiladigan zid ma`noli so`zlar berilgan?

A) yer-osmon B) erda-indin C) uzun-qisqa D) uzoq-yaqindan

146. Quyidagi sinonim so`zlardan qaysi biri asosan joyga nisbatan qo`llanadi ?

A) iflos B) irkit C) isqirt D) ivirsiq

147. Qaysi qatordagi juftliklar o`zaro sinonim hisoblanmaydi ?

A) dom-tuzoq B) tal`at-chehra

C) ma`tal-muntazir D) ganch-boylik

148. 1) bo`sh; 2) bog`; 3) tin; 4)til; 5) soz. Berilgan omonim so`zlarning qaysi birlarida omonimik munosabat turli so`z turkumi doirasida bo`ladi?

A) 1,2,3,4,5 B) 1,4,5 C) 1,2,3,5 D) 3,4,5

149.O`zaro sinonim bo`lgan so`zlardan hosil bo`lgan juftlikni toping.

A) bazur-zo`rg`a B) qism-hovuch C) ahl-totuv D) nash`a-huzur

150. Qaysi qatordagi juftlik o`zaro sinonim hisoblanmaydi?

A) ko`ppak – it B) ko`lanka – soya

C) nasim – shabada D) nufus – obro`

151. Beadad so`zining sinonimlari berilgan qatorni toping.


Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling